lari ikki turda: vakillik hokimiyati va ijro hokimiyat i ko'rinishida
bo'lishi mustahkaml andi. Bu hokimiyat tarmoqlari bo'lishi prin
sipini mahalliy miqyosda h am qo' llash oqibati edi. Bu prinsiplar
Konstitutsiya qabul qilinishida va mahalliy ho ki mi yat organlari
tizimi faoliyati belgilanishida e ’tiborga olindi.
Mahalliy hokimiyat or ga nl a ri ni ng vazifalari Konstitutsiyada
belgilangan bo'lsa, uiarni ng shu vazifalarini bajarish u ch u n zarur
vakolatlari, Konst itut si yaning 103-moddasi
asosida qabul qilingan
"Mahalliy davlat hokimiyati t o ' g ' r i s i d a ”gi Q o n u n n i n g 24-mod-
dasida Xalq deputatlari Kengashining, 25- moddas ida Hokimning
vakolatlari alohida-alohida m u s t a h k a m l a b qo' yilgan.
Konst itut si yaning 100-moddasida mahalliy ho kimiyat organ
lari ixtiyoriga "fuqarolik holati aktlarini qavd etishni t a ’minlash”
vazifasi ham kirishi belgilangan. Ular bu vazifani ( mahalli y hokimi
yat organlari) Adliya or ganlar ining hu duddagi bo'lilari faoliyatiga
rahbarlik qilish bilan amalg a oshirar edilar. 2003-yil 1-sentabrda
Vazirlar M ah k a m a s i tomonidan Adliya vazirligi faoliyatini tako-
millashtirish haqidagi qarori bilan t a sdi qlangan
Ni zo md a Adliya
vazirligining hududiy organlari mahalliy ho ki mi ya t da n holi ish
olib borishi belgilandi. S h u n i n g u c hu n fuqarolik holati aktlarini
qayd qilishni t a ’minlash vazifasi mahalliy hok imi yat vazifasiga
kiradi deg an qoida m u a m m o bo'lib qoldi.
“Mahalliy davlat hokimiyati t o ' g ' r i s i d a ”gi q o n u n d a Xalq de
putatlari Kengashi va hokimni vazifasi sifatida davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o'zini o'zi boshqa
rish organlari o'rtasida aloqalarni t a ’minlash,
aholini hududlarni
boshqarishga jalb etishni t a ’minlash vazifasi belgilangan.
Konstitutsiyada mahalliy vakilik hokimiyati organi sifatida
xalq deputatlari Kengashlari belgilandi (99-modda). Bu degani av-
valgi tuzimdagi organ saqlanib qolindi. Faq at uni vazifasi, tarkibi,
tashkil qilish tartibi takomillashtirildi. Mah al l iy Kengashlar av-
valgi tuzimdagi singari partiya qarorlarini
h ay ot g a tatbiq qiluvchi
organdan, haqiqiy davlat hokimiyati organlariga aylantirildi.
Mahalliy Kengashlar tom m a ’nodagi vakillik hokimiyati organi
bo lishi uchun mahalliy miqyosdagi masalalarni hal qilish qobiliyati'
ga, imkoniyatiga ega bo'ladigan darajada vakolatlar bilan t a ’minlandi.
4 2 8
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xalq deputatlari Kengashlarining vakillik xarakterini ularning
aholi tomonidan saylanishi, ularning tarkibida aholi xohish-irodasini
aks
ettiradigan, turli tabaqa vakillarining bo'lishi ko'rsatadi. Mahal
liy Kengashlarga saylovlarning ko'ppartiyaviylik asosida o'tishining
belgilanishi, saylovlarda о zini o'zi boshqarish organlarining ishti
rok etishi vakillik xarakterini yanada kuchliroq, yaqqolroq aks ettir-
di. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini
ifodalashi va o'zlarining demokratik yo'l bilan saylangan vakillari
orqali
davlat hokimiyatini tuzishda, amalga oshirishda ishtirok eti-
shini ko'rsak, ularning ishtiroki xalq deputatlari Kengashlarida va
killik xarakterini yanada yaqqolroq namoyon etadi.
Konst itut si yaning 7-moddasida “Xalq davlat hokimiyatining
birdan-bir manbaidir”, degan qoida mavjud bo'lib, bu mahalliy
davlat hokimiyatiga ham taalluqlidir. Mahalliy davlat hokimiyati
ning manbasi xalq bo'lib, ular bu hokimiyatni amalga oshirishda
undagi o'z vakillari - deputatlar orqali qatnashadi.
Konstitutsiyaning 32-moddasida fuqarolarning davlat va jami
yat ishlarida ishtiroki belgilangan bo'lib,
unga asosan mamlakat
fuqarolari davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita ham
da o'z vakillari orqali ishtirok etadi. Shuning uchun ham saylov
yo'li bilan tashkil qilinadigan xalq deputatlari Kengashlari vakillik
hokimiyatini to'la ifodalay oladi va xalq nomidan harakat qiladi.
Xalq deputatlari Kengashlarida masalalar ко pchilik ovozi
bilan qabul qilinishi, qabul qilinadigan
qaror Ioyihalari xususi-
da deputatlar saylovchilarni xabardor qilib turishi, deputatlarning
o'z faoliyati bo'yicha saylovchilarga axborot berib turishi, say
lovchilarni m unt azam ravishda qabul qilishning uyushtirili-
shi haqidagi
qoidalar va tajribalar, xalq deputatlari Kengashlari
ning vakillik xarakterini ko'rsatib, ularni vakillik organlari sifatida
namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: