Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri: O‘zbekiston uchun xulosa va tavsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, AOKA, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil qilingan rasmiy telgeram kanali 2020 yil 2 aprel soat 20:40da e’lon qilingan “Oylik daromadsiz qolsangiz, jamg‘armangiz qancha vaqtga yetadi?” nomli so‘rovnomada 467000 dan ortiq (o‘zbek tilida 312000, rus tilida 155000)dan ortiq insonlar ishtirok etgan. Javob berganlarning 40 foizga yaqini “jamg‘armam yo‘q” deb javob bergan. Xulosa qilib aytganda, uzoq muddatli davrda iste’molni ta’minlash dolzarb vazifa ekanligi ko‘zga tashlanadi. Umuman olganda, 2019 yildan boshlab aholining sotib olish qobiliyatini oshirishga qaratilgan choralarning qo‘llanganligi, xususan, daromad solig‘i tushirilganligi o‘zining ijobiy tasdig‘ini topdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda epidemik holat natijasida aholining iste’moli ayrim xarajatlari vaqtinchalik qisqarishi natijasida aholi daromadlarining iste’mol muddatini oshirishga yordam berishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotni yanada liberallashtirilishiga qaratilgan islohotlar, 2020 yilgi Parlamentga Murojaatnomada ham ta’kidlab o‘tilganganidek, iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlaydigan eng muhim sohalarni rivojlantirilishi alohida ahamiyatga ega.
XULOSA
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq bo‘lib, ular hajmlarining o‘zgarishi baholarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’luqlidir. Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko‘lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo‘lmaydi. Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand- aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish uchun bazaviy model bo‘lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. Biz o’z oldimizga qo’ygan uzoq muddatli ulkan maqsadlar, ya’ni zamonoviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, halqimizning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallash vazifasi barchamizdan birdamlikni, bir yoqadan bosh chiqarib, o’zimizni talab etadi. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining navbatdagi to’lqini yevropada yuz berishi mumkinligi to’g’risidagi bashoratlar dunyo miqyosida yana kichik biznesni rivojlantirishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga kirita boshladi Hayotning turli soha va tizimlarini rivojlantirib, jamiyatni harakatga keltiradigan tadbirkorlik eng og’ir muammo – ishsizlikni hal etishda muhim rol’ o’ynashini ta’kidlashga hojat bo’lmasa kerak. Mutaxasislarning fikricha, kichik biznes yangi texnologiyalarni hayotga tadbiq etishda ham alohida faollik ko’rsatmoqda. Ma’lumki, tarixda ham, bugungi kunlarimizda ham tadbirkor va ishbilarmon insonlar har qanday davlatning tayanchi va suyanchi, har qanday jamiyatning ustuni bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda. Shu o’rinda XXI asrning 90-yillarida oyoqqa tura boshlagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tuzilmalari o’zining bardoshliligi bilan dunyoda yirik monopoliyalar hukmronligi to’g’risidagi qarashlarni chippakka chiqarayotganini alohida ta’kidlash joiz. Tan olish kerak: 90-yillarning o’rtalarida hatto AQShda ham kamida 20 kishidan iborat ish o’rni yaratgan kichik tadbirkorlik subyektlari jami yangi ish o’rinlarining 60 foizini tashkil etgan edi. Ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasida 25 million fuqaro ish bilan ta’minlangan bo’lsa, yirik korporatsiyalar, aksincha, 3 millionta ish o’rnini qisqartirishga majbo’r bo’ldi. 2008 yilda boshlangan va hali hanuz davom etayotgan global inqiroz sharoitida ham aynan yirik korxonalar 30 million ishchi-xizmatchini bo’shatgani dunyo miqyosida kichik va xususiy biznesga nisbatan munosabatning tubdan o’zgarayotganini anglatadi. 2020 yilda pandemiya sabab iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Yani yuqorida aholining qariyb 80% ishga yaroqli qismi karantin sabab uyda otirgani haqida aytib otildi. Jahon tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki, agarda tegishli chora tadbirlar korilmasa bu holat oz – ozida global iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonini [1]
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisi to’g’risida Axborot. Xalq so’zi gazetasi 5-dekabr 2009 yil.
Karimov I.A. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T”.: O’zbekiston, 2009 [3]
. Shodmonov “Iqtisodiyot nazariyasi” o’quv qo’llanma.Toshkent 2017 yil.
Gulbahor O’mirzoqova “Inqirozga qarshi kurash choralar ijrosini
ta’minlash” Milliy tiklanish gazetasi 22 aprel 2009 yil.
«XXI ASR» 2019yil 27 oktyabr.
“Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi- iqtisodiy harakatsizlik” Nodir Jumayev maqolasi 02.04.2020
Internet sayitlardan.
Stat.uz
Blogs.voanews.com
Amerikaovozi.com [2]
xs.uz
review.uz
dompelican.ru
bbc.com\uzbek
~ ~
Do'stlaringiz bilan baham: |