Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/48
Sana07.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#328686
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
Bog'liq
pedagogika

J. Tulenov, Z. G‘ofurov. 
Falsafa. T., „O‘qituvchi“. 1997- y. 20- bet.


396
TA’LIM JARAYONIDA ILMIY DUNYOQARASHNI
SHAKLLANTIRISH
Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma
davrlarda millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida bo‘lgan.
Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy tarixiy hodisa sifatida doim
vorislik asosida rivojlanadi. O‘tmish dunyoqarashlari yangi davr
dunyoqarashining ildizini tashkil etib, uni hayotbaxsh oziqa
bilan ta’minlab turadi.
Ilmiy dunyoqarashni amalga oshirishda kishi narsa va
buyumning, voqea va hodisalarning ko‘rinib turgan ifodasiga,
shakliga qarab emas, balki ularning ichki mohiyatiga, mazmu-
niga qarab baho berishi kerak. Inson ongini, tafakkurini fayla-
suflar tabiat — materiya rivojlanishining mahsuli deb hisoblay-
dilar. Odamlar tabiat va ijtimoiy turmush hodisalariga ilmiy
nuqtayi nazardan qarashga asoslanib, bir-birlariga bo‘lgan
munosabatlarini vujudga keltiradilar, shu asosda odam o‘zini o‘zi
bilib oladi.
O‘qituvchi o‘quv jarayonida ilmiy dunyoqarashni shakllan-
tiradi. Odam o‘zining butun umri davomida ham dunyoqarashga
doir yangidan-yangi masalalarni hal qilish bilan shug‘ulla-
naveradi.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda badiiy adabiyot — xalq
og‘zaki ijodi, ertaklar, hikoya va qissalarning ahamiyati beqiyos.
Masalan, „Kalila va Dimna“, „Qobusnoma“, „Ming bir ke-
cha“ kabi durdona asarlarda qissa va mantiqiy bilishga tegishli
matallar, ertaklar, hikoyalar baytlar ko‘p bo‘lib, bu ma’naviy
javohirlar yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda
muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilar maktabda ta’lim-tarbiya olish davrida tabiat
fanlarining asoslarini o‘rganish bilan obyektiv dunyodagi pred-
met va hodisalarning rivojlanishi, ularning o‘zaro bog‘lanishi,
harakati haqida bilimga ega bo‘ladilar. O‘quvchilar bu bilimlar
asosida asta-sekin tabiat qonunlarini bilib oladilar. O‘qitish jara-
yonida turli tajribalar qilish va nazariy bilimning amaliy ishlar
bilan bog‘lab borilishi natijasida tabiat qonunlarini bilib, anglab
oladilar. Boshlang‘ich sinflarda „Atrofimizdagi olam“, „Tabiat-
shunoslik“ fanlarini o‘qitish jarayonida, shuningdek, maktab
tajriba yer maydonlaridagi amaliy ishlar mobaynida o‘quvchilar


397
tabiat qonunlari, hodisalari bilan ham nazariy, ham amaliy
tanishadilar.
1- sinf o‘quvchilari tabiatda ro‘y berayotgan hodisalarning
fasllarga bog‘liq ekanligini o‘rganadilar, tabiat hodisalarining
o‘zaro bog‘liqligi haqida elementar bilim va tushunchaga ega
bo‘ladilar. Masalan, ular tabiatni kuzatish orqali kuz kelishi
bilan kunlar sovishini, xazonrezgilikni, hasharotlarning uyquga
kirishini, qushlarning issiq mamlakatlarga uchib ketishini bilib
oladilar. Shuningdek, qishlab qoladigan qushlarni o‘rganish
orqali ularning sovuqda yashashga qanday moslashganliklarini,
nimalar bilan ovqatlanishini bilib oladilar.
Ana shu bilimlar asosida bolalar dunyoning moddiyligini
bilib oladilar. Suv, havo, qattiq jismlarni o‘rganish, ularni
o‘zaro taqqoslab ko‘rish orqali bolalar tabiatdagi hamma mod-
dalarning bo‘shliqda ma’lum o‘rni va o‘z vazni borligini, har bir
modda bizning sezgi organlarimizga ta’sir etishini o‘rganadilar.
Bular bolaga dunyoni anglashni o‘rgatadi, uning haqiqatan ham
mavjudligini asta-sekin anglab olishga yordam beradi.
Olimlarimiz tabiatni doimiy rivojlanishda va o‘zgarishda
ekanligini uqtiradilar. Bu ilmiy dunyoqarashning muhim bel-
gisidir. Buni tushuntirish uchun o‘quvchilar bilan turli kuza-
tishlar olib boriladi. Masalan, I — II sinfda ob-havo kalendari
yuritish, fasllar almashinishi bilan tabiat manzarasining
o‘zgarishi, qurbaqa tuxumidan itbaliqning paydo bo‘lishi, avval
uning oldingi oyoqlari chiqishi, so‘ng vaqt o‘tishi bilan orqa
oyoqlari paydo bo‘lib, dumi yo‘qolib va nihoyat kichkina
baqachaning paydo bo‘lishini kuzatadilar. Bu faktlar orqali
o‘quvchilar tabiatda hamma narsa o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar
tabiiy sabablarga ko‘ra vujudga keladi, degan xulosaga keladilar.
O‘qituvchi tabiatdagi bu o‘zgarish va taraqqiyot faqat tirik
organizmgagina xos bo‘lmay, balki jonsiz tabiatdagi moddalar
o‘zgarishiga ham taalluqli ekanligini ko‘rsatishi lozim. Masalan,
suv sovuqda muzlaydi, muz issiqda eriydi va suvga aylanadi, suv
isitilsa, qaynaydi va bug‘ga aylanadi, bunday o‘zgarish tabiatdagi
boshqa moddalarga ham, chunonchi: mis, temir, qo‘rg‘oshin,
qalay va boshqa metallarga ham taalluqli bo‘lib, ular ham xuddi
shunday o‘zgaradi, ya’ni eritilsa, suyuqlikka aylanadi, sovitilsa,
yana qattiq holatga qaytadi, degan tushunchalar orqali IV sinfda
tabiatdagi moddalarning uch holati haqida umumiy xulosaga
keladilar.


398

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish