Yakuniy biznes. 1-Savol. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi deganda nimani tushunasiz?


-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish



Download 102,59 Kb.
bet17/55
Sana21.05.2022
Hajmi102,59 Kb.
#605911
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
Yakuniy biznes nazariy savollar.

29-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
talabgorning litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy hamda texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoxud boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan quyidagi hollarda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmaganda.
Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi va ikkinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjud bo‘lsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek talabgor ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Vakolatli organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek litsenziyalarni hamda ruxsat etish xususiyatiga ega o‘zga hujjatlarni olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam ko‘rsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorlar taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.
Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati to‘xtatib turiladi.
Hujjatlar xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda maxsus elektron tizim vositasida elektron shaklda yuboriladi. Talabgorlar rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi elektron xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Talabgor litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish yoxud uni berishni rad etish talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan oshmaydigan muddatda vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Talabgorlarning arizalarini takroran ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organlar tomonidan talabgorga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi mustasno.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin talabgor tomonidan berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Talabgor litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish rad etilganligi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan ushbu Qonunning 7-bobida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Download 102,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish