bog‘liqdir. Internet tarmoqlariga ulanuvchi kanallar xajmining oshishi
o‘z navbatida foydalanuvchilarga multimediyalardan foydalanish
imkonini beradi. Bu esa tarmoqqa ulanuvchi operatorlarni sonini
oshirishga majbur qiladi va natijada kanallar
soni singari ularning
uzatish tezliklari ham oshadi. Bunday tezliklardan foydalanish uchun
STM-64, STM-256 texnologiyalari yaratildi. Lekin ma‘lumotlarni
uzatish xajmining yanada oshishi va o‘tkazuvchanlik qobiliyatining
mavjud bo‘lgan optik tolalar orqali tez to‘lishi yana muammolarni
yuzaga keltirdi.
Bunday muammolarni hal qilish uchun esa 3 variantdan
foydalanishga to‘g‘ri keladi:
- yangi optik kabellarni yotqizish;
- vaqtli multipleksorlashga ega bo‘lgan apparaturalardan
foydalanish;
- WDM texnologiyalaridan foydalanish.
Birinchi variantda tarmoqdagi mavjud bo‘lgan
optik kabellarni
o‘rniga yangisini yotqizish iqtisodiy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Ikkinchi variantda esa, yotqizilgan optik kabellar orqali STM-64,
STM-256 kabi texnologiyalarning yuqori tezlikli oqimlarini uzatish
mumkin. Umuman bunday tezliklarda eng asosiy vazifani signalning aks
qaytishi va polyarizatsion modali dispersiya amalga oshiradi.
Dispersiya‘ni sozlash uchun, manfiy qiymatga ega bo‘lgan tolali optik
kabelning bir bo‘lagidan foydalaniladi.
Shuningdek, uzatish tezligining
oshishi bilan yorug‘lik oqimining so‘nishi oshadi va foto qabul
qilgichning sezuvchanligini pasaytiradi, ya‘ni, xatolikning paydo bo‘lish
chastotasi belgilangan chegaraga mos keladi, bu esa kirish signalining
minimal quvvatini oshiradi. Qabul qilinadigan
signalni yetarli quvvat
bilan ta‘minlash uchun qo‘shimcha ravishda kuchaytirgich va
regeneratorlarni joylashtirishga to‘g‘ri keladi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan optik multipleksorlash (WDM
Wavelength Division Multiplexing), optik zichlashtirish bo‘yicha yangi
texnologiyalardan hisoblanadi. Quyidagi 5.2-rasmda bir optik tola orqali
bir necha alohida to‘lqin uzunliklaridagi optik aloqa kanallari tashkil
qilinishini ko‘rish mumkin.
5.2-rasm. Bir optik tola orqali bir necha alohida to‘lqin
uzunliklaridagi aloqa kanallari tashkil qilinishi
WDM ning ishlaprintsipial sxemasi juda oddiy. Bunday
texnologiyada bir tola orqali SDH ning bir nechta optik kanalini uzatish
uchun, signallarning optik to‘lqin uzunligi o‘zgartiriladi,
multipleksor
yordamida ular aralashtiriladi va optik liniyaga beriladi. Qabul kiluvchi
punktda teskari jarayon amalga oshadi. Quyidagi 5.3-rasmda WDM
texnologiyasini amalga oshirishning eng asosiy qurilmalari bo‘lgan
optik multipleksor va demultipleksorlarini ishlash prinsipi ko‘rsatilgan.
5.3-rasm. DWDMning optik multipleksor va demultipleksorlarini
ishlash printsipi
Hozirgi paytda WDM, ma‘lumotlarni uzatuvchi analog tizimlar
uchun chastota bo‘yicha multipleksorlash (FDM), kabi optik sinxron
tizimlarda ham xuddi shunday vazifani o‘taydi.
Shu sababli WDM li
tizimlar, chastota bo‘yicha optik multipleksorlovchi (OFDM) tizimlar
nomini oldi. Lekin bunday texnologiyalar bir-biridan keskin farq qiladi.
FDM da bir yon chastota oralig‘iga ega bo‘lgan amplitudaviy
modulyatsiyalash mexanizmi qo‘llaniladi. OFDM modulyatsiya
mexanizmida esa, tashuvchi chastotalar alohida manbalar (lazerlar)da
ishlab chiqiladi. Bunday signallar bitta ko‘p chastotali signalga
multipleksorlar yordamida birlashtiriladi.
Uning har bir tashkil
topuvchisi (tashuvchisi) turli sinxron texnologiyalar qonuni bo‘yicha
shakllangan raqamli signallarning oqimlarini uzatishi mumkin. Masalan
bitta tashuvchi ATM trafikni, boshqasi SDH ni, uchinchisi esa PDH ni
uzatishi mumkin. Buning uchun tashuvchi uzatuvchi trafikka mos
keluvchi raqamli signal bilan modulyatsiyalanadi.