II BOB. O‘ZBEK TILIDA RANG VA MAZA- TA’M BILDIRUVCHI
SIFAT LEKSEMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
2.1. Badiiy matnda rang –tus sifatlarining uslubiy voqelanishi
O„zbek tilida sifat leksemalarning, xususan, rang – tus bildiruvchi sifat
leksemalarning uslubiy vosita sifatida poetik nutqda qo„llanish imkoniyatlari, turli
ma‟no nozikliklarini ifodalash uchun xizmat qilishi, qo„llanish darajasi, semantik
strukturasi hozirga qadar tilshunoslikda maxsus o„rganilgan emas. Uslubiyat
bo„yicha yaratilgan darslik va o„quv qo„llanmalarida ham bu haqda aniq
ma‟lumotlarni uchratmaymiz.
46
Ma‟lumki, o„zbek tilida oq, qora, qizil, sariq, zangori, ko„k, yashil kabi bir
qator sifat leksemalar predmetning rang – tusini ifodalaydi. Ot turkumiga oid
so„zlar o„z tabiatiga ko„ra bir qator belgi–xususiyatlarni o„zida mujassamlashtiradi,
boshqacha qilib aytganda, belgi –xususiyat otlarning doimiy yo„ldoshi bo„lib,
ulardan ajrala olmaydi. Rang bildiruvchi sifatlarning har biri o„ziga xos semantik
strukturasi va uslubiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ularning uslubiy
imkoniyatlari, okkazional semalarni ifodalash xususiyati nutq jarayonida yuzaga
chiqadi.
Bitiruv malakaviy ishimizning mazkur faslida aynan rang – tus sifat
leksemalarning uslubiy ma‟no qirralari haqida so„z boradi. Bunda bir qancha
o„zbek va jahon adabiyoti ijodkorlari asarlaridan (ko„proq she‟riy asarlardan)
misollar keltirib, fikrlarimizni asoslashga harakat qildik.
Dastavval, rang – tus sifatlari orasida badiiy ijodda eng faol leksemalardan
bo„lmish, oq va qora sifat leksemalari xususida to„xtalmoqchimiz. Qora sifat
leksemasi nutqda faqat predmetning rangini ko„rsatish maqsadida qo„llanganda,
emotsional – ekspressivlikdan xoli bo„ladi, uning vazifasi rang to„g„risida xabar,
ma‟lumot berish bilangina cheklanadi. Nafaqat qora sifat leksemasi, balki barcha
46
Qo‘ng‘urov R. Sifat stilistikasi // Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo‘ng‘urov R., Rustamov H. O‘zbek tili
stilistikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1983, 109 – 113 – betlar;
Qilichev E. O‘zbek tilining amaliy stilistikasi ( grammatika ). – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 160 bet.
30
rang – tus sifatlariga ham xuddi shu fikrni aytish mumkin. Masalan, qora qalam,
oq daftar, moviy osmon, ko„k ruchka, qizil qon va hokazo. Bu birikmalarda biz
hech qanday uslubiy ma‟no xususiyatlariga duch kelmaymiz. Chunki bunday
birikmalar uslubiy bo„yoqdorlikdan xoli hisoblanadi. Biroq bu sifat leksemali
birikmalarning hokim bo„lagi o„zgarsa, sifat leksemalarning ma‟no qirralari ham
o„zgarishga yuz tutishi, yana ham aniqrog„i uslubiy ma‟no kasb etishi mumkin.
Masalan, qora o„tmish, oq ko„ngil, moviy havo, qizil dunyo kabi.
Qora leksemasi so„zlovchi yoki yozuvchining o„z nutqi qaratilgan shaxsga
bo„lgan munosabati nuqtai – nazaridan matnga bog„liq holda ijobiy yoki salbiy
ekspressivlikni ifodalashi mumkin. Bu leksema inson organizmining yuqori
qismida joylashgan a‟zolar (soch, qosh, ko„z)ni tasvirlash maqsadida qo„llanganda
rang ma‟nosiga ijobiylik semasini ham kiritadi: Qaro qoshing, qalam qoshing.
Qiyiq qayrilma qoshing qiz // Qilur qatlimga qasd qayrab, Qilich qotil qaroshing
Do'stlaringiz bilan baham: |