1797. Context (kontekst) – kontekst, vaziyat, muhit: O`xshash so`zlar;
1798. Outweigh (autuey) – oshib tushmoq, oshib ketmoq: (Autbek) Bir futbolist bolasiga
“Autbek” deb ism qo`ydi, bu qilgan ishi oshib tushdi, futbolga bu darajada mukkasidan ketish yaxshi
emas;
1799. Over-familiarity (oue-femilieriti) – qonun xalq bilan juda do`stona aloqalarda bo`lishi:
Ma`noga e`tibor qiling;
1800. Aberration (abreyshn) – adashib qolish: (Abu Rayhon) Kolumb adashib borib qolgan joy,
Abu Rayhon Beruniy bashorat qilgan yer- Amerika edi;
1801. Abhor (ebho’) – juda yomon ko’rish: (yeb ko’r) Mango mevasini yeb ko’rsam, rosa taxir
ekan. Shundan beri uni yomon ko’raman;
1802. Acquiesce (akuyes) – istamay rozi bo’lish: (akasi) O’qishga kira olmagan Anora akasining
do’stidan kelgan sovchilarga istamaygina rozilik bildirdi.
1803. Alacrity (elakriti) – tayyor (shay) turmoq: (elak) Elak unni elashga doim shay turadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |