Xyong Jingonnning “Omadli kun” asari adabiy tahlili



Download 80,81 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi80,81 Kb.
#80642
Bog'liq
Abdazimova Gulruh. Omadli kun


Xyong Jingonnning “Omadli kun” asari adabiy tahlili

O‘tgan gal o‘rganganimiz “Qon bilan yozilgan satrlar” hikoyasi XX ijtimoiy hayotining bir jabhasini yoritib bergan bo‘lsa, “Omadli kun” asari Koreya ijtimoiy hayotini umuman boshqa tarafdan ochib beradi. Quyida ular haqida so‘z yuritamiz.

Ushbu hikoya koreys adabiyotida, shuningdek, yozuvchining ijodiy faoliyatida ham alohida burilish nuqtasi hisoblanadi. U realistik ruhda yozilgan asardir. Hikoya hayotni maqtovchi, uni olqishlovchi bo‘yoqlardan holi. Real hayot qanday bo‘lsa, shundayligicha qog‘ozga ko‘chgan. Asarni o‘qiyotgan paytimda birdan Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasi yodimga tushdi. Syujetlar oz bo‘lsa-da, bir-biriga o‘xshab ketadi. Betob xotin, kasalxonaga bormaslik uchun turli vajlar, qashshoqlik, qo‘li kaltalik, og‘ir zamon, ayolning vafoti, murg‘ak bola va hokazolar. Adiblarning yozish uslublari ham o‘xshashdek. O‘zbek adibi Abdulla Qahhorning hikoyalari ham XX asr oddiy o‘zbek xalqining qiyinchiliklarga to‘la hayotini, o‘zlari kabi mayda tashvishlarini yoritadi. Shuningdek har ikkala yozuvchi asari ham fojia bilan yakun topadi.

Asarda qashshoq, qorni to‘ygani bayram bo‘lgan koreys odami asosiy qahramon sifatida tanlab olingan. Kambag‘al odam uchun qo‘li ko‘proq pul ko‘rgan kundan omadliroq kun yo‘q, undan baxtliroq odam yo‘q. Bor dard-u tashvishi - qorin to‘ydirish. Kim Chxomji – koreys xalqining ana shunday qatlami hayotini o‘zida aks ettirgan obraz. Demak, XX asr koreys xalqi qay tarzda kun o‘tkazganini ushbu asar orqali osonlikcha bilib olamiz. Ushbu jumlalar bu holni yanada oydinlashtiradi: “Bir oydan beri xotinining yo‘tali to‘xtamasdi. Biroq yeyishga ovqat qolmagach, ular dori-darmon haqida o‘ylashni unutishgandi” “Bu ahmoq xotin chumizani darhol qozonga tashladi va olov yaxshilab yonishini kutmasdan, hali pishmagan bo‘tqani, xuddi birov undan tortib oladigandek, qoshiqsiz, qo‘lida olib yeya boshladi”. Ushbu holatni faqat bir necha kunlab ovqat ta’mini totmagan insondagina kuzatish mumkin.

“Omadli kun” hikoyasi chop etilgan yilga ahamiyatimizni qaratsak. 1924-yil. Koreya hali-hanuz Yaponiya mustamlakasi edi. Tabiiyki, boshqa bir davlatga tobe bo‘lgan hech bir davlatda o‘sish, rivojlanish bo‘lmaydi. O‘z xalqining ijtimoiy hayoti va uni yaxshilash uchun qayg‘ura olmaydi. Bundan tashqari, Yaqoniya, u orqali Yevropaning ta’siri tarixiy asarlarda ko‘p bor ko‘rganimiz “hayoli koreys qizi” obraziga jiddiy putur yetkazdi: “Mijoz izlayotgan Kim Chxomji sochlari yevropacha turmaklangan, egniga manto va baland poshnali tufli kiygan, sobiq kisen yoki buzuq talabani eslatadigan ayolga darhol e’tibor berdi”, “Nihoyat, yomg‘ir ostida turgan manto kiygan bir talaba qizga ko‘zim tushdi . O‘zing bilasan hozir qiz bolani fohishadan ajratib bo‘lmaydi”. Asardan keltirilgan ushbu parcha so‘zimiz isboti o‘rnida. Inson ilm bilan oshno bo‘lmas ekan uning tabiatidagi johillik ortgandan otrib boraveradi. Misol uchun, “Kim Chxomji kasallik degan dushmanni dori bilan boqsang, unga yoqib qoladi va uyingga tanda qurib oladi, deb hisoblardi. Shu sababli xotini o ‘zini shifokorga ko ‘rsatmagan, nima bilan og ‘rishini o ‘zi ham bilasdi.” Bu o‘rinda yozuvchi ana shu masalaga urg‘u berib o‘tmoqchi bo‘lgan. “Bemor” hikoyasida ham xuddi shunday syujet mavjud: “Doktorxona deganda deganda Sotiboldining ko‘z oldiga izvosh va oq podshoning surati solingan 25 so‘mlik pul kelar edi… Bemor kundan kun battar, oxiri o‘sal bo‘ldi. “Ko ‘ngliga armon bo‘lmasin” deb “chilyosin ham qildirishga to ‘g ‘ri keldi.”1(Xuddi bu bemorga yordam beradigandek)

Inson ichi dardga to‘la bo‘ladi-yu, ammo har doim ham u buni oshkor etavermaydi. Uning ko‘zlari, tabassumi, o‘zini tutishi buning mutlaqo aksini ko‘rsatishi ham mumkin. Lekin yorilish, portlash vaqti keladi. Qachon bo‘lsa ham inson ichidagi dardlar ,xuddi, vulqonli tog‘dan otilgan lavadek tashqariga otiladi. Kim Chomjida ham xuddi shunday vaziyat yuz berdi. Oshnasi Chxisam bilan birga may ichgan vaqt u o‘zining aslida qanday inson ekanini, ichidagi dardlarini, “asl qiyofasi” ni oshkor qildi.

Ushbu hikoya og‘ir o‘qiladigan asardir. U inson qalbining eng qorong‘u joyidan o‘rin olgan tuyg‘ular bilan yo‘g‘rilgan. Hayotdan qoniqmaslik, o‘z hayotidan mamnun bo‘lmaslik, pul uchun o‘zining g‘ururidan, xattoki, yaqin insonlar qadridan kechishdek tasvirlar bilan boy bo‘lgan asar o‘quvchining tuyg‘ulariga bosim o‘tkazmasdan qolmaydi. Uni qandaydir horg‘in kayfiyatga solib qo‘yadi.

Endi hikoya nomi va unda kechadigan voqealar o‘rtasida moslik borligi yoki yo‘qligi haqida biroz so‘z yuritsak. “Yozuvchi hikoyaga juda aqlli nom bergan. Bir vaqtning o‘zida bu kun chindan ham omadli kun bo‘lgan, deb o‘ylash mumkin, boshqa tomondan unday tuyulmaydi. Bunday nom o‘quvchini hikoyaga yanada qiziqishini oshiradi va uni oxirigacha o‘qishga undaydi.” 2Bu nom o‘quvchini mulohazaga chorlamay qolmaydi, albatta. Chindan ham omadli kunmi, yoki yo‘q. Bir tarafdan olib qaralsa, ha. Boshqa tomondan o‘ylansa, yo‘q. Nima uchun? Kim Chxomjining qo‘li o‘n kundan beri pul ko‘rmaydi. Ertlabadan ishi yurushdi. Naqd 80 chon ishladi. Endi u to‘yib ovqat yeya oladi, tomog‘ini bir kosa may bilan ho‘llay oladi, kasal yotgan xotiniga bir tovoq sollontxan sotib olishi mumkin. Albbata, omadli kun-da. Axir, kambag‘alning bir to‘ygani – boyigani. Lekin… Lekin, o‘z omadli kunidan mamnun va masrur bo‘lib uyiga qaytyapti-yu, u yerda sodir bo‘lgan voqea hayotini ostin-ustun qilib yuborishidan xabari yo‘q. Xotiniga deb taom sotib oldi-yu, uni yeydigan o‘sha xotini endi bu olamda yo‘qligini bilmaydi. Xotini, oilasi uchun ishlab pul topib keldi-yu, ammo endi bu pullarni uning marakasiga sarflashidan xabari yo‘q.



Xulosa qilib aytganda, hikoya XX asr koreys xalqining ayanchli kunlaridan, cheksiz aziyatlar ichida hayot kechirayotgan (agar uni hayot deb atash mumkin bo‘lsa) xalq haqida xabar beruvchi realistik ruhdagi badiiy asardir. Unda inson hayotidagi eng yomon his-tuyg ‘ular va hodisalar aks etgan.

1 Abdulla Qahhor “Anor” hikoyalar to‘plami. Toshent – 2018. Yoshlar nashriyot uyi.

2 Professor Pak Min Xoning Seul davlat universiteti Koreys tili va adabiyoti kafedrasiga bergan intervyusidan. www.world.kbs.co.kr

Download 80,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish