Xxiii bob. О zbeksiton Respublikasining Vazirlar Mahkamasi


-§. V a z i r l a r M a h k a m a s i n i n g boshqa hok imi yat tuzil-



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana06.06.2022
Hajmi1,51 Mb.
#640906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
eUUOrDSUABfJdIunQ2JjTfzS6t9Knl2dqVVeLbqk (1)

4-§. V a z i r l a r M a h k a m a s i n i n g boshqa hok imi yat tuzil-
m a l a r i , o r g a n l a r va t a s h k i l o t l a r bilan munosabati
Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlariga 
rahbarlikni amalga oshirar ekan, mavjud barcha turdagi hokimiyat 
tuzilmalari, davlat organlari, tashkilot, muassasalar bilan hamda 
nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, tegishli munosabat­
lar o'rnatadi.
Vazirlar Mahkamasi ning barcha tashkilotlar bilan munosa­
bati o' zaro hamkorlik qilish, hisob berish, bo'ysundirish, nazorat 
qilish shaklida bo'lishi mumkin.
411
www.ziyouz.com kutubxonasi


Vazirlar M a h k a m a s i n i n g O ' z b e k i s t o n Prezi de nt i bilan muno- 
sabati alohida o'ringa ega. P re zi de n t Vazirlar M a h k a m a s i maj- 
lislariga raislik qilish huquqiga ega, yuqorida aytilganidek, uni 
shakllantirishda asosiy rol o' ynaydi. P re zi de n t va Vazirl ar Mahk a­
masi mun os ab at i hisobdorlikka, y a ’ni P r e zi d e nt oldida hisob be­
rishga m a s' u l ekanligiga asoslanadi. Vazirlar M a h k a m a s i asosiy 
masalalarni hal qilishda P rezi de nt bilan masl ah at l as hadi . Prezi­
dent Vazirlar M a h k a m a s i n i n g qaror, farmoyishlarini, Bosh vazir 
farmoyishlarini bekor qilishi mumki n.
Davlat hayotida Vazirlar M a h k a m a s i n i n g Oliy Majlis bilan 
munosabat i alohida ah am iy at g a ega.
Yangi shakllantirilgan Vazirlar M a h k a m a s i O ' z b ek i st o n Res­
publikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O ' z b e k i s t o n Respub­
likasi Oliy Majlisiga ko'rib chiqish uch un o' z vakolatlari davridagi 
faoliyati dasturini taqdim etadi.
Vazirlar M a hk ama s i O 'z beki t on Respublikasini iqtisodiy 
va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, O'zbekiston 
Respublikasi davlat budjetining asosiy ko' rsatkichlarini va un­
ga kiritilgan o'zgartirishlarni ishlab chiqadi h amda O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi ko'rib chiqishi u c h u n t aqdi m etadi.
O' zb ek is to n Respublikasi Oliy Majl isining palatalari Vazirlar 
M a h k a m a s i muayyan a ’zosining o'zi rahbarlik qilayotgan davlat 
yoki xo'jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan 
axborotni eshitishlari hamda zar ur bo' lganda uni i s t e ’foga chiqa­
rish to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ko'rib chiqishi 
uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar M ah ka ma s in in g a ’zolari O 'z b e k i s t o n Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalari majlislarida, pal atal ar ning qo' mitalari maj- 
lislarida hozir bo'lish va axborot berishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majl isining Qonunchilik pa- 
latasi deputatlari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati a zolari tomonidan Vazirlar M a h k a m a s i yoki u n in g muay­
yan a zolari faoliyatiga taalluqli masal alar qo'yilgan taqdirda, 
Bosh vazir shu masalalar yuzasidan z a r ur t us hu nt i ri shl ar olish va 
tushuntirishlar berishga haqli.
412
www.ziyouz.com kutubxonasi


Vazirlar M ah k ama s i O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari qo mitalarining O'zbekiston Respublikasi Hukumati 
faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko'rib chiqadi 
hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar koradi. Tavsiyalar va tak- 
liflarni ko'rib chiqish natijasi haqida hamda ko'rilgan chora-tadbir- 
lar to' g' risida Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalarining tegishli qo'mitalariga kelishilgan muddatda 
m a ’lum qiladi.
Vazirlar M a hk am a si - hukumat tutgan yo'lini va dasturiga 
yoki uni ng ayrim yo'nalishlariga qo'shilmagan siyosiy partiya 
fraksiyalari yoki deputatlar guruhi hukumatga nisbatan o'zini 
muholifot deb e ’lon qilishi mumkin.
K o n s t i t u t s i y a g a kiritilgan oxirgi o'zgartirishlar asosida 
Bosh vazi r va Qonunchilik palatasidagi ixtiloflar doimiy tus 
olsa, bu Bosh vazi rga nisbatan ishonchsizlik votumi bildi ri I ish i- 
ga, u esa Vazi rl ar M a h k am a s i n i n g i s t e ’foga chiqishiga sabab 
bo'ladi.
P a rl a m en t so'roviga javob berish tartibining mavjudligi ham 
Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi munosabatlarini ko'rsatuvchi 
bir holatdir.
O' zbekis ton Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palata- 
sidan, Qonunchilik palatasi deputatlaridan, O'zbekiston Respub­
likasi Oliy Majlisining Senatidan, Senat a ’zosidan O'zbekiston 
Respublikasi Hukumat ining yoki unga bo'ysunuvchi davlat yoxud 
xo'jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir parlament so rovi 
olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O'zbekiston Respublikasi Hu­
kumati a ’zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda О zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida og'za- 
ki yoki yozma javob berishi shart.
Oliy Majlis bilan Vazirlar Mahkamasining munosabati Vazir­
lar M a h ka ma si n in g Oliy Majlis oldida hisobdorligi, mas ulligi
asosiga quriladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika hu­
kumati sifatida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 
bilan mun os ab at o'rnatadi.
413
www.ziyouz.com kutubxonasi


Vazirlar Mahkamasi :
Qor aqalpog' ist on Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan o'zaro 
hamkorlik qiladi, u n in g O ' z b ek i st o n Respublikasi qonunlari, O ' z ­
bekiston Respublikasi Oliy Majl isining h am d a Oliy Majlis pala- 
talarining qarorlari, O 'z b ek is to n Respublikasi Prezidentining 
farmonlari. qarorlari va farmoyishlari h a m d a xo'jalik va ijtimoiy 
madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujj atl ar qand ay ba- 
jarilayotganligi haqida m a ’lumotlarini eshitadi;
Vazirlar M a h k a m a s i n i n g vakolatiga kiruvchi masal alar bo'­
yicha Qor aqalpog' ist on Respublikasi Vazirlar K e ng as hi ni ng tak- 
liflarini ko'rib chiqadi;
vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar h am d a davlat va xo'­
jalik bo shqar uvini ng boshqa organlari t om on id an tarmoqlararo 
va mintaqaviy o' ta m uh i m kompleks das tur lar ni a m a lg a oshirish- 
da Qor aqalpog' ist on Respublikasi huquqlari ga rioya etilishini 
t a ’minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masal alarni hal etadi;
Q o ra q a l p o g ' i s t o n Respublikasi Vazi rl ar K e n g a s h i n i n g O ' z b e ­
kiston Res pu bl i kas ini ng Kon st i tut si yas iga, O ' z b e k i s t o n Res pub ­
likasi qonunlari ga, O 'z b ek is to n Res publi kas i P r ezi de nt in ing
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga h a m d a Va zi rl a r M a h k a ­
m a si n i n g qarorlariga zid bo' lgan qarorlari va f armoyishlarining 
ijro etilishini o'z vakolati doirasida t o ' x t a t i b q o' yis h huquqiga 
ega.
Qoraqalpog' iston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy 
rivojlantirishga, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni 
muxofaza qilishga taalluqli masalalar Vazirlar M a h k a m a s i tomo­
nidan hal etilayotganda Qor aqalpog' ist on Respublikasi Vazirlar 
Kengashining fikri hisobga olinadi.
Vazirlar Ma hk ama s i huzurida Qor aqal pog 'i st on Respublikasi 
Vazirlar Kengashining Doimiy vakolatxonasi faoliyat ko'rsatadi.
Vazirlar Ma hk ama s i Respublikadagi barcha mahalliy ijro or­
ganlari bilan yaqindan mun os ab at o'rnatadi.
Vazirlar Mah kama si o'z vakolatlari doirasida: 
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini 
ta minlash bilan bog'liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimi­
yat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
414
www.ziyouz.com kutubxonasi


viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mah ka­
masi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir 
takliflarini ко rib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmo- 
yishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi, ularning amalga 
oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rah- 
barlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga haqli;
vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda davlat va 
xo jalik boshqaruvi boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent 
s ha ha r hokimlari bilan o'zaro hamkorligini t a ’minlaydi, bunda chi- 
qib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko'r- 
satkichlarini tasdiqlaydi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devoni- 
ning soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlari- 
ga zid bo'lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to'xtatib qo'yish 
hamda ularni bekor qilishga haqli.
Bu mun o sa ba t Vazirlar Mahkamasining rahbarligi, ustunligi 
mahalliy organlarning Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunishi, uning 
oldida hisob berishi prinsiplariga asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi o'z vakolatlariga kiruvchi masalalar 
yuzasidan mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan 
o'zaro hamkorlik qiladi, ularga zarur yordamlar ko'rsatadi.

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish