XVIII asrda Germaniya feodal va iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatligicha qolardi.
Bozor xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan Gollandiya, Angliya va Fransiyadan farqli o‘laroq Germaniya, ayniqsa uning sharqiy qismi, krepostnoylikni kuchayib borishi bilan xarakterlarnalardi.
Yerni feodal ekspropriasiya qilish (barshchina) yirik miqyoslarga erishdi. Yerdan mahrum bo‘lgan dehqonlar feodalning xonadonida ovqat uchun yollanib ishlashardi.
Mamlakat iqtisodiyotini kuchsizlanib borishining sabablaridan biri – Germaniya tomonidan yirik jahon savdosi markazi o‘rnining yo‘qotishidir.
Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida savdo markazi Atlantika okeaniga ko‘chib o‘tdi.
Germaniya siyosiy tarqoqligi sababli mustamlakalarni bosib olish, dastlabki kapital jamg‘arishining tashqi manbalarini izlashda faol ishtirok etishda qatnasha olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |