LABORATORIYA ISHINING BAJARILISHIGA QO`YILADIGAN TALABLAR
Quyidagi uslubiy ko`rsatma kiyimlar assortimenti va konstruktsiyasini, erkaklar kostyumi konstruktsiyasini, ayollar va erkaklar yengil va ustki kiyimlarini tikishni o`rganishga imkoniyat beradi va kurs rejasiga asoslangan.
Har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldin talabalar mustaqil ravishda ko`rsatmada berilgan adabiyot va ma`ruza konspekti yordamida ishga tayyorlanishi lozim. Bu shart talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga imkon beradi.
Laboratoriya ishini bajarishni boshlashdan oldin o`qituvchi talabaning darsga tayyorligini o`tgan darsni birma-bir so`rab chiqib tekshiradi. O`tgan laboratoriya ishini bajargan talabalargina keyingi ishni bajarishi mumkin.
Laboratoriiya ishini bajarish uchun tushuntirish xati A4 formatli yozuv qog’oziga yoki o’qituvchi tomonidan tayyorlangan xisobot daftariga yoziladi. Uslubiy ko’rsatmaning chizmalari A1 formatga chiziladi.
Laboratoriya ishini bajarishda qizil rangli ruchkadan foydalanish man qilinadi.
Xar – bir laboratoriyaning bajarilishi va xisobotga kiritilish tartibi laboratoriyaning oxirida berilgan.
1 - LABORATORIYA ISHI.
Mavzu: Erkaklar pidjagi baza asosi konstruktsiyasi chizmasini chizish.
Ishning maqsadi:Erkaklar pidjagini baza asosi konstruktsiyasi qurushning usullarini o’rganish.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Model eskizini chizish. Tipik ulchamlarini aniqlash.
2. Qushimcha xaqlar miqdorini aniqlash.
3. Konstruktsiya chizmasini xisoblash va qurish.
4. Konstruktsiya chizmasiga model xususiyatlarini kuchirish.
1. Model eskizini chizish. Tipik ulchamlarini aniqlash.
1-rasm. Model ko’rinishi.
Kiyim modelini yasashda kishining qaddi-qomati muxim rol o’ynaydi.
Kishining qomati kelishgan va uncha kelishmagan bulishi mumkin.
Qomati kelishgan, ya'ni xushbichim kishilarning ko’krak qafasi yaxshi rivojlangan bo’ladi, kurak suyaklari turtib chiqib turmaydi, orqasi to’g’ri bo’ladi. (2-rasm 1).
Gavdasi bukchaygan va kekkayib turadigan kishilarning qomati kelishmagan bo’ladi.
Bukchaygan gavdali kishilarning ko’kragi (ko’ksi) ichiga tortilib, kurak suyaklari chiqib turadi, orkasi bukilgan (bukchaygan) bo’ladi (2-rasm, 2).
Qotma, kekkaygan gavdali kishilarning ko’krak qafasi yaxshi rivojlangan bo’ladi, kurak suyaklari ichiga kirib turadi,beli juda botiq (beli ichiga kirgan) bo’ladi (2-rasm, 3).
Erkaklar gavdasining ulchamlarini (razmerini) aniqlashda ko’krak aylanasining yarim uzunligi va bo’yi asos qilib olinadi.
Kishining gavdasi ulchamiga (razmeriga) qarab, bolalar razmeri, o’smirlar razmeri va kattalar razmeriga bo’linadi. Ketma-ket kelgan ikki razmer bir-biridan 2 sm farq qiladi.
Kattalar razmeri buyumning uzun-qisqaligiga qarab, besh rost (buyi)ga bo’linadi:
1
|
rost
|
155-160
-
|
sm
|
II
|
Rost
|
161-166
|
sm
|
III
|
rost
|
167-172
-
|
sm
|
IV
|
rost
|
173-178
-
|
sm
|
V
|
rost
|
179-182
-
|
sm
|
Buy (rost) poyabzalsiz va bosh kiyimisiz o’lchanadi. Andaza chizmasini chizish uchun quyidagi o’lchamlar bo’lishi zarur.
Bo’yin aylanasi (1)-bo’yinning asosidan o’lchanadi. Bu vaqtda santimetr lentasi bo’yinga taqalib turishi, lekin bo’yinni siqmasligi kerak.
Ko’krak aylanasi (2) ko’krakning va kurak suyaklarining eng baland chiqib turgan joyidan o’lchanadi. Bunda santimetr lentasi ko’krakka taqalib turishi, ammo ko’krakni siqmasligi lozim.
Bel aylanasi (3) gavdaning eng xipcha joyidan ulchanadi.Son aylanasi (4) son va qorinning eng baland joyidan siqmay gir aylantirib o’lchanadi.
Orqaning kengligi (5) bir qulning yelka bo’g’imidan ikkinchi qo’lning yelka bo’g’imigacha bo’lgan oraliq kuraklar ustidan o’lchanadi. Yelka bo’g’imini, ya'ni qo’llarning gavdaga tutashgan joyini topish uchun ko’ylakni qo’ltiq tagidan oldinga tortish kerak, shunday qilganda orqada, qo’llar enida ularning gavdaga tutashgan joyini bildirib turadigan burma xosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |