Yahudiylik
Yahudiylik
mavzusidagi maqolalar
Kategoriya
Yahudiylar · Yahudiylik ·
Mazhablar
Yahudiy falsafa
Diniy matnlar
Muqaddas shaharlar
Muhim shaxslar
Hayot tarzi
Ravvin
Sinagog
Yahudiylik va boshqa dinlar
Antisemitizm ·
Filosemitizm
·
Yeshiva
Xolokost
Iudaizm, iudaizm — asosan,
yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng
qad. dinlardan biri. Mil. av. 1ming yillik
boshlarida Quddus (Falastin)da
vujudga kelgan. Arabiston yarim
orolningshimolida koʻchib yurgan
yahudiy qabilalari mil. av. 13-asrda
Falastinni bosib oldilar va mil. av. 10-
asrda Isroil — Yaxudiya davlatini
tuzdilar. I. ana shu qabilalarning diniy
urf-odatlari va Falastin xalqparining
ayrim eʼtiqodlarini oʻzida
mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo
(Iuda) kabilasining nomidan olingan.
Dastlab I. koʻpxudolik (politeistik) dini
boʻlgan. Mil. av. 10—6-asrlarda I.
yakkaxudolik (monoteistik) dinga
aylangan. Olamni yaratuvchi xudo
Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va
yaxudiylar oʻrtasidagi ahs
(shartnoma)ga shak keltirmaslik,
yahudiylar xudoning mumtoz
bandalari ekaniga, Muso (Moisey)
ning paygʻambarligiga va unga ilohiy
kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi
dunyoga, mahdiy (messiya)ning
kelishiga, oxirat kuni barchaning tirili-
shiga, jannat va doʻzaxga,
gunohkorlarning jazolanishi va savob
ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga
ishonish I.ning asosiy aqidalaridir. I.
dinida xilmaxil ibodatlar, duolar, urf-
odatlar, roʻza tutish, .xatna qilish, oziq-
ovqat sohasidagi taqiklar, shanba kuni
hech qanday ish bilan
shugʻullanmaslik, diniy soliklar va
yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib
qoʻyilgan. I.ning asosiy diniy kitoblari
— Tavrot va Talmudsa belgilangan
bun-day koʻrsatmalar orqali dindor
yahudiylarning turmushi, axloqiy va
huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan.
Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan:
eng qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I.
(mil. av. 536 — mil. 70-yillar), ravvinlar
davri va yangi davr I.i (modernistik I.).
Eng qadimiy I., dastlab Falastindagi
ikki davlat — Isroil va Yaxudiya
davlatlari (mil. av. 11 — 10-asrlar)ning
, keyinroq ular birlashgach, yagona
yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu
davr Tavrot (Tora)da aks etgan.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning
tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki
tarzda mil. av. 11—6-asr oʻrtasida
shakllangan. Mil. av. 5-asrda yozib
olingan. Bundan keyin I.ning klassik
davri boshlanadi. Mil. av. 586 y. yangi
Bo-bil podshosi Navuxodonosor 11
Yaxudi-yani yakson qildi, salkam 30
ming yahudiyni asirga oldi. 50 y.
davom etgan "Bobil asirligi" va undan
keyingi davrlarda minglab yahudiylar
Falastinni tark etdilar. "Kdsimgi axd"
matnlarining asosiy qismi ana shu
davrda yozilgan. Mil. 70-y. Quddus
ibodatxonasining qulashi va
Talmudning yozilishi orasidagi vaqt
ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari
Tavrotni talqin va tavsif qilish
jarayonida vujudga kelgan
Talmudning oxirgi tahriri ikki
variantda: Quddus Talmudi — 4-asrda,
Bobil Talmudi — 5-asrda eʼlon qilindi.
7—17-asrlarda yahudiy ruhoniylari
(ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot va
Talmudni targʻib qilishni davom
ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda
koʻp ravvin adabiyoti vujudga kelgan.
18-asrdan diniy talablarni davrga
moslashtirish, soddalashtirish va
yengillashtirish harakatlari avj oldi.
I.da qadim zamonlardan boshlab,
xilma-xil mazhablar va oqimlar
vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin
kurash borgan. Mil. av. 2-asrdan
milodning 2-asrigacha farisey,
saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi
kabi oqimlar vujudga kelgan.
Ortodoksal I. bilan bu mazhablar
oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1
—2-asrlarida ortodoksal I.ga muxolif
boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-
xristian sektalari)ning borgan sayin
I.dan yiroklashib borishi jarayenida
xristian dini mustaqil din sifatida
ajralib chiqqan (qarang Xristianlik).
I.ga eʼtiqod qiluvchilar 18 mln.ga
yaqin, ularning uchdan bir qismi AQSH
dadir.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent,
2000-yil
Dunyo dinlaridan biri haqidagi ushbu
maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 12 oylar avval
PlanespotterA320
tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/in
dex.php?
title=Yahudiylik&oldid=2069144
" dan olindi
koʻrsatilmagan boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |