Yalpi talab- yalpi taklif modeli vositasida Jahon moliyaviy inqirozi taxlili Reja: Kirish


O’zbekistonda inqirozga qarshi choralar dasturining ishlab chiqilishi va uning ahamiyati



Download 471,43 Kb.
bet4/7
Sana23.06.2022
Hajmi471,43 Kb.
#697389
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yalpi talab- yalpi taklif modeli vositasida Jahon moliyaviy inqi

3.O’zbekistonda inqirozga qarshi choralar dasturining ishlab chiqilishi va uning ahamiyati
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, dunyo mamlakatlari va mintaqalari o’rtasida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy hamda ma’naviy-ruhiy hamkorlikning kuchayishi o’tgan asr 80-yillar o’rtalaridan boshlangan globallashuv jarayonlarining tobora keng quloch yoyib borishiga sabab bo’ldi. “Globalizatsiya” atamasi birinchi bo’lib 1983 yilda amerikalik iqtisodchi T.Levitt tomonidan qo’llanilgan bo’lib, mazkur atama 1990 yilda chop etilgan yapon olimi K.Omening “CHegarasiz dunyo” nomli kitobi orqali ilmiy jihatdan asoslandi va ommalashdi. Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi sharoitida mamlakatlarning jahon mehnat taqsimotidagi o’rnining hamda pirovardda dunyo kuchlari o’rtasidagi nisbatning muntazam o’zgarib borishiga turtki beradi. Globallashuv mamlakatlar va mintaqalar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish bilan bir qatorda, jahon bozorining to’yinish darajasini oshirib, bu o’z navbatida talab va taklif hajmi hamda tarkibi mutanosibligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin shunday bo’lsada,jahondagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning bugungi darajasida hech bir mamlakat bu jarayondan ayri holda rivojlanishi mumkin emas. Har bir mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qiyofasida bu jihat u yoki bu darajada namoyon bo’lishi shubhasizdir. 1991 yilda o’z mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan O’zbekiston ham xalqaro munosabatlarning teng huquqli va erkin sub’ekti sifatida global hamkorlikning faol ishtirokchisiga aylandi. Agar 1996 yilda mamlakat tashqi savdo aylanmasi hajmi 9311,3 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, bu 2006 yilga kelib 10785,7 mln., 2008 yilda esa 19077,0 mln. AQSH dollariga teng bo’lgan. Ko’rinib turibdiki, 1996-2008 yillar davomida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2 martadan ortiqqa yoki keyingi ikki yil ichida esa qariyb 1,8 martaga o’sgan. O’zbekistonning dunyo qit’alari bo’yicha eksport-import muomalalarining tarkibini kuzatadigan bo’lsak, eksportda Yevropa mamlakatlarining ulushi o’rtacha 63,8, Osiyo qit’asi – 32,5, Afrika – 0,2, Amerika – 3,5 foizni, importda esa Yevropa – 53,7 foizni, Osiyo – 36,3, Afrika – 0,2, Amerika – 9,6, Avstraliya va Okeaniya – 0,2 foizni tashkil etadi1. O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ayniqsa Osiyo mamlakatlari bilan jadal rivojlanib borayotganligi diqqatga sazavordir. O’tgan yillar ichida O’zbekiston ko’plab xalqaro tashkilotlar va ularga a’zo mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ydi. Yevropa Ittifoqi (EI), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Yevropa erkin savdo uyushmasi (EESU), Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) shular jumlasidandir. CHunonchi, respublikaning IHTTga a’zo mamlakatlar bilan eksport aloqalari hajmi qariyb 8,5 foizga, IHT mamlakatlari bilan 4 martaga, OPEK mamlakatlari bilan esa 13,7 martaga oshgan2. Bundan tashqari O’zbekiston Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi o’nlab xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. O’zbekiston Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining ta’sischilaridan biridir. O’zbekistonning xalqaro aloqalari faqat moliyaviy-iqtisodiy yo’nalishlar bilan cheklanib qolmasdan, jahonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, dunyo xalqlari o’rtasida ijtimoiy-madaniy hamkorlikni rivojlantirish, global ekologik muammolarni bartaraf etish borasida eng faol mamlakatlardan biri hisoblanadi. O’zbekiston tashabbuskorligi va faolligida 90-yillar o’rtalarida Afg’onistondagi fuqarolar urushiga barham berish yo’lidagi “6+2” Toshkent konferentsiyasining, Orolbo’yi muammolariga bag’ishlangan qator anjumanlarning o’tkazilishi, mintaqada xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish yo’lidagi SHanxay Hamkorlik Tashkilotining (SHHT) tashkil etilishi ana shular jumlasidandir. Keltirilgan ushbu mulohazalar O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga yuqori darajadagi integratsiyalashuvini yaqqol ko’rsatib beradi. Biroq, jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvning bunday yuqori darajasi nafaqat ijobiy natijalar va muvaffaqiyatlarni, balki shu bilan birga 2008 yilda AQSHda boshlanib, butun dunyoga keng tarqalgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning O’zbekiston iqtisodiyotini chetlab o’tmasligini ham anglatadi. Buni birinchi Prezidenti o’zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarida “... tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”, - deya ta’kidlab o’tadi1. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekistonda ta’siri ayniqsa quyidagi yo’nalishlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. CHunonchi Birinchidan, jahon bozorida talabning keskin va izchil pasayishi oqibatida narxlarning tushib ketishi eksportga ixtisoslashgan korxonalar barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti o’z kitobida shunday yozadi: “Global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi. Jahon bozorida talabning keskin pasayib borishi oqibatida O’zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neftь mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi”1. Buni mamlakat tashqi savdo aylanmasi yillik o’sish sur’atining 2007 yildagi 127,4 foizdan 2008 yilda 121,4 foizga, jumladan, eksport o’sish sur’atining mos ravishdagi 140,7 foizdan 128,7 foizga pasayganligida ko’rish mumkin. Ikkinchidan, inqirozli sharoitlar uchun xos bo’lgan xususiyat, ya’ni, uzoq muddatli iste’mol qilinadigan tovarlarga bo’lgan talabning pasayishi ichki bozor uchun ham taalluqli bo’lib, bu o’z navbatida iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari hisoblangan – avtomobilsozlik, mashinasozlik va metallga ishlov berish, elektrotexnika, kimyo kabi sanoat tarmoqlarida iqtisodiy o’sish sur’atlarining sezilarli darajada susayishiga sabab bo’lgan. CHunonchi, o’tgan 2007-2008 yillarda avtomobilsozlik sanoatida garchi iqtisodiy o’sishga erishilgan bo’lsada, uning sur’atlari yengil avtomashinalar ishlab chiqarishda 7,5 foizga, avtobuslar ishlab chiqarishda 87,0, avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishda 1,1 foizga pasaygan. Maishiy elektrotexnika tarmog’ida muzlatgichlar ishlab chiqarish hajmi 2007 yildagi 10774 donadan 6218 donaga yoki 57,7 foizga kamaygan. Uchinchidan, iqtisodiy tebranishlar nazariyasiga ko’ra, inqiroz sharoitida investitsion faollik darajasi va ko’lami qisqarashga moyillik sezadi. Bu bir tomondan yalpi talabning qisqarishi evaziga sodir bo’lsa, ikkinchi tomondan, bozorda tavakkalchilik xavfining o’sishi bilan izohlanadi. Garchi 2008 yilda mamlakat iqtisodiyotiga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi 2007 yilga nisbatan sezilarli darajada o’sgan bo’lsada (2007 yilga nisbatan 128,3 foiz), 2009 yilning birinchi choragida o’tgan yilning shu davriga mos ravishda jalb qilingan investitsiyalar hajmining o’sish sur’ati 107,0 foizga susaygan. Umuman olganda o’sish sur’atlaridagi pasayish mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmida 109,5 foizdan 109,0 foizga, qurilishda 115,7 foizdan 108,3 foizga, transportda 113,5 foizdan 110,2 foizga, savdo tizimida esa 121,0 foizdan 107,2 foiga pasaygan. Qolaversa, 2007-2008 yillarda mamlakatda inflyatsiya sur’ati 6,8 foizdan 7,8 foizga o’sgani holda, iqtisodiyot bo’yicha o’rtacha ish haqining o’sish sur’ati 44,2 foizdan 40 foizga, ahoi jon boshiga real daromadlarning o’sish sur’ati esa 27,0 foizdan 23,0 foizga pasaygan. SHu o’rinda ta’kidlash joizki, garchi global inqiroz mamlakatimiz iqtisodiyotiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan bo’lsada, bu dunyoning ko’plab mamlakatlari, shu jumladan, ayrim qo’shni mamlakatlarga nisbatan yengil va og’ir oqibatlarsiz kechdi, deyishga yetarli asos bor. B.Xodiev, A.Bekmurodov, U.G’ofurov va B.To’xlievlar o’zlarining “O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma”sida jahon moliyaviy inqirozining O’zbekistonga ta’sirining jiddiy bo’lmaganligini quyidagi bir qator omillar asosida izohlaydilar:
- islohotlar avvalboshidanoq bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish yo’lining tanlanganligi;
- o’tish davri sharoitida davlatning bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olganligi;
- moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi hamda iqtisodiyot real sektor tarmoqlarining barqaror va izchil rivojlanishiga erishish yo’lida mustahkam zahiralar tizimining yaratilganligi;
- tashqi qarzdorlik siyosatining oqilonalik va to’lovga qodirlik salohiyati bilan mutanosiblikda tashkil etilganligi;
- aholini ijtimoiy himoya qilish mukammal tizimining ishlab chiqilganligi, aholi daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish, iste’mol bozorlarida narxlarning asossiz ravishda o’sishiga qarshi qaratilgan majmuaviy choratadbirlarning amalga oshirilib kelinganligi;
- bank-kredit tizimini tartibga solish va rivojlantirishning kuchli va qat’iy pul-kredit siyosatiga asoslanganligi hamda pirovardda bank tizimining kuchli himoya mexanizmi shakllanganligi va boshq. O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida mutlaqo yangi munosabatlarga asoslangan va yangicha qiyofadagi fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida dalil bormoqda. Albatta bu yangicha munosabat va qiyofa aslida hayotimizga, azaliy qarashlarimizga begona emas. Ongimizda mustaqillik tushunchasi, tafakkuri kecha yoki yaqin tarixda shakllanmagan. Lekin mustaqillik kishilar dunyoqarashida o’ziga ishonch, ertangi kunga umid bilan qarash, milliy g’urur, bunyodkorlik va yaratuvchanlik ruhiyatini shakllantirdi. “Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va faravon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz”2. Jamiyat hayotini yangilash yo’lida o’tgan yillar davomida izchil amalga oshirilib kelinayotgan keng qamrovli islohotlarning 2008 yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida nechog’lik asosli va to’g’ri ekanligi amalda o’z isbotini topdi. Albatta, bu borada masalaga faqat O’zbekiston nuqtai nazaridan qarash noo’rin bo’lur edi. CHunki, “jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko’riladigan zararning darajasi va ko’lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog’liqligi” bu boradagi birlamchi shartdir. O’tgan davr mobaynida O’zbekistonda amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar milliy iqtisodiyotda ana shunday qulay va barqaror mexanizmni shakllantirish imkonini berdi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti o’sish sur’atining keyingi 5 yil davomida o’rtacha 8,1 foiz, xususan, 2007-2008 yillarda esa o’rtacha 9 foizdan ortiqni tashkil etganligi buning yaqqol namunasidir. Garchi “... 2008 yil biz uchun, birinchi navbatda mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g’oyat murakkab va og’ir” bo’lishiga qaramay, milliy iqtisodiyotning asosiy parametrlari bo’yicha erishilgan natijalar O’zbekistonning bugungi global moliyaviy inqiroz salbiy ta’siriga yetarli darajada bardoshligini ko’rsatdi. Xususan, sanoat ishlab chiqarishidagi o’sish sur’atlari keyingi o’n yil ichida eng yuqori darajani, ya’ni 12,7 foizni tashkil etdi. O’tgan yili asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi mutloq raqamlarda 8483,7 mlrd. so’mni tashkil etib, bu 2007 yilga nisbatan 128,3 foizga ortiq bo’ldi. vaholanki, bu 2006 yilda 109,3, 2005 yilda 105,7 foizga teng bo’lgan. Agar inqirozni bartaraf etish bilan bog’liq tadbirlar va unga ta’sir etuvchi omillar tizimida investitsiyalar o’rnining nechog’lik yuqori ekanligiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, O’zbekiston iqtisodiyoti bu masalada o’zining kutilgan darajadagi yechimiga erishgan, deyish mumkin. CHunonchi, Rossiyaning taniqli FBK konsalting kompaniyasi tomonidan MDH mamlakatlarida ishlab chiqilgan inqirozga qarshi dasturlar samaradorligi bo’yicha e’lon qilgan tahliliy ma’lumotda barcha parametrlar bo’yicha O’zbekiston birinchi o’rinni egallab, 2009 yilning birinchi choragida YaIMning o’sishi 8,0 foizni tashkil etganligi, ikkinchi o’rin esa Ozarbayjonga tegishli bo’lib, ushbu mamlakatda YaIMning o’sish sur’ati 4,0 foizga teng bo’lganligi, Qozog’istonda YaIM hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 5,0 foizga, Rossiya va Armanistonda esa qariyb 10,0 foizga pasayganligi ta’kidlanadi. Eng past ko’rsatkich Ukraina va Modovaga tegishli bo’lib, ushbu mamlakatlarda hanuzga qadar tizimli inqirozni bartaraf etish dasturlari ishlab chiqilmaganligi ko’rsatiladi1. Dunyoning qator mamlakatlarida aholi real daromadlarining keskin pasayishi va ishsizlik darajasining shiddat bilan o’sishi keng kuzatilayotgan bir sharoitda, O’zbekistonda “2008 yilda o’rtacha ish haqi byudjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butun iqtisodiyot bo’yicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada o’rtacha ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo’ldi. Aholining real daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz ko’paydi”2. Yuqori iqtisodiy o’sish, chunonchi, yalpi ichki mahsulotning 9,0 foizga o’sishi sharoitida inflyatsiya sur’atining 7,8 foizni tashkil etishi tabiiy. Ma’lumki, inflyatsiya garchi pulning real xarid qobiliyatiga putur yetkazsada, unin muayyan darajasi iqtisodiyotda ishlab chiqarishni, ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirishning eng ta’sirchan omillaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalar tizimidagi erishgan eng katta yutuqlaridan biri – bu “... tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o’sishi hisobiga sifat jihatdan” takomillashib borayotganligidir. Bu so’nggi o’n yillikda jahon iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o’sishiga erishishida aynan Osiyo mamlakatlari hissasi yuqori ekanligi bilan izohlanadi. Inqiroz ta’sirini yumshatish va jahon bozorida yangi marralarga erishish borasida mavjud imkoniyatlarimizdan yana biri – keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik-texnologik jihatdan yangilash hamda diversifikatsiya qilish jarayonlarining izchil amalga oshirilib kelinayotganligidir. 2008 yilda “o’zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo’naltirilganligi” buning yaqqol dalilidir1. Bundan tashqari birinchi Prezidentining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli kitobida ilgari surilgan inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo’limlari – belgilangan kompleks chora-tadbirlar zamirini tashkil etuvchi beshta asosiy vazifa pirovardda iqtisodiyotda sog’lom hamda barqaror investitsion va tadbirkorlik muhitini qaror toptirishga munosib xizmat qilmoqda. Buni bugungi milliy taraqqiyotimiz darajasi va aholining turmush sifati tobora o’sib borayotganligi yaqqol ko’rsatib bermoqda



Download 471,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish