Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi



Download 50,16 Kb.
bet20/22
Sana04.03.2022
Hajmi50,16 Kb.
#482417
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
uloqtirish turlari texnikasi

Oxirgi kuchlanish fazasi – uchinchi burilishning oxiri o‘ng oyoqni erga qo‘yishdan boshlanadi (104-rasm).
Bu payt bosqon uloqtiruvchi gavdasining o‘ng tomonida, elka bo‘g‘imi balandligida yoki undan yuqoriroqda bo‘ladi; gavda chapga engashadi.
Oldingi burilishlardagidek, uloqtiruvchi elka kamarini tos bilan bir tekislikka kelguncha chapga buradi. Bosh esa uloqtirish davomida birinchi marta orqaga egiladi, qo‘llar yozilgan bo‘ladi.
Bosqon quyi nuqtaga intilib, tizza balandligiga etganda bosqonning tortilishi va gavda og‘irligi ikkala oyoqqa teng taqsimlanadi.
Oxirgi harakatning quyi nuqtasida bosqon gavdaning o‘rta chizig‘idan o‘ngda bo‘lishi kerak.
Bosqon quyi nuqtadan tortilayotgan paytda uloqtiruvchi chapga burilib, orqaga egiladi. Bu harakat bilan u bosqonga maksimal tezlik beradi.
Orqaga egilayotganda tosni oldinga siljitmaslik kerak.
Uloqtiruvchi oyoqlarini to‘g‘rilashga intiladi va shu bilan birga gavdasini ham yuqoriroq ko‘tarishga harakat qiladi. Lekin faqat chap oyoq to‘la to‘g‘rilanadi, o‘ng oyoq esa sal bukilgan holda, uchi bilan chapga buriladi.
Bosqon sharining tortilishini asosan chap oyoq tutib turadi va uloqtirishning oxirida bu oyoq tagining oldingi qismi erga tayanadi. Harakat oxirida uloqtiruvchining gavdasi tizzadan sal bukilib turgan o‘ng oyoq ustiga o‘tadi, bosh esa oxirgacha orqaga egiladi.
Bosqon elka bo‘g‘ini balandligiga etganda uloqtirib yuboriladi. Bosqonning tortilishi va harakat tezligi maksimal darajaga etadi.
Bosqon qo‘ldan qo‘yib yuborilgan zahoti uning uloqtiruvchiga ta’sir etgan tortish kuchi yo‘qoladi, shu sababli gavdaning aylanish tezligi oshadi, chunki endi u bosqon sharining qarshiligiga uchramaydi. Muvozanatni saqlash va doiradan chiqib ketmaslik uchun uloqtiruvchi o‘ng oyog‘ining uchida aylanishni davom ettira turib, uni to‘g‘rilaydi, chap oyoqni erdan uzib, o‘ng oyoq orqasiga chapdan orqaga o‘tkazadi. O‘ng oyoqni esa tizza bo‘g‘imidan bukadi.
Bosqon uloqtirish texnikasini o‘rgatish uslubiyati
Bosqon uloqtirish bilan shug‘ullana boshlaganlar birinchi mashg‘ulotdayoq bosqonni unchalik tez bo‘lmagan harakatlari natijasida vujudga keladigan 40-50 kg tortish kuchini enga bilish kerak. Bosqon uloqtirish texnikasini muvaffaqiyatli o‘rgatish uchun o‘rganuvchi etarli darajada kuchli va ildam bo‘lishi kerak.
Ayrim mashqlarni uloqtirish oldidan sekin bajarish kerak. Keyin texnikani to‘g‘riligini saqlash uchun sur’atni asta-sekin oshirib, maksimal darajaga etkazishga harakat qilish lozim.
Mashg‘ulotni boshlanishida dastlabki aylanishni mashq qilish, snaryadsiz aylanishni o‘rgatish va yadro, tosh, qadoqtosh, to‘ldirma to‘plarni uloqtirib mashq qilish mumkin. Oxirgi kuch berishni o‘rganayotganda ilgari o‘tilgan mashqlar texnikasini takomillashtirish katta ahamiyatga ega.
Bosqon uloqtirishni o‘rganayotganda ehtiyot choralariga rioya qilish shart. Bosqon uloqtirishni faqat musobaqa qoidalariga asosan jihozlangan joylarda o‘tkazish kerak.
1-vazifa. SHug‘ullanuvchilarni bosqon uloqtirish texnikasi bilan tanishtirish.
Vositalari:
1. Ularga yuqori malakali bosqon uloqtiruvchi yoki o‘qituvchi tomondan texnikani ko‘rsatib berish.
2. Bosqonning tuzilishini tushuntirish, uloqtirish joyi va musobaqa qoidalari to‘g‘risida so‘zlab berish.
3. Ko‘rgazmali qurollar (plakatlar, rasmlar, kinogrammalar) yordamida uch marta aylanib bosqon uloqtirish texnikasini va texnikaning asosiy momentlarini ko‘rsatish va tushuntirish. Uloqtirish texnikasini kinoekranda ko‘rsatish.
2-vazifa. Bosqonni to‘g‘ri ushlash, dastlabki aylantirishga o‘rgatishni boshlash to‘g‘risida tasavvur hosil qilish.
Vositalar:
1. Bosqon dastasini to‘g‘ri ushlashni mashq qilish.
2. Bosqonni ikki qo‘llab ushlab, tezlantirmay aylantirish.
3. Normal turish holatida bosqonni tezlantirib aylantirish. SHug‘ullanuvchilar faqat «Bosqon olinsin!» degan buyruq berilgandan keyingina bosqonni olib kelish uchun maydonchaga chiqishlari mumkin.

Download 50,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish