Yaltiroq qutichalar



Download 11,7 Kb.
Sana05.03.2022
Hajmi11,7 Kb.
#483347
Bog'liq
Yaltiroq qutichalar


Yaltiroq qutichalar
Sabinaga bu yil dadasi Nozimaka beshdan ortiq asarlarni o’qib,yakunlagani va maktabda baholari a’lo darajada ekanligi uchun so’nggi rusumdagi telefon va kompyuter olib berdi. Endi jajji to’qqiz yoshli Sabinani orzulari ushaldi va “Orzularimga yetishdim va mehnatimning rohatini ko’raman,bundan buyog’iga,mazza qilib dam olib yursam ham bo’laveradi” deya hayolidagi shunday o’ylar sandig’ini ocha boshladi. Shu zaylda, har kuni Sabina xonasiga “dars” qilgani kirib, elektron dunyoga sho’ng’ib ketardi,shu sababli, maktab darslariga kech qolib,ustozlaridan ho’p dakki eshitardi. Uy ichida esa bu jajji ozoda bo’lgan qizni tanib bo’lmasdi;kiyimlari sochilgan,xonasi besaranjom,kitoblari turli-tuman joylarda edi. Otasi va buvisi bu holatdan havotirlanar,o’g’liga nevarasining go’zal xulqini bu texnik kashfiyotlar aynitayotgani haqida Xolida buvi ko’p shikoyat qilar edi. Nozimaka esa qizini bu tez rivojlanib borayotgan global olamga olib kirayotganidan xursand,ammo Sabinani bilim olamidan uzoqlashayotganidan xafa edi.Xolida buvi esa doimo kelini Fotima opaning ruhiga tilovat qilib, Allohdan nevarasiga to’g’ri yo’l so’rardi,zero,Sabinaning ko’ngli onasining vafotidan so’ng yarim bo’lib qolgan,hech kim unga qattiq gapira olmasdi.Ammo hozirgi holatda buvisi va Nozimaka bir necha bor koyib ko’rishdi,lekin bu koyishlar ta’sirsiz holicha qolaverdi.
Shunday kunlar birida Sabina kechki payt telefon o’ynab,uhlab qoldi va ajib bir tush ko’rdi. Tushida oppoq libosda onajonisi qizchaga bir-biridan chiroyli,ixcham,guldor qutichalar berar,ularni hadeb to’ldirishi zarurligi haqida uqtirardi. Aksincha,Sabina o’zi bilmasdan ularni chuqur jarlikka otar edi,shunday qilib,jami yigirma to’rtta qutichalar jarlik tomon yo’l oldi. Uyg’ongach,bu tush ta’biriga qiziqdi va tush bo’lishiga qaramay oyisining sovg’alarini tashlab yuborgani uchun o’zini koyidi. Va malham izlagan bemordek,buvisining oldiga chopqillab chiqdi va dedi:
-Assalomu alaykum,buvijon! Buvijon,men sizdan bir narsa so’rasam maylimi?!
-Vaalaykum assalom,-dedi buvisi-So’rayver,oppog’im!
-Buvi,bugun men bir tush ko’rdim,-deya qizcha tushini aytib berdi va uning ma’nosini so’radi.Shunda buvisi kulib:
-Oppog’im,ko’zlaringga ko’z tegmasin,qo’g’irchog’im!Bu tushing ma’nosi shuki,onajoning sening bu munchoq ko’zlaringga bugunnning mo’jizalari zarar yetkazmasligini tayinlamoqchi.
Shunda Sabina buvisiga tushunmagandek qaragan edi,buvisi davom etdi:
-Qizalog’im,bu go’zal qutichalar sening har bir soating,uni isrof qilish yo go’zallik ila to’ldirish senga,harakatingga bog’liq.Bir kundagi yigirma to’rt soatingni onang senga qutichalar misolida beribdi.Shuningdek,bizni yaratgan zot ham bizga yaxshiliklar ila yashashimiz uchun har kuni yigirma to’rt soatni hadya etadi. Va biz buni bilishimiz,har bir daqiqamizning qadriga yeta bilishimiz lozim.
Buni eshitgan qizaloqning paxtadek oppoq,lo’ppi yuzlari uyatdan olmadek qizarib,nur sochar ko’zlari yoshdan yiltiradi,so’ngra sekingina buvisiga:
-Menga onam bergan qutichalarni ham,Xudoyim bergan daqiqalarni ham isrof qilmayman,endi!-dedi.
Download 11,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish