50
yuzini ko‘ra boshladi. Bir qator qissa va hikoyalari bilan xalq mehrini
qozongan adib yetmishinchi-yillarning oxirlarida roman janriga qo‘l urdi.
Dastlabki romani “Nur borki soya bor” 1977- yilda yozilgan bo‘lib, unda
jamiyatda avj olgan “korrupsiya“ muammosi olib chiqiladi. Asar yozilgan
payt turg‘unlik yillarida bu roman adabiy hayotga yangilik bo‘lib qo‘shildi.
Adibning ikkinchi romoni uning Shuhratiga yana shuhrat qo‘shgan. “Ikki
eshik orasi“ (1982-1985) romanidir. Roman prablematikasi nihoyatda keng.
Undagi voqealar XX asrning o‘ttizinchi yillaridan to oltmishinchi-
yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ramanda o‘tizinchi
yillardagi
qatag‘oni ham, urush yillaridagi mashaqqad ham, urishdan keyingi iqtisodiy
tanglik ham, 60 yillardagi tinch hayot ham bor, ammo adib har bir davrni
tasvirlar ekan, o‘sha davrning achchiq alamlarini qalamga oladi.
Muallif
o‘ttizinchi yillar qatag‘onini, urushning dahshatlarini ko‘rmagan bo‘lsa ham,
ularni o‘zi shaxsan guvohi bo‘lgandek tasvirlaydi, O‘kir Hoshimov “Ikki
eshik orasi“ romani uchun 1986- yil “Hamza” nomidagi davlat mukofotiga
sazovor bo‘lgan.
Daryoga qayiq tashlab unga o‘tirmaguncha uning nafasini yaxshi his
qilmaysan. Suningdek, tog‘ning ulug‘vorligini tog‘dagi
toshda turgan odam
emas, aksincha unga uzoqdan nazar tashlagan kishi yaxshi his qiladi. Ya’ni
tog‘ga yaqin kelib emas, uzoqdan qaralganda, tog‘ o‘zining bo‘y-basti,
salobatini namoyish qiladi.
Agar Shuhrat va Shukrullolar xalqimiz tarixidagi eng mudhsh davr
repressiya davrini o‘zlarining alamli xotiralari asosida yaratgan bo‘lsalar,
O‘tkir Hoshimov esa, yozuvchi nuqtayi nazari bilan qatag‘on
jabrbrididalarining fojiaiy taqdirini chuqur o‘rgangan,
jarayonga atroficha
yondoshgan holda yozadi. Qahramon adibimiz Said Ahmad “Borsa kelmas
darvozasi” hikoyasining yozilish tarixi haqida to‘xtalib, hikoyani yozish
jarayonida yana qaytadan qamalib chiqqandek bo‘lganini takidlaydi. Shunga
51
ko‘ra Shuhrat va Shukrullolarda asarni yozish jarayonida ichki hissiyot ustun
bo‘lgan bo‘lsa, O‘tkir Hoshimovda esa
voqelikka holis yondashuv
imkoniyatining ko‘pligi bilan xarakterlanadi. “Oltin zanglamas” va “Tirik
ruhlar” da yigirmanchi - o‘ttizinchi yillar qatag‘oni yoritilgan bo‘lsa, O‘tkir
Hoshimov o‘zining so‘ngi romani “Tushda kechgan umrlar” romanida
yigirmanchi-o‘ttizinchi yillar, urush davri tozalashlari, urushdan keyingi
ziyolilar qatag‘oni, afg‘on urushi va “paxta ishi” repressiyalarini xronologik
izchillikda yoritadi.
Mavzuni mantiqan davom ettirgan adib 1995-
yili ikki pardadan iborat
“Qatag‘on” fojiasini yozadi. Muallif agar “Tushda kechgan umrlar” romanida
qatag‘on mavzuini ancha teran tahlillagan bo‘lsa, dramatic talqinda “paxta
ishi” bilan bog‘liq hayotiy tafsilotlargagina o‘rin ajratadi:
Do'stlaringiz bilan baham: