26. Goose (gus) – g`oz: (Gus) G`oz rus tilida gus deyiladi, buni eslab qolish oson;
27. Giraffe (jiraf) – jirafa: (Jirafa) Bu yerda birgina “a” harfini olib tashlasangiz bas;
28. Rabbit (rebbit) – quyon: (Rebbit) Robot quyonlar sizni o`rab olgan, endi qochib bo`psiz
30
29. Cow (kau) – sigir: (Kal) Kal odam sigirini sochini olayotganini tasavvur qiling. Bu chinakam
hasaddan nishona!
30. Rat (ret) – kalamush: (Rediska) Katta kalamush kichkina rediskani yeb, bo`kib qoldi. Hayratlanarli
joyi yo`q!
31. Fox (foks) – tulki: (Fokus) Tulki sirkda turli xil fokuslar ko`rsatyapti. San`atiga qoil!
32. Horse (hors) – ot: (Mors) Issiq daladan charchab kelgan ot, muzdek mors ichib dam olib o`tiribdi;
33. Frog (frog) – qurbaqa: (Tvorog) Tasavvur qiling, tvorog yeb o`tiribsiz, shunda birdan ichidan
qurbaqa otilib chiqdi;
34. Bear (biyer) – ayiq: (Bu yer) Ayiq sizga gidlik qilyapti, mehmonxonani so`rasangiz ham “bu yer”,
hojatxonani so`rasangiz ham bu yer, deyapti. Keyin bilsangiz, u bu yer so`zidan boshqa so`zni bilmas
ekan;
Do'stlaringiz bilan baham: |