-l, -al (formal, gorizontal), -on (intonatsion ) kabi affikslar sifat yasovchi affikslar
deb talqin qilinadi.
17
Bu fikrga O. Madrahimov ham o„zining “O„zbek tilida sifat
va yangi yasalgan sifatlar masalasiga doir” nomli maqolasida qo„shilib, yangi
yasalgan sifatlar haqida so„z yuritar ekan, rus tili orqali o„zlashgan sifatlar
tarkibida qo„llanuvchi -ik, -iv, -al, -l, -ion, -sion, -atsion affikslarini o„zbek tilida
mustaqil qo„llanuvchi, o„zlashgan sifat yasovchi affikslar, deb hisoblaydi. Bu
mulohaza dots. T.Xo„jayevning quyidagi fikrlari orqali inkor etiladi: “Bizningcha,
antik, kosmik, genetik, simfonik, dekorativ, operativ, kooperativ, aktiv, real,
optimal, internatsional sifatlari yasaluvchi negizlarga va yasovchi affikslarga
ajralmaydi. Demak, ular affiksal formali sifatlar emas. Chunki ular o„zbek tilida
yasalgan emas, balki o„zbek tiligacha yasalgan. O„zbek tilida esa ular bitta
morfema holida qisqartirish bilan hozirgi holatida, aniqrog„i affiksli formada emas,
balki morfemalarga ajralmaydigan negiz formasida qabul qilingan. Demak, ular
etimologik jihatdangina yasama sifatlardir. O„zbek tilida esa ular nisbatan yangi
so„zlar bo„lgani holda, morfologik strukturasi jihatidan tub sifatlardir.”
18
Ayni
fikrlarga Zafar Pardayev o„zining “O„zbek tilida sifatlarning semantik-uslubiy
xususiyatlari” ilmiy monografiyasida ham qo„shilajagini bildiradi va
T.Xo„jayevning yuqoridagi fikrlarini qo„llab–quvvatlaydi. Bizning fikrimizcha esa,
yuqorida tilga olingan o„zlashma qo„shimchalar internatsional qo„shimchalar
bo„lib, bora–bora o„zbek tiliga ham singishib, yangi o„zbekcha so„zlar yasalishiga
xizmat qilishi ham mumkin. Buni biz o„zbek tilining tarixiy taraqqiyot evolutsiyasi
orqali yaqqol isbotini ko„rishimiz mumkin. Chunonchi arab tili orqali o„zlashgan
-iy, -viy yoki fors tili orqali kirib kelgan –xona, -kor, no–, bo-, be- kabi
qo„shimchalarning, dastavval, faqat o„zlashma so„z yasalishidagi ishtirokiga guvoh
bo„lgan bo„lsak, keyinchalik bu qo„shimchalar o„zbek tili affiksal tarkibiga shu
17
Usmonov S. Sifat // Mirzayev M., Usmonov S., Rasulov I. O‘zbek tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 1978,
100 – 109 – betlar.
18
Xo‘jayev T., Mullajonova H. Yangi yasalgan sifatlar tahliliga tanqidiy obzor // O‘zbek tili
grammatik qurilishi, leksikologiyasi va dialektologiyasi masalalari, Samarqand: SamDU nashri, 1976,
89 – 99 –betlar.
15
qadar singib ketdiki, endilikda biz ulardan bemalol sof o„zbekcha so„zlar yasashda
ham foydalanyapmiz. Til taraqqiyotida bunga o„xshash misollarga ko„plab duch
kelishimiz mumkin. Rus tili orqali o„zlashgan ba‟zi qo„shimchalarning taqdiri ham
xuddi shu ko„rinishda davom etsa, ajabmas. Chunki til hamonki, ijtimoiy hodisa
ekan, unda turfa xil o„zgarishlar va yangilanishlar sodir bo„lishi juda tabiiy hol
hisoblanadi.
“Hozirgi o„zbek adabiy tili” (1-qism,1980) nomli darslik o„zbek
tilshunosligida salmoqli o„rin tutadi. Ana shu asardagi “Sifat” mavzusi yirik
tilshunos olim Azim Hojiyev qalamiga mansub.
19
Bu darslikda sifatlarning
grammatik xususiyatlarini tahlil etishda oldingi ishlarga nisbatan farqli tomonlar
ancha ko„proq. Eng muhimi, bu ishda sifatlar asliy va nisbiy deb ikki turga
ajratilmagan, bunday yo„l tutishning sababi ham ko„rsatilmagan. Sifatlarda oddiy
(normal) daraja, orttirma daraja va ozaytirma daraja mavjudligi ta‟kidlangan.
Orttirma daraja fonetik usul bilan (dum–dumaloq, ko„m–ko„k), leksik usul bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |