Nisa qarorlari («Nisa-Konstantinopol kredosi" deb ham ataladi) - xristianlarning meilodiy 325 yili Nisa shahrida e'tiqod haqidagi yakkayu yagona kredosidir. Uni roman-katolik, sharqiy pravoslav, anglikan va aksariyat protestant cherkovlarigina qabul qilgan. Havoriylar va Afanasiy aqidalarini ba'zi bir cherkovlar qabul qilgan, qolganlari qabul qilmagan. - Tarj.
Bart, Karl (1886-1968) - shveytsariyalik ilohiyotshunos, liberal ratsionalizmga qarshi bo‘lgan dialektik ilohiyotshunoslikni targ‘ib qilgan. "Xudo va ilohiyotshunoslik so‘zi" (1924), "Ilohiyotshunoslik va cherkov" (1928), "Kredo" (1935) singari asarlar muallifi. - Tarj.
Ortodoksiya [< yunon. orthodoxos taqvodor] - biror ta'limot, dunyoqarashga izchil, og‘ishmay amal qilish. - Tarj.
Unitar [fr. unitaire < lat. ūnitās birlik] - yagona, birlashgan, bir butunni tashkil etuvchi (masalan, davlatning yaxlitligi, federal sub'ektlarga bo‘linmasligi). - Tarj.
Pelagiylik - 5-asrning boshlarida O'rta Yer dengizi mamlakatlarida tarqalgan xristian rohibi
Pelagiy ta'limoti (Pelagius, taxminan 360 yilda tug‘ilgan va 418 yildan so‘ng vafot etgan),
Avgustinning xudoning marhamati va taqdiri azal xususidagi kontseptsiyasidan farqli o‘laroq, insonning najot topishini o‘zining axloqiy va taqvodorlik borasidagi sa'y-harakatlariga bog‘liq, deb hisoblagan, shuning barobarida "ibtidoiy" gunohning avloddan-avlodga o‘tuvchi kuchini rad etgan. Pelagiylik 431 yili 3-umumjahon jomesida zindiqiylik sifatida qoralangan. - Tarj.
Jomni izlash (ingl. grail kosa, jom) - 1. O'rta asrlar afsonasiga ko‘ra, go‘yo Iso so‘ngga marta kechki ovqatni o‘sha kosa yoki likopchadan yegan. Shuning uchun ritsarlar o‘sha idishni izlashadi. 2. Uzoq va mushkul bo‘lgan izlash. - Tarj.
Yevxaristiya [yunon. eucharistia aynan minnatdorlik bildirish] - xristianlikning yettita siridan bittasi bo‘lgan prichashchenie. - Tarj.
Troitsa (rus.) - xristian dinida Ota xudo, O'g‘il xudo va muqaddas ruh - uchlikdan iborat bir xudo. - Tarj.
Michael Bauman, Milton's Arianism (Frankfurt am Main: P. Lang, 1987). Miltonning troitsaga e'tirozi uning bitiklarida mavjud bo‘lmagani, inkarnatsiyaga e'tirozi esa «tug‘ilgan xudo bo‘lishi mumkin emas», degan qarashdan iborat. So‘nggi da'vo keyinchalik vujudga kelgan ingliz unitarianizmi (Reformatsiya davrida paydo bo‘lgan diniy harakat)da ko‘zga tashlanadi. U ilohiy mohiyatning mavhumligidan bahs yuritadi.
Don M. Wolfe (ed.), Complete Prose Works of John Milton (New Haven and London: Yale University Press, 1953-1983), I, 299, cited in Nabil Matar, Islam in Britain 1558-1685 (Cambridge: Cambridge University Press, 1998), 87.
Do'stlaringiz bilan baham: |