3.Hukumatlar va avtonom xarajatlar
Davlat xarajatlarining katta qismi avtonom xarajatlar sifatiga kiradi. Buning sababi shundaki, xarajatlar ko'pincha millatning samarali ishlashi bilan bog'liq bo'lib, minimal xarajatlarni ta'minlash uchun ba'zi xarajatlarni talab qiladi.
Avtonom xarajatlarga ta'sir qiluvchi omillar
Texnik jihatdan avtonom xarajatlarga tashqi omillar ta'sir qilmaydi. Biroq, aslida, avtonom xarajatlarga bir nechta omillar ta'sir qilishi mumkin. Masalan, foiz stavkalari iqtisodiyotdagi iste'molga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Yuqori foiz stavkalari iste'molni kamaytirishi mumkin, past foiz stavkalari esa uni kuchaytirishi mumkin. O'z navbatida, bu iqtisodiyot ichidagi xarajatlarga ta'sir qiladi.
Mamlakatlar o'rtasidagi savdo siyosati o'z fuqarolari tomonidan amalga oshiriladigan avtonom xarajatlarga ham ta'sir qilishi mumkin. Agar arzon tovarlarni ishlab chiqaruvchi eksportga bojlarni yuklasa, u holda tashqi geografiyalar uchun tayyor mahsulotlar qimmatroq bo'ladi. Hukumatlar, shuningdek, soliqlar orqali shaxsning avtonom xarajatlari ustidan nazorat o'rnatishi mumkin. Agar asosiy maishiy tovarga soliq solinadigan bo'lsa va uning o'rnini bosadigan narsa topilmasa, u holda unga tegishli avtonom xarajatlar kamayishi mumkin.
Avtonom xarajatlarga misollar
Shaxsiy daromad yoki soliqqa tortish daromadi sifatida hisoblanishi mumkin bo'lgan daromad darajalaridan mustaqil deb hisoblanadigan ba'zi xarajatlar sinflari davlat xarajatlari, investitsiyalar, eksport va oziq-ovqat va boshpana kabi asosiy yashash xarajatlari hisoblanadi.
Билет 24.
Ишсизлик тушунчаси ва ишсизлик даражасинингўлчаниши
Инфляция ва ишсизлик ўртасидагибоғликлик. Филлипс эгричизиғи Пулга талабнинг кейнсча назариясининг моҳияти нимада ва классик назариядан нимаси билан фарққилади?
1.Iqtisodiyotningbeqarorrivojlanishioqibatida, iqtisodiypasayishdavridaishlabchiqarishresurslarito‘liqfoydalanilmayqoladi. YaIMniyaratishdaqatnashadiganiqtisodiyresurslarningengasosiylaridanbiribo‘lganmehnatresurslaridanto‘liqfoydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo‘ladi. Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko‘proq foydalaniladi. Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.21 Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo‘lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo‘lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi. Ishsizlar – bu, ishchi
kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi.24 Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaIMning pastroq darajasi o‘z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi. Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi.25 Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
YuZ= -2,5[ u –u*]
Bu yerda: u* – ishsizlikning tabiiy darajasi; u – ishsizlikning haqiqiy darajasi. YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini umumlashtirib quyidagi formulani olamiz: Yh – Yp ------------- 100 = - β[ u –u*] Yp Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog‘liqlikning teskari jihatiga e’tibor qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya’ni dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek, bu paytda aholi sonining ko‘payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yuqori bo‘lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak, 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi kerak.
2.
Iqtisodiyot o‘z rivojlanishida potensial darajaga yaqinlashgan shariotda yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflatsiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo‘linadi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflatsiya darajalari o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham baholar darajasinining ko‘tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflatsiyasi ro‘y beradi. Ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig‘i (11.1 - rasm) deb ataladi.
Fillips egri chizig‘i ishsizlik va inflatsiya darajalari o‘rtasidagi teskari bog‘lig‘likni xarakterlaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining xususiyatiga ko‘ra, shuningdek, inflatsiyaning qaysi turi mavjudligiga qarab Fillips egri chizig‘idagi inflatsiya va ishsizlik darajalarining kombinatsiyasi farq qilishi mumkin. Bunday tanlov kutilayotgan inflatsiyaning sur’atiga bog‘liq. Kutilayotgan inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa ishsizlikning har qanday darajasida (sur’ati past bo‘lgan inflatsiya darajasiga nisbatan) haqiqiy inflatsiya darajasi yuqori bo‘ladi. Ishsizlik darajasi va inflatsiya sur’atining maqbul miqdorlari quyidagi formula ko‘rinishida tasvirlanishi mumkin:
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko‘rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko‘rsatadi: 1. transaksion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); 2. ehtiyotkorlik sababli (ko‘zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd pullarni saqlash); 3.spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko‘tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o‘z navbatida, naqd pul zaxiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko‘rsatadiki pulga bo‘lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog‘liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo‘lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo‘lda ushlab turgan sharoitda yo‘qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo‘lda ushlab turish miqdori ham pul zaxiralariga talab miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi. Real pul zaxiralariga talab funksiyasini quyidagi ko‘rinishda yozamiz: M/P = f(R) Bu tenglama ko‘rsatayaptiki, pulga bo‘lgan talab miqdori foiz stavkasi funksiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zaxiralari miqdoriga talab teskari bog‘liklikka ega ekanligi ko‘rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini ko‘rsatadi Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) daromadlar darajasi; 2) pulning aylanish tezligi; 3) foiz stavkasi. Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog‘lasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog‘liq deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |