Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so ‘raydi qadrin.
Fursat g ‘animatdir, shoh sartlar-la Bezamoq chog ‘idir umr daftarin.
G‘afur G'ulom faylasuf shoir sifatida jamiyat va insoniyat tarixi, taqdiri va kelajagi mavzusiga qayta-qayta murojaat etadi. Va har safar favqulodda topqirlik bilan hayot haqiqatiga mos bo‘lgan badiiy-falsafiy umumlashmalar chiqaradi. Olamning abadiyligi, insoniyat umrining qisqaligi, quyosh sistemasida hamma narsa mustahkam tartib asosida rivojlanishi quyidagi she’riy parchada g‘oyat chiroyli ifodasini topgan:
Uzilgcin bir kiprik abaci yo ‘qolmas,
Shunchalar mustahkam xonai xurshid Bugun sabza bo 'Idi qishdagi nafas,
Hozir qonda kezar ertangi umid.
G‘afur G‘ulom she’riyati shakl tomonlari: qofiya, vazn jihatidan ham mukammal va go‘zal. U o‘z she’rlarini milliy tarovat, o'zbek xalqiga xos milliy xususiyatlar, timsollar bilan bezaydi. Shunga ko‘ra uning «Bizning uyga qo‘nib o'ting, do‘stlarim», «Ozbek xalqining g'ururi», «Bir salomning kuchi» kabi ko‘p she’rlari tom ma’noda milliy asarlar bo‘lib chiqqan. Shoir o‘z she’rlarida milliy fe’l-atvor belgilarini samimiy ixlos bilan aks ettiradi. Uning «Bizning uyga qo'nib o'ting, do'stlarim» she’rida lirik qahramon timsolida milliy xarakter yaratilib, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan keng fe’llilik, bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik, san’atga va gulga o'chlik singari fazilatlar tabiiy va jonli qilib chizib berilgan. Natijada, bu asar to‘lig‘icha go‘zal milliy she’rga aylangan.
G‘afur G‘ulom she’riyatning qamrovi keng, poetik fikrlari serma’no, teran, uslubi ravon. Biroq shoir ijodida yashagan davri taqozosi bilan sodir bo'lgan ba’zi jiddiy nuqsonlar: madhiyabozlik, davr hayotini bo‘yab-bezab, ortiqcha maqtab aks ettirish hollari ham mavjudligini inkor etib boimaydi. Buni shoirning o'zi ham shogirdi Said Ahmad bilan muloqotda tasdiqlagan ekan. Said Ahmadning: «Domla, keyingi paytlarda partiyani ko‘p ulugiamayapsizmi?» — degan savoliga javob berib, G‘afur G‘ulom: «Agar shunday qilmasam Cho‘lpondan ham, Qodiriydan ham oldin otilib ketardim. Men o‘zimni senlar uchun, adabiyot uchun, fan uchun, madaniyat uchun asrashim kerak edi», — deb aytgan ekan.
G‘afur G‘ulom o‘tgan asrning buyuk shoiri sifatida hayotni toiib-toshib, ko'tarinki ruh bilan kuylagan. Insoniyatga hamishalik hamroh bo‘lgan ezgu tuyg‘ularni zo‘r mahorat bilan she’rga solgan.
Savol va topshiriqlar
1.G`afur G`ulomning milliy adabiyotdagi o`rni haqida so`zlab bering.
2. Shoir she`rlarining jozibasi omillari nimada deb o`ylaysiz?
3. Shoir urush davrida qanday asarlar yaratdi?
4. “Sog`inish” she`rini yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |