Xxii. Suvdan foydalanish rejalarini amalga oshirish va navbat bilan sug’orishni joriy qilish


 Tizimga suv sarfini olish, sug’orish rejalarini bajarilishi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#789714
1   2   3   4   5
Bog'liq
zQNRVNIRzwIZwKhF2DToECV7NknD7cklaQD7JFoH

 
22.2. Tizimga suv sarfini olish, sug’orish rejalarini bajarilishi 
Xo’jaliklarda suvdan foydalanish rejasini pudratchi suvchilar guruhi, dehqon 
va fermerlar amalga oshiradilar. Ular sug’orish tarmog’igaberilgan suvni qabul qilib 
ekin dalalarini sug’orishadi. 
Sug’orish suvidan unumli foydalanish va sug’orish ishlarini uz vaqtida yuqori 
saviyada amalga oshirishda xo’jalik ichi tarmoqlarini, meliorativ texnikani va 
sug’orish maydonlarini suvni qabul qilib, olishga sifatli tayyorlash muhim o’rinda 
turadi. 
Bunda, avvalo sug’orish tarmoqlarini tozalash, ularni va ulardagi inshootlarni 
ta’mirdan chiqarish, sug’orishga oid tashqiliy masalalarni yechish (ish taqsimoti, 
sug’orish texnikasini tayyorligi suvchi operatorlarni malakasini oshirish va 
boshqalar) kerak bo’ladi. 
1.Sug’orish tarmoqlarini, sug’orish texnikasini sug’orish maydonlarini sug’orish 
mavsumiga tayyorlash. 
Tayyorgarlik ishlari sug’orish, zah qochirish va tashlama tarmoqlarini va 
ulardagi Inshootlarni normal texnik xolatga keltirishdan boshlanadi. 
Xo’jalik ichi tarmoqlarida bajariladigan ishlar turi va hajmini aniqlash uchun 
mahsus xay’at tuzilib, bu xay’at a’zolari sug’orish mavsumi tugagach kuzgi-qishgi, 
keyinchalik bahorgi ishlar turkumini aniqlaydi. Kuzgi-qishgi ishlar turkumiga 
asosan: 
sug’orish tarmoqlaridan suvni chiqarib yuborish; 
sug’orish, zax qochirish va tashlama tarmoqlarini va ulardagi Inshootlarni 
ta’mirlash; 
sug’orish va zax qochirish tarmoqlarini loyqa va o’tlardan tozalash; 


barcha meliorativ texnikani konservatsiyalash (kraskalash yoki korroziyaga karshi 
moylash), asbob va jihozlarni yechib olib, mahsus xonalarda qishki davrda saqlash, 
yoki moylab o’rab qo’yish; 
sug’orish dalalarida sho’r yuvish va ekspluatatsion (joriy) tekislash ishlarini amalga 
oshirish. 
Bahorgi ishlar turkimiga: 
xo’jalik ichi tarmoqlarini va Inshootlarni nazorat etib, qaytadan jihozlamoq; 
barcha suv o’lchash Inshootlarida tarirovka ishlarini amalga oshirish,yoki 
tarirovka jadval va grafoydali ish koeffitsiyentlariga aniqliklar kiritish; 
sug’orish dalalarida joriy lozim bo’lganda kapital tekislash ishlarini amalga 
oshirish; 
sug’orish tarmoqlaridan suv sarfini isrof bo’lishiga qarshi tadbirlarni amalga 
oshirish; 
sug’orish zah qochirish va tashlama tarmoqlari va ulardagi Inshootlarni suv 
qabul qilishga tayyorligini tekshirish va aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf 
etish. 
Suvdan foydalanish rejasini tahlil qilish va o’zgartirishlar kiritish. 
Ba’zi bir yillarda xo’jalikga beriladigan haqiqiy suv hajmi rejalashtirilgan suv 
hajmidan quyidagi sabablarga ko’ra keskin farq qilishi mumkin. 
2.Qishloq xo’jalik ekinlarining turi va maydoni rejalashtirilganidan 10% dan 
ortiq hajmda o’zgarganda; 
obi havoning o’zgarishi natijasida sug’orish suviga talabining keskin o’zgarishida; 
sug’orish manbasining sug’oraolish qobiliyati pasayganda; 
sug’orish tizimida ro’y bergan avariya natijasida suv Bilan ta’minlashning uzoq 
vaqt mobaynida kamayganda. 
Bu xolatlarda xo’jalik ichi Suvdan foydalanish rejasiga o’zgartirishlar 
kiritilishi kerak. 
Agarda bunday o’zgarishlar rejalashtirilgan suv sarf qiymati bilan haqiqiy 
suvsarf qiymatlari o’rtasidagi farq 10%dan oshmasa, xo’jalikga beriladigan suv sarfi 


qayta hisoblanmaydi. Maboda farq 10% dan ortsa unda yuqori tashkilotlar bilan 
kelishilgan xolda SFRga o’zgartirishlar kiritiladi va qayta tasdiklanadi. 
Suvni tanqis bo’lishi kutiladigan yillarda Qishloq xo’jalik ekinlarini
hosildorligini keskin kamayib ketishiga yo’l qo’ymaslik nuqtai nazaridan 
ekspluatatsion tadbirlar yordamida ham yechish rejalashtirilishi ko’zda tutiladi, 
ya’ni sug’orish normalarini gektariga 200-300 m
3
/ga kamaytirish va suv tanqisligi 
boshlangunga qadar yuqori sug’orish normalari bilan Qishloq xo’jalik ekinlarini 
sug’orib, tuproqda ko’prok nam to’plash ko’zda tutiladi. 
3.Ekspluatatsion baholash va sug’orish usulini tanlash. 
Sug’orish maydonlaridan samarali foydalanish ko’p jihatdan qabul qilingan 
sug’orish usuli va sug’orish texnikalariga bog’likdir. SHuning uchun ham Suvdan
foydalanish rejasini tuzishda sug’orish rejimi, qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish 
jarayoni texnik imkoniyatlar bilan uzviy bog’lik bo’lishi kerak. 
Sug’orish usullarini tanlashda ekspluatatsion baholash quyidagi asosiy 
ko’rsatgichlar bo’yicha amalga oshiriladi: 
tashlama va chukur filtratsiyalarga yo’l kuymasdan sug’orish, ekin 
maydonlari bo’yicha sug’orish suvini bir tekis taqsimlash va hisobiy qatlamni bir
tekis nomlantirish; 
Qishloq xo’jalik ishlarini (ekish, ekinlarga ishlov berish) bajarishni 
mexanizatsiyalashda qulay sharoitlar yaratilishi; 
kunu-tun sug’orish imkoniyati va suvchilarni sog’ligiga aks ta’sir qilmasdan 
yuqori ish unumiga erishish; 
sug’orish jarayonini va sug’orish tarmoqlarida suv taqsimatini 
mexanizatsiyalash, hamda avtomatlashtirish; 
sug’orish jarayonini kam harajatli bo’lishligini ta’minlash; 
tuproqni ortiqcha zaglanishiga, tuproq strukturasini buzulishiga yo’l kuymaslik va 
tuproq erroziyasini oldini olish; 
tanlangan sug’orish usulini muayyan tabiiy sharoitida qaytaash 
imkoniyatlarini yaratish; 


Agarda hozirgi kunda Respublikamizda qo’llanilayotgan mavjud sug’orish 
usullarini karab chikadigan bo’lsak, ular: yer ustidan, yomg’irlatib, tuproq ichidan, 
yoki ostidan, tomchilatib va purkab sug’orish turlariga bo’linadi. Ular asosan 2 
ko’rinishda, bosimsiz va bosimli sug’orish tizimlari orqali sug’orish dalasiga 
uzatiladi. Tabiiyki bosimsiz sug’orish tizimi iqtisodiy ko’rsatgichlari bo’yicha arzon 
bosimli sug’orish tizimi esa ancha qimmat turadi. SHunga qaramay, ekspluatatsion 
baholash ko’rsatgichlari orqali olib qaralganda bosimsiz tizimlarga asoslangan 
sug’orish usullari kam unumli va katta kamchiliklarga egadir. 
Kelajakda bosimli tizimlar orqali ishlaydigan sug’orish tizimlarini 
(yomg’irlatib,tomchilatib, purkab tuproq ichidan) sug’orish maydonlarida keng 
qo’llanilishi tabiiydir. 
Hozirda xo’jaliklarda qo’llanilayotgan sug’orish usullari asosan yer ustidan 
sug’orish usuli hisoblanadi. 
Bu usullarga ko’ra ekin maydonlari ekinlarning turi, sug’oriladigan maydonni 
rejasi boshqa tabiiy xollarda egatlab, jo’yaklab, yo’laklab va pol (chel) lab amalga 
oshiriladi. 
Bu usullarda suhorishni qo’llashda kam suv isrofgarchiligiga erishish va ish 
unumini oshirish uchun: 
sug’orish texnikasining elementlarini to’g’ri ilmiy asoslangan xolda tanlash 
kerak. Bu elementlarni aniqlash uchun tuproqni suv o’tkazuvchanlik xususiyati, 
sug’orish egatlari yo’nalishi bo’yicha egatning nishablik qiymati aniqlanishi kerak. 
KMK 2 06,03 – 97 bo’yicha tuproqning suv o’tkazuvchanlik harakteristikasi 
va sug’orish egatining nishabligi bo’yicha egatlab sug’orishda sug’orish egatining 
uzunligi l= 40 - 400 metrgacha suv sarfi esa, Q= 0,05 – 1 l/s etib olinishi mumkin. 
Jo’yaklatib sug’orishda. 
Jo’yakning uzunligi l= 175 – 400 metrgacha, suvning sarfi Q= 3,5 – 12,5 l/s
gacha tavsiya qilinadi. 
sug’orishda egatlarga suv tarqatuvchi moslamalarni to’g’ri tanlash. 
Bunday moslamalarning turi hozirgi kunda bir talay bo’lib, suvchilarning 
ishini yengillashtiradi va sug’orishni mexanizatsiyalashtiradi. Bunday turkumga 


kiradigan moslamalardan ochiq sug’orish tarmoqlarida ishlaydiganlariga 
quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
nishabsiz chellarda egatlab sug’orish; 
avtomatlashtirilgan novlar; 
o’zi ishlaydigan naycha sifonlar; 
ko’chma egiluvchan va qattiq naychalar; 
yopiq sug’orish tarmoqlaridan ishlaydigan kuchma egiluvchan va qattiq 
doimiy (qo’zg’almas) naychalar kiradi. 
Yuqoridagilarga rioya qilib, yer ustidan sug’orishda ish unumini oshirishga 
va ish sifatini yaxshilashga olib keladi. Chunki oddiy usuldagi ketmon bilan 
sug’orishda bir suvchi bir quloq suvni (30l/s) boshqara oladi xolos va natijada ish 
unumi 0,1 – 0,3 gektardan oshmaydi. 
Sug’orishda egatlarga suv tarqatuvchi moslamalarni qaytaash bir suvchiga 
150 l/s gacha sug’orish suvini boshqarish imkonini beradi, tabiiyki bunda ish unumi 
ortadi va sug’orishdan keyingi tuproqqa ishlov berishda tuproq donadorligi 
yaxshilanib, nam saqlash imkoni ortadi. 
Xo’jalikda ekinlarni ekishdan oldin sug’orish maydonlarining yuzasi 
tekislangan bo’lishi kerak.
Bu eng muhim agrotexnik omillardan biri hisoblanadi, chunki bu ishni 
bajarmaslik yer ustidan sug’orishni mohiyatini yomon oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. SHuning uchun yer tekislash ishlari va uning mohiyati to’g’risida batafsil 
to’xtalamiz. 
Erni tekislash, suvdan, o’g’itlardan va mexanizatsiya vositalaridan yuqori 
unum bilan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Tekislangan dalalarda o’simlikning 
usishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit vujadga keladi, yaxshi tekislanmagan 
dalalarda esa ekish paytida o’simliklar aniq joylashtirilmaydi, nihollarning yaxshi 
va bir tekis o’nib chiqishi qiyinlashdi sug’orish va undan keyingi qator orolariga 
ishlov berish sifati yomonlashadi, solingan o’g’itning samaradorligi kamayadi. 
Yog’in-sochin va sug’orish suvlari bunday dalalarda juda notekis 
taqsimlanadi. Dung joylardagi ekinlarga nam yetishmaydi bunday yerlarga suv 


chiqishi qiyinlashadi, chiqqan suv ham tuproqka yaxshi shimilmasdan, tez oqib 
ketadi. Pastliklarda esa suv tuplanib qolib, namlik ortib ketadi, o’simliklarni zah 
bosib ildizini chiritadi. Mikrorelefning dung va pastlik joylarida tuproq suv 
rejimining turlicha bo’lishi, uning bir vaqtda yetilmasligiga olib keladi. Buning 
natijasida qator oralariga ishlov berishda tuproq bir tekis ishlanmaydi, ba’zi joylarda 
u yumshatilmay qoladi, boshqa joylarda esa palaxsa va yirik kesaqlar hosil bo’ladi, 
buning oqibatida xaydalgan yer yuzasidan bug’lanish ko’payishi natijasida 
tuproqdagi namni yuqolishi oshib boradi. 
Asosan o’g’itlar dalaga suv bilan taqsimlanadi. yer notekis bo’lganda ozik 
moddalar dalada notekis bo’linadi, bu esa o’simliklarning notekis rivojlanishini yana 
kuchaytiradi. 
Xilma-xil tabiiy va xo’jalik sharoitlarida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni 
ko’rsatdiki, tekislanmagan yerlarda bir gektar maydonga beriladigan sug’orish
normasi ilmiy asoslangan sug’orish rejimidagi miqdorga karaganda 1,5-2 marta 
ortib ketar ekan. yerning pastlik joylarida suvning chukurlikka sizishi oqibitida 
uning bekorga sarf bo’lishidan tashqari, egat pushtasini suv bosadi, kalin katkalok 
hosil bo’ladi, tuproqning havo va issiklik rejimi bo’ziladi. 
Er tekislanmasa, sug’orish tarmoqlarini uzunligini orttirishzaruriyati tug’iladi 
suvchilarning ish unumi keskin kamayadi, sug’orishning tan narxi ortadi va bundan 
tashqari, takomillashtirilgan sug’orish texnikasini joriy qilishga tuskinlik qiladi. 
Meliorativ xolati yomon yerlarda tekislash ishlari tuproq sho’rlanishiga karshi 
kurashda alohida ahamiyatga ega. 
Tekislanmagan, sho’r bosgan tuproqlarda o’simlik kuchatining kalinligi bir tekis 
bo’lmaydi. Eqilgan maydonning 30% gacha qismida o’simlik mutlako bo’lmasligi 
mumkin. O’simlik usmagan joylarning tuprogida juda-ko’p miqdorda tuz bo’ladi. 
Sho’r yuvish va sug’orish vaqtida bunday joylar yetarlicha namlanmaydi, demak, 
yetarlicha sho’ri yuvilmaydi. 
Mikropastliklarda tuproqni mexanik tarkibi ancha og’ir bo’ladi, chunki bu 
yerga tuproqning eng mayda zarrachalarini suv oqibzib keladi. Sug’orish vaqtida 
suv yaxshi shimilmaydi, tuproqning aeratsiyasi, biologik va kiyoviy jarayonlari 


bo’zilib bu yerlardagi o’simliklarni kasallanishiga, xattoki qurib qolishigacha olib 
keladi. Texnik ko’rsatmalarda sug’oriladigan yerlarni tekislashning quyidagi turlari 
kuzda tutiladi: 
Kapital tekislash – sug’oriladigan maydonlarni o’zlashtirishga yoki eskidan 
sug’orilib kelayotgan maydonlardagi sug’orish tarmoqlariniqayta qurishda, ekin 
dalalarining yuzasi kapital tekislanadi. Bunday yer yuzasini tekislash ishlari, loiha 
asosida olib boriladi. 
Joriy (ekspluatatsiya) tekislash – yerning kapital tekislashda hosil qilingan 
tekisligini saqlab qolish maqsadida agrotexnika tadbiri sifatida ekinlarni ekishdan 
oldin muntazam o’tkazilib turiladi, bunda tuproqka ishlov berishda hosil bo’lgan
unkir-cho’nqirlar yo’qotiladi. Joriy tekislash xo’jalik ishlab chiqarish harajatlari 
hisobiga bajariladi. 
Yuqorida aytganimizdek, kapital tekislash loyiha asosida, joriy tekislash esa 
loyihasiz bajariladi. Egat olib, yoki jo’yaklab sug’orishda tekislik yuzasining nishab 
bo’lishi, bostirib sug’orishda esa nishabsiz bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 
Egat olib sug’orishda yuza nishabligi bir xil bo’lishligi va egatlarning o’zani 
erroziyaga uchramasligi kerak. 
Sug’oriladigan maydonlarni kapital tekislashni loyihalashda ko’rinishdagi 
yuzalar bo’ladi: 
nishabsiz (gorizontal) yuza; 
ikki tomonlama nishabli yuza; 
topografoydali ish koeffitsiyent yuza bo’yicha yer tekislashni loyihalash ishlari 
amalga oshiriladi. 
Er tekislash ishlarini bajarishdan oldin topografoydali ish koeffitsiyent-
geodezik ishlar bajariladi, bu ishlar loyihadagi ma’lumotlarni dalaga ko’chirish, 
tuproq surish ishlarining olib borilishini nazorat qilish va bu ishlar tugagach, ularni 
qabul qilib olishdan iboratdir. Bunda, loyihalash ishlari dala yuzasini 20x20 m 
kvadratlari markazida (o’rtasida) ko’rsatilgan va sathining tabiiy va loyihaviy hamda 
ishchi balandliklari tushirilgan 1:2000 masshtabli, 0,25 m oralatib gorizontallar 


o’tkazilgan topografoydali ish koeffitsiyent planlari bo’yicha bajariladi. Loyihada 
va planda quyidagi ma’lumotlar bo’ladi: 
tuproqni kesib olish va uni tukish miqdori; 
er surish ishlarini hajmi; 
tuproqni surish marshruti va masofasi; 
tekislash ishlarini bajaradigan texnika; 
umumiy ishlar qiymatini aniqlash ko’rsatiladi. 
Sug’oriladigan yerlarni tekislashdagi ishlar quyidagi tartibda bajariladi. 
Maydon yuzasini tekislashga tayyorlash (eski sug’orish tarmoqlari zovurlar suv 
tashlash tarmoqlarini ko’rinib to’rgan ayrim chukurliklarni, eski dambalarni va 
boshqa baland pastliklarni ko’mib tashlash. 
Tekislanadigan maydonda belgilar va boshqa nishonlarni qo’yib chiqish, 
tekislanadigan maydon yuzasini yumshatish va uni kesib olingan joyidan 
pastliklarga surish yoki to’kish bo’yicha skreperlar va buldozerlar tanlash.
Ularni yaxshi ishlashi uchun sharoit yaratish, tekislangan yuzani keng kamrovli 
tekislagichlar yordamida bir yo’la tekislash. 
Kapital tekislashdan so’ng ekin maydonlarini unumdorligini tez tiklanishi 
uchun tuproq kesib olingan joylarga mineral va organiq o’g’itlarni ortiqcha norma 
bilan solish tavsiya etiladi. Bunda organiq ugatlarning, jumladan, chirigan 
go’ngning roli ayniqsa, kattadir, bunday xollarda ularga gektariga kamida 10 tonna 
chirigan go’ng solish tavsiya etiladi. 
Tekislash ishlarida tuproq unumdorligini saqlab qolish tekislash ishlarini 
bajarish davrida inobatga olinib, hosildor qatlam qirqib olinib bir chetga to’planadi, 
tekislash ishlari bajarilib bo’lgandan so’ng qayta to’kiladi. 
Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki yer ustidan sug’orishda 
albatta yer yuzasi tekis bo’lishligi kerak ekan, aks xolda sug’orishda ish unumi, 
sug’orish tarmoqlarini foydali ish koeffitsiyenti va sug’orishni sifati past 
ko’rsatgichlarga ega bo’ladi. 
Sug’orish suvini ortiqcha isrofgarchiligini kamaytirish sug’orish sifatini 
yaxshilash, uni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, mexanizmlarni, ish unumini 


oshirish uchun bosimli sug’orish tizimlaridan ya’ni yomg’irlatib, tomchilatib, toprok 
ichidan va purkab sug’orish usullari qo’llaniladi. 
Tabiiyki bu sug’orish, usullari qo’llanilganda, qabul qilingan sug’orish 
texnikalarining texnik ko’rsatgichlari va sug’orishdagi ish unumdorligini oshishi 
SFRsiga o’zgartirishlar kiritishni talab qiladi. 
Ma’lumki ekin maydonlarini sug’orishda har bir usulni o’zini qo’llanish 
chegaralari va imkoniyatlari mavjud. Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirishda 
iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan quyilgan vazifalardan kelib chiqib baholash 
ishlari amalga oshiriladi va sug’orish usuli tanlab olinadi. 
Sug’orish ishlarini amalga oshirish avvalo sug’orish dalalarini sug’orish 
uchun tayyorlash va sug’orish texnikasini hozirlashdan boshlanadi.
Bu ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
Sug’orish dalalarini joriy tekislash. 
Qishloq xo’jalik ekinlarini ekish, tuproqka agrotexnik talabalar bo’yicha ishlov 
berish va ekinlarga o’z vaqtida o’g’itlar berish. 
Qabul qilingan sug’orish texnikasini turiga karab: 
suvchi-operatorlarni malakasini tekshirib qurish, va ularni qayta o’qitish, kerakli 
anjomlar bilan (er ustidan sug’orishda ketmon, oyoq kiyim, fonus, sifon, 
yomg’irlatib sug’orishda mahsus kiyim, tomchilatib sug’orishda kompyuter va 
xokazo) ta’minlash; 
muvaqqat sug’orish tarmoqlarini olish (kesish), sug’orishda qo’llaniladigan 
jihozlarni muvaqqat ariq va sug’orish egatlari bo’ylab tarqatish; 
sug’orish texnikalarini sug’orishga tayyorlash (sug’orishga shay qilib quyish). 
Sug’orish ishlarini bajarishni ikkinchi bosqichi sug’orishni amalga oshirish. 
Buning uchun sug’orish tizimlari orkali suv sug’orish texnikasi yordamida 
o’simlikning ildiz qatlamiga uzatilib suv oqimi xolatidan tuproqni nam xolatiga 
aylantiriladi. Bunda suvni tarqatish tartibi sug’orish usuli va texnikasiga bog’liq 
bo’lib, sug’orish yer ustidan egatlab amalga oshirilganda, suv muvaqqat ariqlardan 
o’q ariqlarga tushib ularni to’ldirish bilan suvni har bir sug’orish egatiga suv tarovchi 
jihozlar yordamida (chim, tselofan, qog’oz, trubka sifon) beriladi.


Sug’orish texnikasi, quvurlar yoki novlar bo’lganda sug’orish suv ularga to’liq 
berilib, egatlarga ularda mahsus o’rnatilgan teshiklardan avtomatik ravishda 
tarqatiladi. 
Sug’orish texnikasi sifatida yomg’irlatib sug’orish agregati (mashinasi, 
qurilmasi) qo’llanilganda, ularni xiliga qarab suv muvaqqat ariq yoki doimiy 
tarmoqdan uzatiladi. Agregatlar suvni harakatda yoki turgan joyida ekin maydoniga 
yomg’ir tarzida sepadi. Bunda suvchi-operator tuproqni suv shimuvchanlik 
qobiliyatidan kelib chiqqan xolda kerakli sug’orish normasini berish uchun bir necha 
marta qaytadan sepishi mumkin bo’ladi. 
YOmg’irlatib sug’orishda suvchi-operator sug’oriladigan maydonda suvni 
ko’lmak sifatida turib qolishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Sepiladigan yomg’irni 
intensivligi sug’oriladigan maydondagi tuproqni suvni shimish qobiliyatiga to’g’ri 
kelishi kerak. Aks holda sug’orish sifatli bo’lmaydi, dalada ko’lmak va oqava hosil 
bo’lishi bilan bu maydonda sug’orish to’xtatilib, yomg’irlatib sug’orish agregati 
boshqa pozitsiyaga ko’chiriladi. 
Tomchilatib sug’orishda suv dalaga har 2-3 kunda beriladi sug’orish dala 
maydonining bu davrda parlatgan suv hajmiga teng miqdorda uzatiladi. Bu jarayonni 
asosan suvchi-operator nazorat qiladi, ishni kompyuter boshqaradi. 
Sug’orish jarayonida asosan quyidagi talablarga rioya qilish kerak. 
1. Ekinlarni sug’organda xo’jalikni maydoni bir chetdan, xo’jalikga berilgan 
suv sarfini bo’laklarga bo’lmasdan, sug’orishni amalga oshirish. 
Sug’orish uchun beriladigan suv sarfi miqdori, sug’orishda qo’llanilayotgan 
texnikaning suv sarfi miqdoriga mos kelishligi. 
Sug’orish maydonini sug’orish 2 kundan oshmasligini ta’minlash va sug’orishdan 
so’nggi tuproqqa ishlov berishni uzluksizligini ta’minlash, hamda sug’orish 
texnikasining ish unumi bilan sug’orishdan keyingi tuproqqa ishlov beruvchi 
mexanizmni ish unumdorligini o’zaro mos bo’lishligi. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish