Yangi o`zbek adabiyoti” fanidan


Doson qahratonidan Sirqiraydi suyaklar



Download 1,18 Mb.
bet10/77
Sana20.05.2022
Hajmi1,18 Mb.
#605213
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
ЯЎА-мажмуа-17

Doson qahratonidan Sirqiraydi suyaklar,
Neruda dostonidan Mador olar yuraklar,
Azobga berar bardosh,
Axir, chiqar-ku quyosh!
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, bu davrda «Yurakdagi o‘q» (Nazarmat), «Tanovar» (H. Sharipov), «Kelinchak», «Bo‘zto‘rg‘ay» (O. Hojiyeva), «Rajab Ashurov dostoni» (J. Kamol), «Erk sadolari» (E. Samandar) singari dostonlar ham yaratildi.
Bu davrda o‘zbek shoirlari she’riy roman janriga ham murojaat etdilar. «Ziyod va Adiba» (Mirmuhsin), «Shukuhli karvon», «Notinch Xuroson» (B. Boyqobilov), «Boqiy dunyo» (M. Ali), «Bir savol» (H. Sharipov) kabi asarlar she’riy roman yaratish sohasidagi izlanishlar samarasidir.
To'g'ri. bu davrdagi o'zbek she’riyatida yutuqlar bilan birga. turli nuqsonlar. «o'rtamiyona» asarlar, g'oyaviy-badiiy zaif she’rlar. zamonasozlik alomatlari ham ko'zga tashlanadi.
Umuman olganda. 60-80-yillarda o'zbek she’riyati o'z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko'tarila bordi. So'z san'atida kundalik mavsumiy mavzulardan tortib to ekologiya va siyosatga qadar rang-barang mavzularda turli asarlar yaratildi. Natijada, bu davrda o'zbek she'riyatining shuhrati, qadr- qimmati mamlakat bo'ylab tobora osha bordi. G'afur G'ulom «Sarhisob» she’rlar to'plami, Zulfiya «Kamalak» va «Shalola» kitoblari. Ramz Bobojon «Obi hayot» dostoni uchun Davlat mukofotiga sazovor bo'lishdi. Bir qancha shoirlarning eng yaxshi she’rlari, dostonlari turli tillarga tarjima qilindi va ko'pchilikka manzur bo'ldi.
Bu davrda o'zbek nasri ham ko'p jihatdan rivojlandi. Natijada, u adabiyotning yetakchi janriga aylandi. Bu davr o'zbek nasri sohasida Oybek, A. Qahhor, Sh. Rashidov, R. Fayziy, M. Ismoiliy, Said Ahmad, A. Muxtor, P. Qodirov, O. Yoqubov, Shuhrat, H. G'ulom, Mirmuhsin, H. Nazir, S. Anorboyev, S. Zunnunova, M. Qoriyev, Ne’mat Aminov, Farhod Musajonov, Erkin Samandar. Sa’dulla Siyoev singari tajribali yozuvchilar ijod etdilar. Shu bilan birga, nasrda O'lmas Umarbekov, O'ktam Usmonov, O'tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev, Murod Muhammad Do'st, Tog'ay Murod, G'affor Hotamov, Xayriddin Sulton, Nurali Qobul va boshqa yosh, iste’dodli adiblar ham samarali ijod qildilar.
Bu davrda, avvalo, ocherk, badiiy publitsistika va hikoya janrlari rivoj topdi. Asqad Muxtor. Said Ahmad, O. Yoqubov, Mirmuhsin. P. Qodirov, O'. Umarbekov, O'. Hoshimov, Sh. Xolmirzayev, U. Nazarov va boshqalarning hikoya hamda ocherklarida zamondoshlarning realistik obrazlari yaratildi.
XX asrning 60-80-yillarida o‘zbek dramaturgiyasida ham olg‘a siljish kuzatildi. Bu sohada K. Yashin, Uyg‘un, M. Shayxzoda, I. Sulton, N. Safarov, Sarvar Azimov, Hamid G‘ulom, B. Rahmonov, T. To‘la, R. Bobojon, Said Ahmad, 0‘. Umarbekov, E. Vohidov, Shukrullo, Mashrab Boboyev, Sh. Boshbekov, A. Ibrohimov, H. Muhammad kabi yozuvchilar samarali mehnat qildilar. Natijada turli mavzularda ko'plab sahna asarlari yaratildi. «Vixogo» (K. Yashin), «Mirzo Ulug‘bek» (M. Shayxzoda), «Abu Rayhon Beruniy», «Zebuniso» (Uyg'un), «Noma’lum kishi» (I. Sulton), «Bahor arafasi» (B. Rahmonov), «Nodirabegim» (T. To‘la) singari pyesalarda xalqimizning uzoq va yaqin o‘tmishi qalamga olindi.
Bu davrda asosiy diqqat-e’tibor turli xil zamonaviy mavzularni aks ettirishga qaratildi. Hozirgi zamon voqeligini tasvirlashda, eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurashni, to‘g‘rilik va halollik, adolat va haqqoniyat, mehr-oqibat va sevgi- muhabbat mavzularini yoritishda dramaturglar bir qator yutuqlarga erishdilar. Bu yutuqlarni «Ayajonlarim» (A. Qahhor), «Imon» (I. Sulton), «Parvona» (Uyg'un), «Oltin devor» (E. Vohidov), «Toshbolta oshiq» (H. G‘ulom), «Qiyomat qarz»(O'. Umarbekov), «Kelinlarqo'zg'oloni»(Said Ahmad) kabi pyesalar misolida ochiq ko‘rish mumkin. Bu asarlar mavzu jihatidangina emas, badiiy mahorat jihatidan ham qimmatlidir. Ularda ko'pchilikni qiziqtiradigan masalalar aks ettirilgan. Yorqin obrazlar yaratilgan.
Izzat Sultonning «Imon» dramasida olimlar hayoti tasvirlanib, yuksak axloq sohibi Yo‘ldosh Komilov obrazi yaratildi. Komilov oilasi hayoti misolida o‘zbek ziyolilarining ijtimoiy-ma’naviy, moddiy-maishiy, ilmiy-madaniy turmush tarzi ko‘rsatildi. Bu oila a’zolarining jamiyatdagi o‘rni va xizmatlari, axloqu e’tiqodlari, o‘zaro munosabatlari har qanday kishining havasini keltiradi. Bu oila a’zolarining biri — professor, yana biri — institut direktori, ikkinchisi — taniqli jurnalist, uchinchisi — vrach. Ularning e’tiqodlaricha, Vatan va xalq uchun vijdonan xizmat qilish, jamiyat va oilada halollik bilan hayot kechirish katta baxt. Asarda shu xususiyatlar barcha kishilarning zaruriy insoniy burchi bo'lishi kerak degan muhim g'oya olg‘a suriladi. Ana shu aqidalardan chekingan kishilar ayovsiz fosh etiladi.
Dramaning bosh qahramoni Yo‘ldosh Kornilov butun umri davomida bor kuchini, aql-zakovatini, bilimini xalq ishi uchun xizmat qilishga bag‘ishlab kelgan. U farzandlarining ham o‘ziday pok vijdonli bo‘lib o‘sishlari va xalqqa halol xizmat qilishlarini istaydi. Shu bois ota o‘g‘li Orifning yengil yoini tanlaganiga chiday olmaydi. Yoidosh Kornilov xarakteri uning o‘gii Orif va makkor Sanjarovning razilliklariga, tubanliklariga qarshi kurash jarayonida yaqqol gavdalanadi. Orifning nomzodlik dissertasiyasi marhum professor Yusupovning qo‘lyozmasidan ko‘chirib olinganligi ma’lum bo‘lgach, Yo‘ldosh Kornilov kuchli g‘azab o‘tida yona boshlaydi. Yo‘ldosh Kornilov xarakterining kuchliligi shundaki, u Orifni qing‘ir yo‘ldan qaytishga, vijdon va haqqoniyat oldida tiz cho‘kishga majbur etadi.
Savol va topshiriqlar

1.O`rganilayotgan davrga tavsif bering.


2.Ushbu davrda milliy adabiyotga xos asosiy tamoyillarni belgilang.
3. Mazkur davrda she`riyat sohasida e`tiborga loyiq qanday asarlar yaratildi?
4. Ushbu yillarda roman janri taraqqiyoti qanday kechdi?

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish