borilayotgan
ishlaming korxonada yakka holatda
gavdalanishi
tushuniladi. Ishlab chiqarish turlari klassifikatsiyasining amaliy mohiyati
shundan iboratki,
ishlab chiqarish turi, ish joyiari, sex yoki korxonaning
bir yaxlitligini ifodalab, korxona mehnatida qo'Uanilayotgan aniq usullar
turlicha bo‘lib, texnologik jarayon va ishlab chiqarishni tashkillashtirish
shakllari ko‘pincha ajralib turadi.
Vagon ta’mirlash korxonalarida - ishlab
chiqarilayotgan mahsulot
miqdori va ta’mirlash yoki kuruvchaniigi takrorlanishi, shuningdek
ishlab chiqarishning darajasi va doimiy ish joyining bandligiga ko‘ra uch
(3) turga ajratilgan:
1) Yakka 2) Seriyali (qismli). 3) Ommaviy (massoviy).
Yakka ishlab chiqarish bu - rejali ishlab chiqarishdagi turli xildagi
mahsulotlami tayyorlash yoki ta’mirlash uncha ko‘p
boimagan
midordagi ishlar yoki ba’zida buyurtmaga ko‘ra yakkali ishlab chiqarish
sanaladi.
Yakka ishlab chiqarish - yuqori malakali ishchilar va universal
uskuna va qurilmalami talab etadi. Yakka ishlab chiqarishda - har bir
bajarilgan yakka buyurtmadan so‘ng, har safar ishlab chiqarishga tay
yorlash
ishlarini bajarish, to‘g‘rilash va qurilmani qayta ishga tayyor
lash, maxsus asbob-uskuna va anjomlami tayyorlash va boshqa shu kabi
ishlar takrorlanadi. Yakka ishlab chiqarish kam samarali hisoblanadi.
Seriyali (qismli) ishlab chiqarishga - bir turdagi
mahsulotlami
alohida partiya (qismdagi) turli xildagi o ‘lchamdagi yoki turli nomdagi
mahsulotlami, joriydagi uskunalarda iqtisodiy maqsadda ishlab chiqa
rishga aytiladi. Partiyadagi mahsulotlar miqdoriga ko‘ra ko‘p seriyali
(qismli) va kam seriyali (qismli) ishlab chiqarishga bo‘linadi. Ko‘p
seriyali (qismli) ishlab chiqarishda - ayrim ko‘rinishdagi mahsulotlami
ishlab chiqarishda ko‘p vaqt sarf qilib qismli ishlab chiqarishni tashkil-
lashtirishga imkon yaratadi. Biroq har doim boshqa turdagi mahsulotga
ishlov berishga o'tilganda qismlami chiziqli qayta qurish ishlari olib
boriladi bu esa qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi.
58
Kam seriyali ishlab chiqarishda - nisbatan
keng tanlovli mahsu-
lotlami kichik partiyalarda ishlab chiqarish tashkillashtiriladi.
Seriyali ishlab chiqarish - yakka ishlab chiqarishga qaraganda
ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirishda samaraliroq hisobianadi.
Ommaviy (yalpi) ishlab chiqarishda bir xil turdagi mahsulotlami
ishlab chiqarishga moMjallangan bo‘lib, ko'p miqdorligi va uzoq vaqt
ishlab chiqaruvchanligi bilan ajralib turadi.
Ommaviy ishlab chiqarish quyidagicha xarakterlanadi:
- Bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish
- Texnologik jarayonni operatsiyalarga
ajratilgan ish joylari
bo‘yicha biriktirilishi.
- Maxsus yuqori ishlab chiqarish kuchiga ega uskunalarining
qoilanilishi.
- Maxsuslashgan mehanizmlar, qurilma va ish qurollarini
qoTlanilishi.
- Yaxshi uskunalardan foydalanib yuqori
ishlab chiqaruvchanlik
mehnatiga erishish.
Massoviy ishlab chiqarishda - ish vaqtida texnologik jarayonlaming
doimiyligi, ishchilaming bajarayotgan operatsiyalarini yaxshi o‘zlash-
tirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni doimiy ravishda sifatini oshirib
borishi va unga ketgan xarajatni kamaytirib borish nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: