Yagona interaktiv davlat xizmat portal my gov uz dan amaliyotda foydalanish


-bob. Tekshiruvlar (inspeksiyalar) o‘tkazilishini muvofiqlashtirish



Download 0,59 Mb.
bet6/10
Sana26.04.2023
Hajmi0,59 Mb.
#932089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektron hukumat amaliy

4-bob. Tekshiruvlar (inspeksiyalar) o‘tkazilishini muvofiqlashtirish
15. Davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish doirasida alohida vakolatlarga ega davlat organlari tomonidan tekshiruvlar (inspeksiyalar) o‘tkazilishini maxsus vakolatli organ o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi.
16. O‘tkazilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar) to‘g‘risidagi ma’lumot har chorakda keyingi oyning 10 kunigacha alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari tomonidan maxsus vakolatli organga kelgusida umumlashtirish va yakuniy ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun taqdim qilinadi.
5-bob. Tekshiruvlar (inspeksiyalar) natijalarini rasmiylashtirish
17. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarning buzilishi aniqlangan tekshiruv natijalari bo‘yicha tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasi tuziladi. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarning buzilishi aniqlanmagan tekshiruv natijalari ma’lumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi. Tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasi (ma’lumotnomasi) uch ish kuni davomida ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda imzo qo‘yilgan sanani ko‘rsatgan holda, nazorat subyektining tekshiruv (inspeksiya) o‘tkazish uchun vakolatli shaxsi yoki tekshiruvga jalb qilingan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma (ma’lumotnoma) imzo qo‘yilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida nazorat obyekti yoki uning vakiliga imzo qo‘ydirib topshiriladi (topshirish to‘g‘risida bildirishnoma buyurtma xat bilan yuboriladi)
Tekshirilayotgan nazorat obyekti tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) olishdan bosh tortsa, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) tegishli qayd kiritadi va shu vaqtdan boshlab tekshiruv (inspeksiya) tugallangan deb hisoblanadi.
18. Nazorat obyekti tekshiruv dalolatnomasi (ma’lumotnomasi) asosida tekshiruv dalolatnomasida (ma’lumotnomasida) ko‘rsatilgan muddatda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etadi.
19. Nazorat obyekti xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organga tadbirlar rejasining har bir bandi ijrosi to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib yozma ravishda ma’lumot beradi.
Qoidabuzarliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va ishonchliligi uchun nazorat obyekti rahbari mas’uldir.
20. Aholi hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga haqiqiy zarar yetkazish xavfini yuzaga keltiruvchi normalar va qoidalar talablarining buzilish holatlari aniqlanganda, qoidabuzarlik aniqlangan kunda nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘liq yoki qisman to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma chiqariladi.
21. Nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani nazorat obyekti tekshiruvini (inspeksiyasini) o‘tkazgan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning mansabdor shaxsi imzolaydi.
Nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi imzolangan ko‘rsatma qoidabuzarlik aniqlangan kundan keyin bir ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda nazorat obyektiga topshiriladi yoki topshirish to‘g‘risidagi bildirishnoma buyurtma xat orqali yuboriladi.
Nazorat obyektini tekshiruvdan (inspeksiyadan) o‘tkazgan alohida vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organning mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatma nusxasi xabarnoma sifatida maxsus vakolatli organga yuboriladi.
22. Nazorat obyekti xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni to‘xtatishga olib kelgan qoidabuzarliklar bartaraf etilgani to‘g‘risida tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
23. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi va bildirishnoma olgan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirmasdan, nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
24. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga rozi bo‘lmagan nazorat obyektlari xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi yuqori organlarga nizoli masalalarni aniqlashtirish uchun yozma ravishda murojaat qilishga haqlidir.
25. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi har bir organ ko‘rsatma shaklini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ko‘rsatma blankasi belgilangan tartibda hisobga olinadi va saqlanadi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish