Yakuniy tovarlar va xizmrtlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi yaimga qoʻshilmaydi



Download 0,58 Mb.
bet29/29
Sana13.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#786782
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Makro variantlar (2)

Билет 25.



  1. Ишсизликнинг қандай турлари мавжуд? Ишсизлик даражаси қандай аниқланади?

  2. ЯИМни харажатлар бўйича ҳисоблашда қўлланиладиган компонентлар таркибини санабўтинг
  3. AD-AS моделига умумий тавсиф. Ялпи талаб тушунчаси ваграфиги





  1. 1.Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir. Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (foiz hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100 Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi.22 Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi.

Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish strukturasining o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o‘zgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o‘zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo‘lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo‘ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi. Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi. To‘la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo‘lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini tushunamiz. Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi. To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi.23 Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish qidirib yurgan ishsizlarga bo‘linadi.

  1. YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash. Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o‘zaro qo‘shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (C): a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga; b) kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga; v) iste’mol xizmatlari to‘loviga. Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga; b) korxonalar, inshootlar, turar-joy binolarini qurishga sarflangan; v) tovar zaxiralari o‘rtasidagi farqlar yoki zaxiralarning o‘zgarishi.

Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G). Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yo‘llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalaridato‘lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to‘lovlari kiritilmaydi.14 Sof eksport (Xn): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi farq. YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin: YaIM = C + I + G + Xn

  1. Harqandaybozordavaziyattalabvataklifo‘rtasidaginisbatgabog‘liqbo‘lib, ularhajmlariningo‘zgarishibaholarningo‘zgarishinikeltiribchiqaradi. Baholarning o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’luqlidir. Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko‘lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo‘lmaydi. Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS aggregate demand-aggregate supply) modelidan foydalanamiz. Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.57 Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish uchun bazaviy model bo‘lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin. Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig‘indisidir. Formula ko‘rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin

AD = C + I + G + Xn. Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi.58 Buni chizma ko‘rinishida tasvirlash mumkin
Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish