9.3. Optik abonent kirish tarmoqlarini qurish
9.3.1. FTTC Yer osti plastik kanalizatsiya tizimi
Plastik kanalizatsiya‘ni qurilishi uchun plastik quduqlar va platik
kuzatuv uskunalaridan foydalaniladi. Tarmoqlar va quduqlarni ulash
uchun ximoyalangan politilin trubalar ishlatiladi. Ikki qatlamli gof
trubalar ishlatiladi (9.8-rasm). Abonentlarga diametri 25-32 mm bo‗lgan
XPT (ximoyalangan politilin truba) trubalar ishlatiladi. Taqsimlvchi
tugun katta xajmli beton quduq yoki shkaflarda joylashgan bo‗ladi.
Ulash muftalari, tarmoqlanish muftalari va abonent ulanish muftalari
ixcham plastik optik kameralarda joylashadi. Plastik kanalizatsiyalar
qrish uchun GNB usulidan foydalaniladi, chunki bu qurib bitkazilgan
binolarda Yer ishlarini osonlashtiradi.
9.8-rasm Plastik kanalizatsiyalar va ikki qatlamli gof trubalar
9.3.2. FTTC Yer osti mikrokanalli kanalizatsiya tizimi
Misrokanalizatsiya faqatgina optik kabellar uchun ishlatiladi. Bu
Yer osti optik kabel tizimini qurishning eng samarali usullaridan bir
xisoblanadi. Misrokanalizatsiya diametri 5-10 mm bo‗lgan quvurlardan
tashkil topgan. Bir quvur aloxida bir abonentga yoki kichiq abonentlar
guruxiga xizmat ko‗rsatishi uchun ajratiladi. Quvurlarni,bu 5mm
standart bo‗lsa kabellarga yig‗ib ko‗cha bo‗ylab Yerga (gruntga)
yotqizib chiqiladi. Ko‗p quvurli kabellarga qutilar (karobkalar)
o‗rantiladi. Abonent inshootlari yoki abonent uchastkalar guruxi
yaqinida ulanish tuguni yotqizilgan. Bo‗sh mikrokanalizatsiya oson
tozalanadi va kerakli paytda mukammallashtiriladi. Tolali modullar
trubalarga pnevmo yotqizish (vudovorish) usuli bilan bir yo‗nalishga 1
kmgacha
yotqiziladi.
Mikrokanalizatsiya
oraliqlarda
kuzatuv
moslamalariga ega emas. Taqsimlash tuguni va abonent ulanish tuguni
o‗rtasidagi xammasi bu ko‗p quvurli kabellar, tarmoqlash karobkalari,
bir quvurli kabellar, quvurlar ulanish uchun muftalar – xammasi Yerda
(gruntda) joylashgan. Mmikroquvurli kabellar 1dan 24 tagacha bo‗lgan
mikrokabellarni o‗z ichiga olishi mumkin. Modullar 2-12 tagacha tolani
o‗z ichiga oladi, 1 mm ga yaqin diametrga ega. Pnevmo yotqizish uchun
kerak bo‗ladigan barcha anjom jixozlar xetchbeka
saloniga joylashtirish
mumkin. Mikrokanalizatsiya yuqori tamirlanish yaroqligi darajasiga ega.
Agar mikrokanalizatsiya tarqatish uzeli va abonent ulanish uzellari
orasida qo‗llanilsa u xolda XPQ (ximoyalangan politilin quvur)ushbu
optik drop kabelning uchastkasi ikki taraflama razryomga ega bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |