YaCheykadagi ma`lumotlar bilan ishlash



Download 23,39 Kb.
Sana01.02.2017
Hajmi23,39 Kb.
#1569

Aim.uz

YaChEYKADAGI MA`LUMOTLAR BILAN

IShLASh

 

Yacheykadagi sonli qiymatlarni, matnlarni yoki formulalarni uchirish uchun yacheykani faollashtirib, DELETE tugmasini bosish yetarli bo’ladi. Bir necha yacheykadagi ma`lumotlarni uchirish uchun esa, tozalanishi kerak bo’lgan yacheykalar ajratiladi, So’ng DELETE tugmasi bosiladi.



Eslatma: yacheykani faollashtirish deyilganda jadval kursorini kerakli jadval ichiga olib o’tish tushuniladi.

 

Yacheykadagi ma`lumotlarni almashtirish

 

Yacheykadagi ma`lumotlarni almashtirish uchun yacheykani faollashtirib, yangi ma`lumotlar kiritiladi. Bunda oldingi ma`lumotlar uchirib tashlanadi. Bularni bajarish natijasida yacheykaning oldingi qiymati bilan yangi qiymati almashadi, lekin bichimlash atributlari bu yacheykada saqlanib qoladi.



 

Yacheykadagi ma`lumotlarni taxrirlash

 

Agar yacheykadagi ma`lumotlar ozchilikni tashkil etsa, yangi ma`lumotlar kiritish yuli bilan xam almashtirib ketish mumkin. Ammo yacheykada joylashgan ma`lumotlar uzun matn yoki murakkab formula bo’lsa va unga unchalik katta bo’lmagan o’zgartirishlar kiritilishi kerak bo’lsa, yacheyka ichidagi ma`lumotlar taxrirlanadi. Barcha ma`lumotlarni qayta kiritish talab qilinmaydi.



Yacheykadagi ma`lumotlarni taxrirlash quyidagi uch usulda olib boriladi:

· Sichqoncha ko’rsatkichini yacheykaga keltirib, chap tugmasi ikki marta tezlikda bosiladi. Bu usul ma`lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri taxrirlash imkonini beradi.

· F2 tugmasini bosish orqali. Bu xam yacheykadagi ma`lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri taxrirlash imkonini beradi.

· Taxrirlash kerak bo’lgan yacheykani faollashtirish va sichqoncha ko’rsatkichi yordamida kursorni formulalar qatoriga keltirib taxrirlash. Bu ma`lumotlarni formulalar qatoridan turib taxrirlash imkonini beradi.

Ma`lumotlarni taxrirlashda yuqorida keltirilgan usullardan ixtiyoriy birini ishlatish mumkin. Ayrim foydalanuvchilar yacheykadagi ma`lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri taxrirlash usulidan, ayrimlari esa formulalar qatoridan turib taxrirlash usulidan foydalanadilar.

Bu barcha kilingan ishlar formulalar qatoridagi uchta tugma (piktogramma) paydo bo’lishiga olib keladi.

 

· Kiritilgan o’zgartirishlar

  tugmasini bosish bilan tasdiklanadi.

 

· Agarda oldingi xolatga kaytmokchi bulinsa

  tugmasi bosiladi.

· Ishchi jadvaldagi formulalar bilan ishlashda

  tugmasidan foydalanish ishni ancha osonlashtiradi.

 

Yacheykalarni taxrirlash oddiy xolatda amalga oshirilib, matnda jadval kursori matn kursoriga aylanadi va uni boshqarish tugmalari yordamida siljitish mumkin bo’ladi. Siz taxrir kilingandan keyin oldingi xolatga kaytmokchi bo’lsangiz, «Pravka» (To’g’rilash) — «Otmenit`» (Bekor qilish) buyrug’ini yoki Ctrl+Z tugmalarini barobar bosing. Shunda yacheykadagi boshlang’ich ma`lumotlar qayta tiklanadi. Ma`lumotlarni qayta tiklash boshqa amallarni bajarmasdan tezlikda kilinishi kerak. Aks xolda, ya`ni boshqa ma`lumotlar kiritilsa yoki boshqa buyruqlar bajarilsa, orkaga kaytish amalga oshmaydi.



 

Nusxa ko’chirish

 

Ayrim xollarda bir yacheykadagi ma`lumotlarning nusxasini boshqa yacheykaga yoki diapazonga utkazishga to’g’ri keladi. Bu ishlarni elektron jadvalda nusxalash buyrug’i orqali amalga oshirish mumkin.



Nusxa ko’chirish bir necha usulda amalga oshiriladi.

· Yacheykadagi ma`lumotlarni boshqa yacheykaga ko’chirish.

· Yacheykadan ma`lumotlarni diapazonga ko’chirish. Bunda belgilangan diapazonning xar bir yacheykasida kuchirilayotgan yacheyka ma`lumotlari xosil bo’ladi.

· Diapazondan diapazonga ko’chirish. Diapazon o’lchamlari bir xilda bo’lishi kerak.

Yacheykadan nusxa ko’chirishda uning ichidagi ma`lumotlar va uzgaruvchilar bilan birga barcha bichimlash atributlari xam kuchiriladi.

Nusxalash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1. Nusxa ko’chirish uchun yacheyka yoki diapazonni ajratish va uni buferga ko’chirish.

2. Jadval kursorini nusxa joylashtirilishi kerak bo’lgan diapazonga utkazish va buferga kuchirilgan ma`lumotlarni unga qo’yish.

Olingan nusxa tegishli yacheyka yoki diapazonga kuyilgandan keyin EXCEL bu yacheykadan ma`lumotlarni yukotadi. Shuning uchun agar yacheykadagi oldingi axborotlar zarur bo’lsa darxol «Pravka»(To’g’rilash) —«Otmenit`» (Bekor qilish) buyrug’ini berish yoki Ctrl+Z tugmalarini baravar bosish kerak.

 

Uskunalar paneli yordamida nusxalash

 

Nusxa ko’chirish amalini bajarish uchun standart uskunalar panelida 2 ta tugma (piktogramma) mavjud. Bular nusxalanayotgan ma`lumotlarni chuntakka olish (buferga nusxa olish) va chuntakdan chiqarish (buferdan nusxani chiqarish) tugmalaridir, ya`ni



Kopirovat` v bufer va Vstavit` iz bufera

 

 



Agar sichqoncha ko’rsatkichi chuntakka olish Kopirovat` v bufer (Buferga nusxa olish) tugmasiga olib kelgan xolda bosilsa, ajratilgan yacheykadagi ma`lumotlar chuntakka olinadi. Shundan So’ng qo’yiladigan yacheyka faollashtirilib, chuntakdan chiqarish Vstavit` iz bufera (Buferdagi nusxani qo’yish) tugmasiga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelib bosiladi.

 

Sudrab olib o’tish amali orqali nusxa ko’chirish

 

EXCELda nusxa ko’chirish kerak bo’lgan yacheyka yoki diapazondan ma`lumotlarni sudrab olib o’tish orqali nusxa ko’chirishni amalga oshirish mumkin. Nusxa ko’chirish kerak bo’lgan yacheyka (diapazon) ni ajratib, undan keyin sichqoncha ko’rsatkichini yacheyka (diapazon) chegaralaridan biriga olib keling. Ko’rsatkich strelkaga aylanganidan So’ng Ctrl tugmasini bosing. Ko’rsatkichda qo’shimcha «+» belgisi xosil bo’ladi. Shundan So’ng ma`lumotlarni tanlagan yacheykangizga sudrab olib o’tishingiz mumkin. Olib utilayotganda Ctrl tugmasi bosib turiladi. Shunday xolatda oldingi yacheykadagi ma`lumotlar saqlanib qoladi. Ctrl tugmasi bosilmasa oldingi yacheyka ma`lumotlari o’zida saqlanmay, keyingi yacheyka ma`lumotiga aylanib qoladi.



 

Yacheyka yoki diapazondagi ma`lumotlarni

almashtirish

 

Yacheyka yoki diapazon ma`lumotlarini boshqa yacheykalarga olib o’tish vaqtida bu ma`lumotlarni boshqasiga almashtirish xam mumkin. Buning uchun yacheyka yoki diapazon ajratib olinadi va sichqoncha ko’rsatkichi bu yacheyka yoki diapazon chegaralaridan biriga olib kelinadi. Sichqoncha ko’rsatkichi urnida strelka paydo bo’lgandan So’ng kerakli yacheykaga olib (sudrab) utiladi va sichqoncha tugmasini qo’yib yuboriladi. Bunda oldingi yacheykadagi ma`lumotlar keyingi yacheykaga almashinadi. Bunday ko’chirish vaqtida Ctrl tugmasi bosilmaydi.



 

Avtoto’ldirish (avtomatik to’ldirish) markeri

 

EXCELda shunday bir maxsus imkoniyat borki, bu avtomatik to’ldirish deb ataladi. Avtomatik to’ldirish diapazon yacheykalariga sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtiradi. Buning uchun to’ldirish markeri ishlatiladi. U faol yacheykaning ung burchagida joylashgan kichiq kvadratdan iborat. Ayrim xollarda yacheyka ichidagi ma`lumotlarni kushni yacheyka (diapazon)ga ko’chirishga xam to’g’ri keladi. Kushni yacheyka yoki diapazonga ko’chirish usullaridan biri tanlangan yacheykalar to’plamini to’ldirish markerini olib o’tishdir. Bunda EXCEL berilgan yacheykalardagi ma`lumotlarni olib o’tishda ajratib ko’rsatilgan yacheykalarga nusxasini kuchiradi.



To’ldirish markerining asosiy xususiyati — uning yordamida qator yoki ustunlarga berilgan kattaliklarni kamayib va o’sib boradigan sonlar yoki sanani oson va tez kiritishni ta`minlashdir.

Masalan, S ustunga birinchi unta juft sonlarni kiritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:



· S1 va S2 yacheykalarga mos ravishda birinchi 2 ta juft sonni kiritish.

· Uar ikkala yacheykani ajratish.

· Avtoto’ldirish markerini sakkiz yacheyka pastga olib o’tish.
Download 23,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish