Taʼlimning sinf-dars tizimid.t. Oʻzbekistonda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida jadidlar tashkil etgan yangi usul maktablarida joriy etildi. Ungacha yil davomida maktabga yangi oʻquvchilar qabul qilinavergan, turli yoshdagi bolalar guruhlarga ajratilmay, birga oʻqitilavergan. 20-asr boshlarida dunyoning koʻpgina davlatlarida majburiy taʼlim joriy kilinishi Taʼlimning sinf-dars tizimid.t.ning keng yoyilishiga sabab boʻldi. Sinflarni tashkil etishda asosiy koʻrsatkich bolalarning yosh va rivojlanish darajasidagi umumiy jihatlardir. Ayni vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar oʻrtasida taraqqiyotning turli darajasida bulganlar borligi uchun ham sinflarni jamlashda turli tajribalar qilib koʻrildi. AQSH va Buyuk Britaniya singari mamlakatlarda oʻquvchilar qobiliyatiga qarab parallel sinflarga taqsimlandi. Bu hol "kuchli", "oʻrta" va "bush" sinflarni vujudga keltirib, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishni har xillashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |