13
birikmalar bo’lib, ko’pincha ra`noguldoshlar oilasidagi o’simliklarni
mevalarini danaklarida keng tarqalgan. Masalan achchiq bodom, achchiq
danakli o’rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo’ri, olma, nok, cheremuxa va boshqa
o’simliklar urug’i (mag’zi)ning achchiq ma`zali bo’lishi, ular tarkibidagi
sianogen glikozidlar borligiga bog’lik.
Meditsinada sianogen glikozidlardan faqat amigdalin ishlatiladi. U
rangsiz kristall birikma bo’lib, o’simlik organlari to’qimalarida emulsion
fermenti bilan birga uchraydi. Amigdalin shu ferment ta`sirida parchalanib,
ikki molekula glyukoza, sianid kislota va benzaldegidi (benzoyniy aldegid)
hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: