IX BOB
ELEKTR MASHINA SEXLARIDA ISHLAB CHIQARISHNI
TASHKILLASHTIRISH
Elektr mashinalar sexi generatorlar, tortuv elektr motorlari, mashina
agregatlari va boshqa yordamchi elektr mashinalami kapital ta’mirlash
uchun moijalla,ngan.
Detal va uzellarining yedirilishi va shikastlanishi darajasiga ko‘ra
elektr mashinalami ta’mirlash ikki turga bo‘linadi: KT-1 va KT-2. KT-1
hajmidagi kapital ta’mirlashda yakor chulg'amlari
almashtirilishi talab
etilmaydigan elektr mashinalar ta’mirlanadi. Yakor chulg‘amlari
almashtirilishi talab etilgan hollarda KT-2 hajmidagi kapital ta’mirlash
bajariladi.
Elektr mashinalar sexida zavodda ta’mirlashda boigan vagon
laming elektr mashinalari, shuningdek temir y o i depolari ehtiyojlari
uchun elektr mashinalari ta’mirlanadi. Elektr mashina sexining ishlab
chiqarish dasturi ichki va tarmoq ehtiyojlari uchun ta’mirlanadigan
elektr mashinalari sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Elektr mashinalarini ta’mirlash jarayoni har bir turdagi mashinalar
uchun ishlab chiqiladigan tarmoq grafiklariga muvofiq tashkil etiladi.
Grafikka asosan ta’mirlashda turish vaqti aniqlanadi: tortuv generatori
uchun - 8-10 sutka, tortuv elektr motori uchun - 5-6 sutka, ikki
mashinali agregat uchun - 3-4 sutka.
Ta’mirlangan elektr motorlari zavod grafigiga
asosan belgilangan
muddatlarda aravachalami ta’mirlash sexiga, tortuv generatorlari -
dizellami ta’mirlash sexiga, ikki mashinali agregatlar, yordamchi elektr
mashinalari esa elektr apparatlami ta'mirlash sexiga uzatiladi.
Elektr mashinalar sexida mashinalami ta’mirlash ishlab chiqarish
jarayonida belgilangan ishlaming m aium bir qismini bajarish uchun
ixtisoslashgan uchastkalar tashkil etiladi.
Uchastkalaming asosiy
vazifasi - alohida detallami texnologik jarayonga muvofiq ta’mirlash va
vaqtida yig‘ish uchun topshirishdir.
117
Elektr motorSarini ta’mirlash oqimi bo‘yicha elektr mashinalar sexi
tarkibiga quyidagi uchastkalar kiradi (9.1-chizma): qismlarga ajratish-
nuqsonlami aniqlash, yakor, seksiyalar, g ‘altaklar boiim iga ega
quritish-to‘yintirish,
mexanika, y ig ish uchastkalari va sinash stansiyasi.
Generatorlar va agregatlar qismlarga ajratishdan yigish va tayyor
mahsulotni topshirishgacha boigan ishlaming to iiq sikli bajariladigan
uchastkada ta’mirlanadi.
Qismlarga ajratish-nuqsonlami aniqlash uchastkasida
mashinalar
qismga ajratiladi, detallar tozalanadi va yuviladi,
ulaming nosozliklari
aniqlanadi va ta'mirlash hamda keyingi o‘matish uchun ixtisoslashgan
uchastkalarga uzatiladi. Elektr motorlari, generatorlar kompleks
mexanizatsiyalangan, belgilangan taktli oqimli-konveyer liniyasida
qismlarga ajratiladi. Liniya to‘rtta ixtisoslashgan ish joylariga ega.
Birinchi ish joyida kollektor lyuklari, setkalar, chiqish qismlari g ’iloflari
va boshqa himoya moslamalari yechib olinadi.
Ikkinchi ish joyida
podshipnik shchiti, cho‘tka tutqichlari yechiladi va yakor ostovdan
chiqarib olinadi. Uchinchi ish joyida magnit tizimi birikmalari yechib
olinadi.
To‘rtinchi ish joyida esa maxsus jnoslama yordamida bosh va
qo‘shimcha qutblar yechiladi. Mashinalar qismlarga ajratilayotganda
detallar takror ishlatilishi uchun ehtiyotlab olish kerak.
Yakor uchastkasi
yakorlami ta ’mirlash
uchun moijallangan va
kollektor, yakor o‘zagini ta’mirlash, seksiyalar chulg‘amlarini o ‘matish.
kavsharlash va bandaj o'rash. to‘yintirish va quritishdan so‘ng mexanik
ishlov berish bo‘yicha ixtisoslashgan ish joylariga ega.
Seksiyalar uchastkasida
yakor chulg'ami seksiyalari (chulg'amlari)
ni tayyorlash va izolyatsiyalash amaiga oshiriladi. Seksiyalami
tayyorlash texnologiyasi murakkab bo iib , unga to iiq rioya qilish talab
etiladi, chunki elektr motorlarining ishonchliligi
va umrboqiyligi
seksiyalami tayyorlash va ulami yakorga o‘matish sifatiga bogiiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: