Windows operatsion sistemasining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Windows yopiq ishchi muhitliligi. Bu operatsion sistemada mumkin bo‘lgan barcha amallar Windowsdan chiqmagan holda bajarilishi mumkin. Amaliy dasturni ishga tushurish, disklarni formatlash, matnlarni chop etish – bu amallarni Windows ichida bajarish va amallarni bajarib bo‘lgandan so‘ng yana Windowsga qaytish mumkin.
Windows muhitida foydalanuvchi interfeysining asosiy tushunchalarini oyna va piktogramma tashkil qiladi. Oynalarning tuzilishi va ularni boshqarish elementlarini joylashuvi, amallar to‘plamlari va servis dasturlari uchun menyu tuzulishi, shuningdek, barcha servis va amaliy dasturlar uchun sichqoncha yordamida bajariladigan amallar yagona talab (standart) asosida ishlab chiqilgan.
2. Windows grafik sistemaliligi. Windowsda MS DOS kabi foydalanuvchidan buyruqlarni matnli satrlar ko‘rinishida kiritish talab etilmaydi, balki faqat ekranga diqqat bilan qaraladi va taklif etilgan to‘plamdan talab etilgan amalni sichqoncha ko‘rsatkichini menyuning tegishli buyrug‘i ustiga yo‘naltirib zarur tugmani bosib tanlanadi.
WINDOWS operatsion sistemasining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
ko‘p masalaliligi – bir vaqtni o‘zida bir necha dastur va oynalar bilan ishlash mumkin;
yagona dastur interfeysi – WINDOWS operatsion sistemasi muhitida ishlaydigan bir dasturda tayyorlangan ma‘lumotlarni boshqa dasturlarga olib o‘tish imkoniyati mavjud;
yagona foydalanuvchi intefeysi – WINDOWS operatsion sistemasidagi bir dastur interfeysida ishlashni o‘zlashtirib olgandan keyin, boshqa dastur interfeysini o‘rganish oson;
yagona apparatli-dasturiy interfeysi – WINDOWS muhiti turli qurilma va dasturlarni bir-biriga mosligini ta’minlaydi hamda WINDOWS muhiti boshqa, masalan, MS DOS, operatsion sistemalarida yaratilgan dasturlardan ham foydalanish imkoniyatini beradi;
Windows muhiti dasturlarning qurilmalarga va dasturli ta’minot (printer, displeyga)ga bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlaydi;
Windows muhiti MS DOS ning barcha amaliy paketlari, tahrirlagichlari va elektron jadvallari ishini to‘la ta’minlaydi;
Windows mavjud tezkor xotira va qurilmalardan to‘liq foydalana oladi;
Windows dasturlararo ma‘lumotlar almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma‘lumotlar buferi), yoki DDE (ma‘lumotlarning dinamik almashuvi, ya‘ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), yoki OLE (ma‘lumotlardan ularni tahrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
WINDOWS da foydalaniladigan barcha uskunaviy jihozlar uning obyektlari deb ataladi. WINDOWS operatsion sistemasi yuklanganda ekranda uning asosiy foydalanuvchi interfeysi – ish stoli aks etadi. Unda WINDOWS obyektlari va boshqaruv elementlari joylashgan. Obyektlar bir-biridan xususiyatlari bilan farqlanadi. Masalan, qattiq disk o‘zining nomi, to‘la hajmi, bo‘sh sohasining hajmi, oxirgi tekshirilgan kuni va boshqalar bilan farqlanadi. Shuningdek, operatsion sistema uchun fayllar ham obyekt hisoblanadi. Chunki, ular o‘zining nomi, joylashgan joyi, yaratilgan vaqti, hajmi va turi bilan farqlanadi.
WINDOWS operatsion sistemasi bilan ishlaganda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |