Xx bo‘lim. Aylanmadan olinadigan soliq 66-bob. Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash


-modda. Alohida-alohida hisob yuritish



Download 28,35 Kb.
bet7/7
Sana13.06.2022
Hajmi28,35 Kb.
#665421
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XX Bo\'lim Aylanmadan olinadigan soliq 461-470-ßΓáΓ∩½áα

468-modda. Alohida-alohida hisob yuritish
Turli soliq solish obyektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliqni to‘lashi shart.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq to‘lovchilarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeks 297-moddasi uchinchi qismining 4, 5, 6, 10, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 21, 22, 23, 25 va 27-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga soliq to‘lovchining hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha soliq solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 297-moddasi.
Hisobot (soliq) davrida ushbu Kodeks 467-moddasining 2 — 14-bandlarida ko‘rsatilgan faoliyat turlari mavjud bo‘lmaganda, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlarga ushbu Kodeks 467-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 467-moddasi.
469-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Kalendar yil soliq davridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Bir oy hisobot davridir.
(469-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.
470-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil aniqlanadi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo‘yicha — hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davridan keyingi davrning 15-fevralidan kechiktirmay;
Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliqni to‘lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning II-bo‘limi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 Umumdavlat soliqlari]
Oldingi tahrirga qarang.
Download 28,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish