Yalpi ichki mahsulot (yim)


DAVRLAR BO'YICHA YIM TAQQOSI



Download 80,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.03.2022
Hajmi80,15 Kb.
#498877
1   2   3
Bog'liq
gross-domestic-product-uz

DAVRLAR BO'YICHA YIM TAQQOSI
YIMni davrlar bo'yicha taqqoslaganda umumiy narx darajasining o'zgarishini hisobga


3
olish lozim. Nominal YIM miqdori ikki sababga ko'ra o'sishi mumkin: (1) umumiy narx
darajasining o'sishi hamda (2) tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmininig o'sishi. Faqat
ikkinchi holatdagina turmush darajasi ko'tariladi. Shu sababli nominal YIM narxlarning o'sishi
yoki tovar va xizmatlar ishlab chiqarish miqdorining oshishi natijasida o'zgarganligini farqlash
lozim.
Nominal YIMga umumiy narx darajasi o'sishi ta'sirini hisobga olish uchun iqtisodchilar
narx indeksi, YIM deflyatoridan foydalanadilar. YIM deflyatori umumiy narx darajasining
bazis yilga (bazis yil uchun u 100 ga teng) nisbatan o'zgarishini o'lchaydi. Narxlar bazis yilga
nisbatan oshsa, YIM deflyatori ham shunga mutanosib ravishda oshadi. YIM deflyatori
nominal YIM bilan birgalikda real YIMni hisoblashda qo'llaniladi. Real YIM o'zgarmas xarid
qobiliyiatini aks ettiruvchi doimiy narxlarda o'lchanadi. Real YIM nominal YIMdan farqli
o'laroq umumiy narx darajasi o'sishini hisobga olmaydi. Berilgan davr (t) uchun real YIM
bazis yili narxlarida quyidagiga teng:
Agar joriy yilda narx darajasi bazis yildagiga nisbatan balandroq bo'lsa, o'ng tomondagi
nisbat (100/YIM deflyatori) birdan past bo'ladi. Natijada joriy yilning balandroq narxlarida
hisoblangan YIMning nominal ko'rsatkichi bazis yildagi narxlar darajasiga moslashtiriladi.
AQSHda 2005 va 2009-yillardagi YIM ko'rsatkichlarini ko'rib chiqaylik. 2009-yilda AQSHda
nominal YIM 14256 milliard dollarga, 2005-yilda esa 12638 milliard dollarga teng bo'lgan.
Demak, nominal YIM 2009-yilda 2005-yilga nisbatan 12,8 foizga yuqori bo'lgan. Biroq, bu
o'sishning katta qismi real ishlab chiqarish hajmining o'sishini emas, balki inflyatsiyani aks
ettiradi. YIM deflyatori narx indeksi bo'lib, u YIMga kirgan barcha tovarlar qiymatining
o'zgarishini aks ettiradi. U 2005-bazis yilida 100,0 dan 2009-yilda 109,7702 gacha o'sdi. Bu
narxlar 2005 va 2009-yillar oralig'ida qariyb 9,8 foizga (109,7702 - 100 ≈ 9,8%) oshganini
ko'rsatadi. 2009-yilgi real YIMni hisoblash uchun 2009-yilgi nominal YIMni umumiy narxlar
darajasining 2005-yilga nisbatan o'sgan miqdoriga deflyatsiya qilish kerak. Yuqoridagi
tenglamaga asosan, 14256,3 milliard dollar miqdoridagi 2009-yilgi nominal YIM birinchi 100


4
ga ko'paytirilib, keyin 109,7702 ga teng YIM deflyatoriga bo'linadi. Shunda real YIM 12987,4
milliard dollarga teng bo'lib [(14256,3*100)/109,7702], u 2005-yilga nisbatan atigi 2,8 foizga
ko'proqdir. Demak, garchi nominal YIM 12,8 foizga o'sgan bo'lsada, real YIM bor-yo'g'i 2,8
foizga o'sgan xolos.
Turli davrlar bo'yicha YIMni taqqoslaganda nominal YIM emas, balki real YIMdan
foydalanish lozim. Real YIM umumiy narxlar darajasidagi o'zgarishlarni hisobga olmay, faqat
ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar miqdoridagi o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Shu sababli
real YIM ko'rsatkichlarini taqqoslash o'rinlidir.
Bundan tashqari, turmush darajasining o'zgarishini tahlil qilish uchun jon boshiga
YIMdan foydalanish lozim. Jon boshiga YIM miqdorining oshishi kishi boshiga tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish miqdori ortganini bildiradi. Jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish
miqdorini ko'paytirmasdan turmush darajasini yaxshilashning ehtimoli kam.
Qo'shma Shtatlarida Savdo vazirligi qoshidagi Iqtisodiy tahlillar byurosi [Bureau of
Economic Analysis] har chorak YIM hajmini hisoblab, ushbu ko'rsatkichlar yordamida AQSH
iqtisodiyotining umumiy holati to'g'risida ma'lumot beradi. Mazkur byuro davlat mulozimlari,
tadbirkorlar va xususiy shaxslar qarorlariga ta'sir etuvchi iqtisodiy-statistik ma'lumotlarni
ishlab chiqaradi. http://www.bea.gov/index.htm veb-saytida berilgan statistik ma'lumotlar
AQSH iqtisodiyotining hozirgi kundagi ahvolini atroflicha yoritadi.

Download 80,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish