Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi



Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/134
Sana14.04.2022
Hajmi7,14 Mb.
#549922
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134
Bog'liq
6 07

34-modda. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonunda, jamiyatning ustavida va 
uning hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini 
o‘tkazish tartibi ushbu Qonun, jamiyatning ustavi va hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismida 
jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishda shaxsan yoki o‘z vakillari orqali ishtirok etishga 
haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni 
(ishonchnomani) ko‘rsatishlari lozim. Jamiyat ishtirokchisining vakiliga berilgan ishonchnoma 
qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
 LexUZ sharhi 
Ishonchnoma berish va rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
10-bobi 
va “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining
 7-bobiga 
qarang. 
Jamiyatning ishtirokchilari yoki ularning vakillari kun tartibidagi masalalarni muhokama 
qilishda ishtirok etish va qarorlarni qabul qilishda ovoz berish huquqiga egadirlar. Jamiyatning 
jamiyat ishtirokchilarining ko‘rsatib o‘tilgan huquqlarini cheklovchi ta’sis hujjatlarining qoidalari 
yoki jamiyat organlarining qarorlari haqiqiy emas. 
Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida 
jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o‘z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo‘ladi, 
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Jamiyatni ta’sis etish paytida jamiyatning ustaviga binoan yoki jamiyat ishtirokchilari 
umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan 
qaroriga binoan jamiyatning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan jamiyat ishtirokchilari 
ovozlarining sonini aniqlashning boshqacha tartibi belgilab qo‘yilishi mumkin. Jamiyat ustavining 
bunday tartibni belgilab qo‘yuvchi qoidalarini o‘zgartirish va chiqarib tashlash jamiyat ishtirokchilari 
umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan 
qarori asosida amalga oshiriladi. 
Jamiyatning ro‘yxatdan o‘tmagan ishtirokchisi (jamiyat ishtirokchisining vakili) ovoz 
berishda ishtirok etishga haqli emas. 
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat ishtirokchilarining umumiy 
yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan vaqtda yoki, agar jamiyatning barcha 
ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, oldinroq ochiladi.
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ushbu Qonun 33-moddasining 
birinchi

ikkinchi

uchinchi 
va
beshinchi 
qismlariga muvofiq jamiyat ishtirokchilariga xabar qilingan kun 
tartibidagi masalalar bo‘yichagina qarorlar qabul qilishga haqli, mazkur umumiy yig‘ilishda 
jamiyatning barcha ishtirokchilari qatnashayotgan hollar bundan mustasno. 
Ushbu Qonun 30-moddasining ikkinchi qismi 
ikkinchi xatboshisida 
ko‘rsatilgan masalalar 
yuzasidan, shuningdek jamiyatning ustavida belgilangan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar, agar 
shunday qarorni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida ko‘proq ovozlar soni 
zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining kamida uchdan 
ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ushbu Qonun 30-moddasi ikkinchi qismining 
o‘n ikkinchi
 xatboshisida ko‘rsatilgan masala 
yuzasidan qarorlar jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Qolgan 
qarorlar, agar bunday qarorlarni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida 
ko‘proq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar 
sonining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
(34-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda) 


Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorlari, agar jamiyatning ustavida qarorlarni 
qabul qilishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul 
qilinadi. 
Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining bayonnomasi 
yuritilishini tashkil etadi. 

Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish