Y abdullaev moliya va kredit



Download 0,73 Mb.
bet16/54
Sana20.05.2023
Hajmi0,73 Mb.
#941852
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев

Umumiy omillarga qarzlarga bo‘lgan talab va taklif nisbati; Markaziy bankning muvofiqlashtiruvchi siyosati; qadrsizlanayotgan pulning ta’minot darajasi kiradi.
Xususiy omillar tabiati tijorat banklarining faoliyat ko‘rsatish sharoitlari, shuningdek, mijozlar bilan tuziladigan bitimlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, bu omillar ssuda foizining ayrim turlari bo‘yicha har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, depozit foizi darajasi yuqoridagi omillardan tashqari quyidagi omillar ta’sirida bo‘ladi: bankning aktiv operatsiyalari bo‘yicha foiz darajasi; jalb qilinadigan depozitning muddati va summasi; bankning ishonchliligi.
Banklararo pul bozorida foiz darajasi, boshqa sharoitlarni hisobga olmaganda, odatda, depozit foizi me’yoridan oshadi, chunki ssuda berilayotganda kredit muassasasining xarajatlari va manfaatlari hisobga olinadi.
Bank aktivlari bo‘yicha foiz darajasiga ssuda summasi va uni to‘lash (qaytarish) muddati, ssuda summasining ta’minlanganlik darajasi, bank ssuda kapitalining tannarxi, mijozning kreditga layoqatliligi va uning bank bilan o‘zaro munosabatining mustahkamligi kabi xususiy omillar ta’sir qiladi.
Ssuda kapitalining tannarxi qilingan umumiy xarajatlar summasining maqsadli joylashtirilgan mablag‘lar (daromad keltiradigan aktivlar) summasiga bo‘lish yordamida aniqlanadi. Bank xarajatlari bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq xarajatlar va bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlardan iborat. Birinchi guruhga bankka jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha foiz to‘lovlari, zayomlar va depozitlar, muomalaga chiqarilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlar kiradi. Ikkinchi guruh xarajatlariga ma’muriy boshqaruv va ijtimoiy-maishiy xizmatlar uchun qilingan sarf-xarajatlar, chet el valyuta operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar, kassa, hisob-kitoblar bilan bog‘liq operatsiyalar, olingan grantlar bilan bog‘liq xarajatlar, boshqa operatsion xarajatlar, jumladan, texnikaga ko‘rsatilgan sarflar, axborotlashtirish xizmatlari, blankalarni tayyorlash, ularni pochta-telegraf orqali jo‘natish, amortizatsiya, bino va inshootlar, transport vositalarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar, ijara to‘lovlari, nodir metallar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar, valyuta, faktoring, lizing operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar va boshqalar, jarima, penya va to‘langan qarzlar kiradi.
Ssuda kapitalining tannarxi amaliyotda aktiv operatsiyalar bo‘yicha foiz darajasini aniqlash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Kredit bahosining yuqori chegarasi bozor sharoitlari ta’siri ostida shakllanadi. Kredit bahosining quyi chegarasi bankka jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar bilan kredit muassasasi faoliyatini tashkil qilishga sarflangan xarajatlar ta’siri ostida shakllanadi. Bu esa kredit resurslarining tarkibiy tuzilishi sifatiga bog‘liq. Masalan, mablag‘lar uchun to‘lovlar salmog‘ining oshishi foiz darajasining quyi darajasini ko‘tarishga yordam beradi va aksincha.
Foiz me’yorini hisoblashda tijorat banklari tomonidan tayanch foiz stavkasining darajasini va har bir bitim (kelishuv) bo‘yicha shartlarni hisobga olgan holda risk uchun ajratilgan qo‘shimcha mablag‘lar ko‘zda tutiladi. Bu ko‘rsatkichlar, odatda, ta’minlangan ssudalar bo‘yicha kreditga layoqatli bo‘lgan mijozlar uchun o‘rnatiladi.
Tayanch foiz stavkasi taxmin qilinayotgan ssuda kapitali tannarxi bilan kelgusi davr uchun mo‘ljallangan rentabellik darajasiga asoslangan holda belgilanadi.
Kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi bankka jalb qilingan har bir resursning real bahosi bilan har bir resurs salmog‘ining ko‘paytmasi va ularning bankka jalb qilingan umumiy (to‘lovli va to‘lovsiz) resurslariga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.
Har bir resursning o‘rtacha real bahosi resurslarning bozordagi nominal bahosi va Markaziy bankka majburiy zaxira qilinadigan deponentlar me’yoriga o‘zgartirish kiritish asosida aniqlanadi. Xuddi shu tartibda boshqa turda jalb qilinadigan resurslarning real bahosi ham aniqlanadi.
Marjabank aktivlari keltiradigan daromadlar foizi bilan bank majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar foizi o‘rtasidagi tafovutdir. Bank marjasi foizli va foizsiz marjalarga bo‘linadi. Foizli marja - bu daromad keltiradigan aktivlar (qimmatbaho qog‘ozlar, kreditlar, boshqa investitsiya loyihalari)dan keladigan foiz daromadlari bilan bank tomonidan jalb qilingan resurslar bo‘yicha foiz majburiyatlari (xarajatlari) o‘rtasidagi farqdir. Foizli marja tijorat banklari tomonidan foyda darajasini rejalashtirish jarayonida asosiy strategik ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Bu erda daromad keltiruvchi aktivlardan olinadigan foiz daromadlari majburiyatlar bo‘yicha foiz xarajatlaridan katta bo‘lishi foyda miqdorini ko‘paytiradi. Foizli marjaning nisbiy ko‘rsatkichi foiz evaziga erishilgan sof daromadning daromad keltiruvchi bank aktivlari summasiga bo‘lgan nisbat bilan aniqlanadi. Foizli marjaning o‘zgarishiga kredit qo‘yilmalarining hajmi, tarkibi va manbalari, to‘lov muddatlari va foiz stavkalarini qo‘llash xarakteri va ularning dinamikasi kabi omillar ta’sir qiladi.
Foizsiz marja – bu bank tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olinadigan haq bilan bank tomonidan to‘langan komission to‘lovlar o‘rtasidagi farqdir. Foizsiz marjadagi o‘zgarishlar bank xizmatlari bo‘yicha belgilangan haqlar hajmini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Erkin foiz siyosatini yuritish uchun kredit muassasasi avvalo bank xizmatining ichki qiymati qanday oraliqda bo‘lish kerakligi va bu koeffitsient qanday darajalar doirasida bo‘lishini bilishi shart. Bu ko‘rsatkich bank tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar va ularning har bir so‘mi sarflangan xarajatlarning har bir so‘mini qanchalik darajada qoplaganini ifodalaydi va minimal foizli marja ko‘rsatkichi deb yuritiladi.
Minimal foizli marja joriy davrda bank faoliyatini ta’minlash uchun sarflangan xarajatlarning bankning boshqa turdagi xarajatlar o‘rtasidagi farqi va ularning bankning daromad keltiradigan aktivlariga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Joriy davrda bank faoliyatini ta’minlash uchun sarflangan xarajatlar tarkibiga ma’muriyatni saqlash va ijtimoiy-maishiy maqsadlar uchun xarajatlar, kassa va hisob-kitob operatsiyalari, olingan kafolatlar va boshqa operatsion xarajatlar, shu jumladan, texnika qarovi uchun to‘lovlar, axborot xizmati, blankalarni tayyorlash, ko‘paytirish, jo‘natish bo‘yicha xarajatlar, amortizatsiya to‘lovlari, bino va inshootlarni saqlash, pochta, telegraf xarajatlari, boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, shu jumladan, kredit muassasasidagi anjomlarni sotish, hisobdan chiqarish, debitorlik qarzlarni o‘chirish, o‘g‘irlangan naqd pullar, moddiy mablag‘lar, qalbaki qog‘oz pullar va tangalarni hisobdan chiqarish uchun qilingan xarajatlar, ijara to‘lovlari, arbitraj ishlari bo‘yicha sud xarajatlari, auditorlik tekshiruvlari va hisobotlarni ko‘paytirish uchun sarflangan xarajatlar kiradi.
Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasi milliy kredit tizimidagi foiz darajasiga bog‘liq holda belgilanadi. Ssuda foiziga ta’sir etuvchi omillarning xalqaro-valyuta va moliya-kredit munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli foiz stavkasining darajasi milliy stavkalardan birmuncha farq qiladi. Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez o‘zgarib turishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflyasiyaning kuchayishi, valyuta kursining tebranishi kabi ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish