Yangi davr arab adabiyoti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/73
Sana20.04.2020
Hajmi1,62 Mb.
#45906
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Bog'liq
yangi davr arab adabiyoti (1)

MUHAMMAD HOFIZ RAG‘AB 
Muhammad  Hofiz  Rag‘ab  ma’lum  bir  muddat  davomida  yangicha  ijod  qila  boshlagan 
yosh yozuvchilarning yetakchisi hisoblangan edi. U o‘z safdoshlarini «ustozsiz avlod» deb atadi 
va shu bilan o‘z salaflaridan yuz o‘girgani, novatorligini ochiq e’lon qildi. 
Muhammad  Hofiz  Rag‘ab  1935  yilda  Aleksandriyada  kambag‘al  oilada  tug‘ildi. 
U ko‘chada  gazeta  sotuvchi  bo‘lib  yurganida  o‘qish  -  yozishni  o‘rgandi,  lekin  muntazam 
ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lmadi. 
Rag‘abning  ilk  hikoyalari  «yangi  realistlar»  maktabi  an’analarida  yozilgan.  Uning 
qahramonlari  -  arzimas  chaqalar  hisobiga  hayot  kechiradigan  qashshoqlar  («Oxirgi  piastr», 
1956),  vatan  himoyachilari  («Yer  va  qon»,  1956),  irqchilik  azobini  chekayotgan  Amerika  va 
Afrika  qora  tanlilari  («Qora  sirtmoq»,  1954).  Ular  halol,  pok,  odamshavanda,  muallif 
xayrixohligi bilan tasvirlangan kishilardir. Ularning badbaxtliklari, fojealari esa, ijtimoiy, siyosiy 
sabablar,  adolatsiz  ijtimoiy  munosabatlar  tufayli  yuzaga  kelgan.  Bu  kulfatlar  sababi, 
manbalarining ko‘pligi Rag‘ab qahramonlari siymosini murakkablashtirib boradi. Ammo Rag‘ab 
inson  hayotini  qiyinlashtirib  izdan  chiqaradigan  yomonlik  ildizlari  behisob  ekanligini,  ular 
faqatgina  ijtimoiy  hayot  muammolari  bilan  cheklanib  qolmasligini  tushunib  borar  ekan,  bu 
kulfatlarning turlarini aniqlashga kirishgandek, go‘yo ularning ro‘yxatini tuzayotgandek bo‘ladi. 
Bu  ro‘yxatda  ikki  jadval  bo‘lib,  uning  biriga  kulfatlarning  inson  shaxsidan  tashqari  turadigan 
sabablari, ikkinchisiga botiniy sabablar kiritiladi. 
Yozuvchi  talqinicha,  hamma  narsa  inson  baxtsizliklari  sababi  bo‘lishi  mumkin  -  uning 
qashshoqligi, jismoniy kamchiligi, irodasi bo‘shligi, hayotda o‘z o‘rnini topishga harakat qilishi, 
baxtsiz  tasodif  va  hokazolar.  Kulfatlarning  ijtimoiy  ildizini  tadqiq  etishda  Rag‘ab  tomonidan 
ularning birortasini ajratib ko‘rsatmaslik uning «yangi realistlar» estetikasidan afzallik tomonini 
ko‘rsatadi. 
Rag‘abning  «Yungli  barmoqlar»  (1965)  hikoyasi  yangi  eksperimental  uslubda  ijod 
qilingan.  Agar  unda  tasvirlangan  voqealar  tabiiy  ketma-ketlikda  tizib  chiqilsa,  haqiqiy  hayotiy 
syujet  kelib  chiqadi  -  o‘zining  ulg‘ayib  qolgan  o‘g‘lidan  ajralgan  ayol  (bolani  tramvay  bosib 
ketgan  edi)  erini  tashlab  boshqa  turmushga  chiqib  ketadi.  Buning  sababi  -  oldingi  eri  falokat 
tufayli shunchalik iztirob chekadiki, buning oqibatida u xotinidan sovib ketadi. Bu syujet chizig‘i 
zamon jihatidan shunchalik kesib - bukib tashlangan va g‘alati majoziy obrazlar uyumiga ko‘mib 
yuborilganki, natijada bu jo‘ngina hayotiy voqea syurrealistik tus olgan. 


 
102 
Hikoya ayol katmonchasi tasviridan boshlanadi. Unda upadon va lab bo‘yog‘ining yoniga 
divan qo‘yib qo‘yilgan, divan ustida hikoya qahramoni bo‘lmish ayol yastanib yotibdi. Bularning 
barchasi  yangi  er  Xannaga  muhayyo  qilgan  farog‘atni  o‘zida  mujassamlantiradi.  O‘zining 
birinchi  erini  eslaganida  Xanna  «bosh  suyagining  ichi  bo‘sh  odamni  ko‘radi.  Tramvay 
g‘ildiraklari  uning  yuzini  bosib  o‘tib  basharasini  qiyshaytirib  yuborgan,  ko‘r  tramvaychi 
karnaychasini qattiq chalganida esa, devor qulab bolani bosib qoladi. 
Ba’zan uning  obrazlari  asosida qoliplangan ramzlar  yotadi. Bola qoni  - joni  bilan ota  - 
onasining  mevasi.  Shuning  uchun  ham  Xanna  o‘g‘li  halok  bo‘lishini  oldindan  sezib,  tevarak 
atrofga,  yerga  o‘z  qoni  sachraganini  ko‘radi,  uning  eri  Mahrus  esa,  oyog‘iga  bir  parcha  o‘z 
go‘shti  yopishib  qolganini  his  etadi. Shunday qilib,  ko‘chada  yuz bergan real  voqea qandaydir 
mistik  qobiqqa  o‘raladi,  jahoniy  adolatsizlik,  «jahoniy  yomonlik»  zuhuri  sifatida  talqin  etiladi. 
Bu yomonlikning ildizi esa, harbi – yugurdak bolani pivoga yuborgan xo‘jayinlar bo‘lib chiqadi. 
O‘zining bu birinchi eksperimental hikoyasida Rag‘ab dunyoni yomonlik timsoli sifatida 
tasvirlar  ekan,  o‘zining  fikrlarini  didaktik  usulda  ochiqdan  -  ochiq  izohlab  ham  boradi. 
Uningcha, inson dunyoga singib ketgan bir gard xolos. U issiqlikka, shu’laga, iliq so‘zga qarab 
intiladi, ammo hech qaerda ularni topa olmaydi, chunki u ham boshqa odamlar - gardlar kabi o‘z 
hayotiy orbitasida aylanib yura beradi. 
«To‘p va odamning kallasi» hikoyasida yozuvchi mavzuni to‘la - to‘kis shartli vositalar 
bilan ifodalash usulini sinovdan o‘tkazadi. Unda futbol to‘pi manzarasini chizish orqali yozuvchi 
«non  va  tomosha»  ilinjida  hayot  kechiradigan  olomon  insoniy  qadriyatlarni  inkor  qilishini 
tasvirlaydi. 
Hikoya  qahramoni  o‘quvchisi  yo‘qligi  tufayli  kasodga  uchragan  gazetaning  mayda 
xizmatchisi  tomoshabinlar  e’tiborini  o‘ziga  qaratmoqchi  bo‘ladi,  ammo  bundan  foyda 
chiqmaydi.  U tomoshabinlar  nigohida  sevib  ko‘rayotgan  hangomalaridan  chalg‘itgani  tufayli 
qahr va g‘azabni ko‘radi, xolos. Umidsizlikka tushgan qahramon ularga o‘z boshini futbol to‘pi 
qilib tepishni taklif etadi, odamlarni uning kallasi futbol to‘pidan kam emasligi, diqqatga molik 
ekanligiga  ishontirmoqchi  bo‘ladi.  O‘zining  haqligini  isbotlash  uchun  u  boshiga  tushayotgan 
butsa  tepkilariga  bardosh  beradi,  darz  ketgan  bosh  chanog‘idan  o‘qigan  kitoblarining  varaqlari 
sochilib  chiqayotganini  ko‘rib  dahshatga  tushadi.  Ammo  berilgan  bu  qurbonlik  ham  foydasiz 
bo‘lib chiqadi. Shunday bo‘lsa ham, qahramonning o‘taketgan befarqlikka qarshi o‘zini qurbon 
qilishi bu hikoyani Rag‘ab ijodidagi eng yaxshi asarlar qatoriga qo‘yadi. 
Aslida,  faol  qarshilik,  o‘zini  qurbon  qilishga  hozirlik  Rag‘ab  personajlariga  xos  xislat 
emas.  Adib  qahramonlari  isyonining  chalakam-chattiligi,  intilishlarining  ziddiyatliligi,  ayniqsa, 
«M»ning  zerikarli  sarguzashtlari»  hikoyasida  yaqqol  ko‘rinadi.  Bu  asar  ma’lum  ma’noda 
biografik  bo‘lsa  ham,  unda  voqealar  real  faktlardan  uzoqlashtirilgan,  majoziy  ma’no 
bag‘ishlangan tarzda tasvirlanadi. 
Hikoya qahramoni do‘kondor otasiga qarshi isyon qiladi. U ozod bo‘lishni,  «boshi berk 
ko‘chadan»  tashqariga  chiqishni  istaydi.  Otasini  o‘ldirib  «ular»  oldiga,  «S»  nomli  yozuvchi 
huzuriga  boradi,  unga  o‘zining  «odamlarga  yaxshi  xizmat  qilishi  mumkin  bo‘lgan  so‘zamol 
tilini» taklif qiladi. Ammo  yozuvchi  «S» faqatgina  «M» o‘z bobosining boshini olib kelsa, uni 
ishga olishga rozi bo‘ladi.  «M» bunga jur’at etmaydi va boshqa «taniqli» yozuvchilar  huzuriga 
ish  qidirib boradi.  «G» ismli  yozuvchi  uning tilini  qirqib qo‘yadi  va  «M»  soqov bo‘lib qoladi. 
U «atoqli»lar  orasida  o‘ziga  nisbatan  qiziqish  va  tushunishni  ko‘rmaydi.  «M»ga  Gorkiy 
shuhratini  va’da  qiladilar,  «M»ning  o‘zi  ham  Gorkiyga  o‘xshashni  istaydi,  u  bilan  o‘zini  qon-
qardosh  sezadi.  Ayni  vaqtda  u  «e’tiborli»larni  tan  olmaydi.  Shunday  qilib,  savdo  do‘koni, 
ko‘kragiga  sanchilgan  pichoq  bilan  ko‘milmay  yotgan  otasi  jasadi  qolgan  o‘tmish  va  hamma 
narsa mavhum bo‘lgan, u o‘zini yolg‘iz, boshi berk ko‘chaga kirgandek sezadigan hozir orasida 
arosatda qoladi, talvasaga tushadi. 
Rag‘ab  asarlaridagi  adabiy  qahramonning  hayotdagi  muqobilini  topish,  60  -  yillardagi 
Misr  mayda  burjua  ziyolisining  psixologik  qiyofasini  uning  freydizm  va  ekzistensializmning 
mashhur  qoidalariga  mos  ravishda  amalga  oshirilgan  nazariy  va  falsafiy  talqinida  ko‘rish 
g‘oyatda mushkul. Shunday bo‘lsa ham, Rag‘ab, shubhasiz, yosh ziyolilar tafakkuridagi asosiy 


 
103 
ziddiyatni,  ularning  an’anaviy  qadriyatlarga  qarshi  yo‘naltirilgan  e’tirozining  anarxistlarcha 
noizchilligini  va  bu  hol  ularning  «yetim»  bo‘lib  qolishdan,  patriarxal  o‘tmishdan  keskin  yuz 
o‘girishdan qo‘rqqanlari oqibatida yuz berganini to‘g‘ri ilg‘ab olgan edi. 
Anchagina  vaqt  o‘tgandan  so‘ng  chiqqan  «Qaynab  turgan  choynakda  yashovchilar» 
(1979)  nomli  uchinchi  hikoyalar  to‘plamida  ham  Muhammad  Hofiz  Rag‘ab  ilgari  tanlagan 
yo‘liga sodiq qoladi,  g‘alati  mavjudotlar  yashaydigan  fantastik,  mantiqsiz dunyo manzaralarini 
chizadi. 
As-Said  al-Varaqiyning  fikricha,  Rag‘ab  taxayyullarining  o‘tkirligi,  o‘quvchi  qalbida 
o‘zining g‘alati qahramonlariga nisbatan xayrixohlik tuyg‘usini uyg‘ota olish iste’dodi, qanday 
bo‘lmasin, o‘quvchiga muallif munosabatini ilg‘ab olish imkoniyatini qoldirishi nuqtai nazaridan 
uning ijodi  Ibrohim Aslan, Muhammad Ibrohim Mabruk, Muhammad as-Savi kabi sun’iylik va 
uslubpardozlikka berilgan ko‘pchilik payravlaridan afzal ekanini ko‘rsatib turadi. 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish