235. Buy (bay) – sotib olish: (Boy) Boylar hamma narsani sotib olishga harakat qilishadi, bu
haqiqat;
236. Call (kol) – qo`ng`iroq qilish: (Kal) Sizga kal qiz qo`ng`iroq qilyapti. Uni kalligini qayerdan
bilganingizni bilmayman;
237. Can (ken) – qo`lidan kelmoq: (Kema) Sizga shart qo`yishdi, chaqiruv tashlashdi. Kema
yasash qo`lingdan kelmaydi, deyishdi. Siz nima deysiz?
238. Change (cheynj) – o`zgartirmoq: (Chayna) Siz og`izda ovqat chaynash ritmingizni
o`zgartirdingiz;
239. Close (klouz) – yopmoq: (Klaus) Santa Klaus sizga sovg`a tashlab ketdi, lekin eshikni
yopishni unutdi, siz ertalabga yaqin kasal bo`lib qoldingiz;
240. Come (kam) – kelmoq: (Kam) Siz bazm uyushtirdingiz, lekin bazmga juda kam odamlar
keldi;
241. Cook (kuk) – pishirmoq: (Ko`k) Siz ko`k pishiryapsiz, hisobini oling, faqat ko`katlarni
pishiryapsiz;
242. Cut (kat) – kesmoq: (Xat) Tasavvur qiling, xatlarni kesib o`tiribsiz va ularni kabutar qilib
uchiryapsiz;
Do'stlaringiz bilan baham: |