tasvirlanganidek maydoniy to‗lqinlar Yer yuzasi va atmosferaning
yuqori qatlamlaridan askslanib tarqalishi (2) yoki ionosferadan akslanib
tarqalishi (3) mumkin.
2.1-rasm. Turli to‗lqinlarning tarqalish hususiyatlari
Shunday
tushunchalar borki, radio to‗lqinning to‗lqin uzunligi
qanchalik katta bo‗lsa, (chastotasi past bo‗lsa) uning tarqalish masofasi
shunchalik katta bo‗ladi. Bunday to‗lqinlarni Yer sirtidagi tabiiy va
sun‘iy to‗siqlarni aylanib o‗tish imkoniyati shunchalik katta bo‗ladi.
Aksincha, to‗lqin uzunligi qanchalik (chastotasi katta) kichiq bo‗lsa,
tarqalish masofasi shunchalik kichiq bo‗ladi.
Shuningdek, radio
to‗lqinning chastotasi ortgan sari u to‗g‗ri chiziq bo‗ylab tarqala
boshlaydi.
Sirt to‗lqinlariga misol qilib, uzun to‗lqinlarni keltirish mumkin.
Ular Yer va suv yuzasi bo‗ylab
tarqaladi, ionosferaga deyarli yetib
bormaydi. Bunday to‗lqinlardan asosan dengiz aloqa tizimlarida
foydalaniladi. Chunki, bunday sirt to‗lqinlaridan foydalangan holda
radio
aloqa tizim tashkil qilinganda, amaliy jihatidan dengizning
ixtiyoriy nuqtasida aloqa imkoniy bo‗ladi.
O‗rta to‗lqinlar esa Yer va suv sirti bo‗ylab, shuningdek
ionosferadan akslanib tarqaladi.
Qisqa to‗lqinlar esa ―sakrab‖ tarqaladi, ya'ni
ular Yer sirti va
ionosferadan davriy ravishda akslanib tarqaladi. Ultraqisqa to‗lqindar va
boshqa yuqori chastotali to‗lqinlar to‗g‗ri chiziqli liniya bo‗ylab
tarqaladi. Ular Yer sirti bo‗ylab og‗ib tarqalish xususiyatiga ega amas va
ular uchun ionosfera qatlami shaffofdir.
Ultra qisqa to‗lqinlardan bugungi kunda impulsli radiolokatsiya
tizimlari, sun‘iy yo‗ldoshli aloqa tizimlarida qo‗llanilib kelinmoqda.
Shuningdek radio relyeli aloqa
tizimlarida, Yer usti radio va uyali aloqa
tizimlarida, troposferali aloqa tizimlarida foydalanilib kelinmoqda.
Radio
lokatsiya
tizimlaridan
ultra
qisqa
to‗lqinlardan
foydalanishning asosiy afzalligi, bunday to‗lqinlar to‗g‗ri chiziqli liniya
bo‗ylab tarqalganligi uchun havodagi obyektning aniq koordinatasini
aniqlashga imkon beradi. Sun'iy yo‗ldoshli aloqa tizimlarida
qo‗llanilishining asosiy sabablaridan biri atmosferaning
yuqori qatlami
UKV diapazonidagi radio to‗lqinlar uchun shaffof xisoblanadi va
bunday diapazondagi radio to‗lqinlar bu qatlamlarni ortiqcha
yo‗qotishlarsiz kesib o‗tishi mumkin. Bugungi kunda Yer usti radio
aloqa tizimlarida, uyali aloqa tizimlari va televideniya tizimlarida
qo‗llanilishining asosiy sababi radio to‗lqinning chastotasi qanchalik
yuqori bo‗lsa ular yordamida keng polosali aloqa kanallarini xosil qilish
imkoniyati ortadi va radio aloqa tizimi orqali uzatiluvchi xizmatlarning
sifati ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: