Boshqaruvning tashkiliy strukturasi – bu boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir biri bilan bog’langan boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmuidir.
Boshqaruv bo’g’ini boshqarishni aniq, ayrim funksiyalarini bajaruvchi strukturaning mustaqil bo’limidir. Boshqaruv bosqichi iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’limidir.
Yangi korxona tashkil qilish quyidagi bosqichlar asosida olib boriladi:
Korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi;
Biznes reja – buni ko’pincha o’z biznesini boshlamoqchi bo’lgan odamlar qidiradi. Agar biznes reja yo’qmi biznes ham yo’q degani! O’z ishini yangi boshlayotganlar ko’pincha yangi biznes reja yoki yangi biznes turini qidirishadi ammo eng yaxshi biznes reja bu oldindan hech kim qilmagan biznes emas, balki natija foyda va daromad keltiradigan biznes rejadir. Biznes reja har qanday muammolardan himoya qiluvchi vosita bo’la olmaydi, u korxonaning o’zi bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni o’z o’zidan hal qilmaydi. Amaliyotning guvohlik berishicha, reja juda yaxshi ishab chiqilgan bo’lsada, undan noto’g’ri foydalanishda korxona zarar ko’rishi mumkin.
Biznes rejaning tuzilishi quyidagicha:
Kirish
Bozor
Xodimlar malakasi va tajribasi, mavjud moiyaviy vositalar
Bo’limi: biznes rejani tuzish jarayoni, biznes rejani umumiy tuzimasini begilash, loyiha va maqsad va vazifalarini ifodalash, missiyani belgilash, hamda zaruriy axborotlarni to’plash me’yorlarini ishlab chiqish
Tashkil etilmoqchi bo’lgan korxonaning ishlash va boshqarish tizimi:
Xodimarga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirish. Berilgan vaqt nuqtasida qanaqa va qancha ishchi kuchi bo’ladi? Unga qayerda talab mavjud? Qanaqa va qancha ish o’rni bor?
Ishga qabul qilishni rejalashtirish. Tashqi rejalashtirish ichki rejalashtirish. Qaysi va qancha xodimlar, qachon va qancha vaqtga xizmat bo’yicha sijishlari, lavozimga ko’tarilishlari lozim.
Xodimlarni qisqartirish rejalashtirish. Qanaqa va qancha ishchi kuchi korxonada qoldirilishi kerak?
Xodimlarni saralash va o’qitish xarajatlarini rejlashtirish. Tashkilot xodimnlarini shakillantirish va rivojlantirishga moddalar bo’yicha qanday xarajatlar ko’zda tutigan.