Yakuniy Nazorat Oralig’i
Test (42-72)
42 Quyida keltirilgan fikrlardan qaysi biri tabiiy tajriba metodiga taalluqli?
A zarur sharoit ataylab vujudga keltiriladi
B o’rganilishi lozim bo’lgan holatning ro’y berishi kutib turiladi
C tekshirish maxsus xonada olib boriladi
D o’rganish tarixiy manbalarga asoslanadi
43 Asalari va chumolilarning murakkab xatti-harakatlarini nima deb atash mumkin?
A instinktlar
B kunikmalar
C intellektual harakatlar
D mehnat
44 O’quvchi darsda o’z diqqatini avval o’qituvchiga, so’ng doskaga, keyin daftarga va yana o’qituvchiga qaratadi. Bu yerda diqqatning qaysi xarakterli xususiyati namoyon bo’ladi?
A ko’chishi
B ko’lami
C taqsimlanish
D barqarorligi
45 Faoliyat deganda nimani tushunasiz?
A anglangan maqsad asosida boshqariladigan jismoniy va ruhiy faollik
B shaxs faolligi
C inson xatti-harakatlari yig’indisi
D ehtiyojlarning qondirilishi
46 Faoliyatda motiv qanday vazifani bajaradi?
A undovchilik va shaxsiy mazmun berish
B signallik va aks ettirish
C ekspressiv (ifodalash) va signallik
D maqsadga yo’naltirish va aks ettirish
47 Nutqning buzilishi nima deb ataladi?
A afaziya
B amneziya
C agrafiya
D apraksiya
48 Shaxsning yo’naltirilganligi nima?
A barqaror motivlar yig’indisi
B psixologik tuzilma
C shaxsning tarkibiy qismi
D shaxsning barqaror xususiyati
49 Ixtiyorsiz diqqatning fiziologik asosini nima tashkil etadi?
A oriyentirovka refleksi
B shartli refleks
C shartsiz refleks
D. dominanta tamoyili
50 Ochlikni, chanqashni, ko’ngil ozishini sezish qaysi sezgi turiga taalluqli?
A organik sezgi
B teri sezgisi
C tuyish sezgisi
D ta’m bilish sezgisi
51 Butun mavjudotlarning, shu jumladan iison tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayotiniturli shaklda tasavvur qilgan grek faylasufi kim?
A Fales
B Demokrit
C Anaksimen
D. Geraqlit
52 Mashhur “Bosh miya reflekslari” asarining muallifi kim?
A I.Sechenov
B Djon Lokk
C Dekart D I.Pavlov
53 Kishilar xotirasidagi farq asosan xotira kuchida ifodalanadi. Quyidagi xotira tipining eng kuchlisi qaysi?
A tez esda qoldirib, sekin unutish
B tez esda qoldirib, tez unutish
C sekin esda qoldirib, sekin unutish
D sekin esda qoldirib, tez unutish
54 Xotira buzilishi nima deb ataladi?
A amneziya
B afaziya
C abuliya
D aleksiya
55 Bog’cha yoshidagi bola o’ziga berilgan qo’g’irchoqni buzib, bo’laklarga ajratib ko’ra boshladi. Bu holat tafakkurning qaysi jarayoniga tegishli?
A tahlil
B umumlashtirish
C Taqqoslash
D sintez
56 Tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o’xshash muhim belgilarini bitta tushuncha qilib, fikran birlashtirish tafakkurning qaysi jarayoniga taalluqli?
A Umumlashtirish
B tahlil va sintez
C Taqqoslash
D abstraksiyalashtirish
57 Shimoliy muz okeani muzlik bilan qoplangan, u yerda oq ayiqlar va tyulenlar “yashaydi”. O’quvchining bu xayoli uning qaysi turiga taalluqli?
A tasavvur xayoli
B ijodiy xayol
C ixtiyorsiz xayol
D ixtiyoriy xayol
58 Xalq ertaklaridagi suv parisi, bulbuligo’yo, kentavr, sfinks kabi obrazlarning yaratilishi qaysi xayol jarayoniga taalluqli?
A agglyutinasiya
B aksentirovka (bo’rttirish)
C kattalashtirish (giperbolizasiya)
D tipiklashtirish
59 Hayvonlarda hissiyotning qaysi shakli mavjud?
A emosiya
B Stress
C Kayfiyat
D Affekt
60 Nihoyatda tez o’tishi, odamni tez egallab olishi, harakatlarni irodaviy nazorat qilishning buzilishida namoyon bo’ladigan hissiy holat?
A affekt
B stress
C hissiy ton
D kayfiyat;
61 Quyida keltirilgan fikrlardan qaysi biri temperament mohiyatini to’liq aks ettiradi?
A temperament-hissiyotning qo’zg’alish tezligida, umumiy harakatchanlikda va asab tizimining kuchida namoyon bo’ladi
B temperament kishining tana tuzilishiga (konstitusiyasi) bog’liq
C temperament-organizmdagi suyuqliklarning o’zaro nisbatidir
D temperament-tug’ma, o’zgarmas psixologik xususiyat
62 Temperament terminiga kim birinchi bo’lib asos solgan?
A Gippokrat
B Aristotel
C I.Pavlov
D Galen
63 Akademik I.Pavlovning nerv tizimi haqidagi ta’limoti bo’yicha, kuchli, muvozanatli, sust kishi temperamentning qaysi tipiga to’g’ri keladi?
A flegmatik
B melanxolik
C Sangvinik
D Xolerik
64 Antik davr psixologiyasidagi materialism oqimining namoyondalari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A Fales, Anaksimen, Demokrit
B Arastu, Aflotun, Demokrit
C Fales, Anaksimen, Aflotun
D Suqrot. Geraklit, Fales
65 “Affekt” so’zi qanday ma’noni bildiradi?
A kuchli hayajon
B xavotirlanish
C xavotirlanish
D jazavaga tushish
66 Qiyin vaziyatlarda hayoti uchun xavf tug’diradigan sharoitlarda qaror qabul qila olish shaxsning qanday irodaviy sifatiga bog’liq?
A dadillik
B qat’iyatlilik
C o’zini tuta bilish
D mustaqillik
67 “Temperament” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A aralashma nisbat
B individual xususiyat
C suyuqlik;
D tana tuzilishi
68 Qobiliyatlar rivojlanishining eng yuqori darajasi, bu:………
A Daholik
B iqtidor
C iste’dod
D. Mahorat
69 O’quvchining temperamentini aniqlash uchun ko’proq qaysi jihatlarga e’tibor beriladi?
A faolligi, emosionalligi, motorikaning xususiyatlari
B intizomiga, o’qishiga, qiziqishiga
C kuchiga, xarakatiga, bilimiga
D yoshiga, individual xolatiga, vaziyatiga, intilishiga
70 Aql-idrok, jasorat va orzu-istak kabi qismlardan iborat bo’lib, ular tananing turli qismlariga joylashgan. Bu fikr quyidagi faylasuflarning qaysi biriga taalluqli?
A Aflotun
B Demokrit
C Geraklit
D Arastu
71 Refleks nima?
A organizmning ichki va tashqi muhit ta’siriga asab tizimi orqali beradigan javob reaksiyasi
B organizmning javob reaksiyasi
C bu insonga xos aks ettirish usuli
D aks ettirish
72 Jon olovsimon atomdan iborat, degan fikr kim tomonidan aytilgan?
A Demokrit
B Epikur
C Galen
D Geraklit
Do'stlaringiz bilan baham: |