Ish haqidan ushlanmalarning turlari va uni ushlash tartibi
javobi bor 1-variant 2- savol
Kassa muomalalarini hisobga olish va kassir hisoboti
javobi bor 5-variant 3- savol
davomi
Kassir kassa kirim va chiqim orderlari asosida kassa daftarini yuritadi, unda tashkilotning barcha kelib tushgan va berilgan naqd pullari hisobga olinadi. Kassa daftaridagi varaqlar oldindan raqamlangan, tikilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan (korxonada muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘lishi lozim. So‘nggi varaqda varaqlar soni, rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatiladi va rahbar hamda bosh buxgalter imzosi qo‘yiladi. Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida 2 nusxada yoziladi. Bunda varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi, qirqiladigan ikkinchi nusxasi esa kassirning hisoboti hisoblanadi. Varaqlarning ikkala nusxasi bir xil raqam bilan raqamlanadi
Korxonada 5 kunlik (40 soatlik) ish haftasi belgilangan. K.Rasulovning ish haqi oyiga 1 000 000 so‘mni tashkil etadi. 2017 yil martida unga, maoshdan tashqari, loyiha ustida muvaffaqiyatli ishlagani uchun 200 000 so‘m mukofot to‘lashdi. Ishlab chiqarish zarurati munosabati bilan rahbariyatning farmoyishiga ko‘ra K.Rasulov bayram kunlari - 8 va 21 martda ishlagan. Bir oyda u 22 kun ishlagan. Muomalalarni provodkalarda aks ettiring. Qo‘liga tegadigan summani aniqlang.