22-Savol.
Kimlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo`lishlari mumkin?
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-son yangi tahrirdagi qonunning 4-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Biroq davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emas. Tadbirkorlik huquqi subyektiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, o‘zining mulkiga, tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga ega bo‘lgan, o‘z faoliyati yuzasidan mustaqil daʼvogar va javobgar bo‘la oladigan va o‘zining huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan (yuridik shaxs maqomini olgan), turli mulk shakllariga mansub korxona va ularning tuzilmalari hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi – yakka tadbirkor maqomiga ega bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, tadbirkorlik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etayotgan davlat va uning vakolatli idoralari hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilar tadbirkorlik huquqi subyektlarining o‘ziga xos belgilari: davlat roʻyxatidan o‘tish; muayyan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun, albatta, ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lish; o‘zining mol-mulkiga ega bo‘lish; tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga ega bo‘lish; o‘zining mol-mulki doirasida mustaqil javobgarlik; o‘zining buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish imkoniyatiga ega ekanlik.
23-Savol.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxs tadbirkor hisoblanadimi? Fikringizni asoslantirib bering
O’zini-o’zi band qilgan shaxs tadbirkor hisoblanmaydi, chunki biz bilamizki, tadbirkorlik subyekti bo’lishi uchun tegishli tartibda davlat ro’yxatidan o’tgan jismoniy va yuridik shaxslar tadbirkor bo’la oladi. O’zini-o’zi band qilgan shaxs esa, TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA O‘ZINI O‘ZI BAND QILISHNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNI SODDALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Belgilab qo’yilganki, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish xabar berish tartibida o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bergan holda maxsus mobil ilova yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi hamda vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini berish tartibi bekor qilinadi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to‘laydi hamda ushbu summa to‘liqligicha budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi va undan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanadi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilarni jalb qila olmasligi hamda ish beruvchiga ega bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi talab saqlanib qoladi.
Ushbu Prezident qarorida o’zini-o’zi band qilgan shaxslar shug’ullanishi mumkin bo’lgan faoliyat turlari ko’rsatib o’tilgan. Undan boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullanishi uchun tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |