Xx asrning oxirgi o’n yilligi va XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlar. Reja: Kirish. I bob. “Sovuq urush” barham topgandan keyin xalqaro maydonda yuz bergan jarayonlar


Diniy ekstremizm va transmilliy terrorizmga qarshi kurash



Download 167,69 Kb.
bet26/27
Sana08.05.2021
Hajmi167,69 Kb.
#63680
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
diplom ishi Ahrorjon

3.2. Diniy ekstremizm va transmilliy terrorizmga qarshi kurash.

Terrorizm zamonamizning eng xavfli va murakkab hodisalari sirasiga kiradi. Terroristik harakatlar ko’pgina hollarda kishilarning ommaviy qurbon bo’lishiga, qaytib tiklash mushkul bo’lgan moddiy va madaviy qadriyatlarning poymol etilishiga olib kelmoqda, davlatlar o’rtasida dushmanlikning tug’ilishi uchun zamin hozirlamoqda, urushlar, urushlar, ijtimoiy va etnik guruhlar o’rtasida o’zaro ishonchsizlik va bir-biriga nafrat hissini uyg’otmoqda. Terrorizm qurquvni yuzaga keltirmoqda va kuch ishlatishning boshqa shakllariga nisbatan yuqori darajadagi tahdidli xavf-xatar hissiyotini shakllantirmoqda. Terroristlar muzokaralar va ogohlantirishlarsiz begunoh aholi ustidan zarbalar yog’dirmoqda. AQSh davlat departamentining terrorizm bilan kurash bo’yicha muvofiqlashtiruvchi elchisi Uilsoksning tan olib aytishicha, ko’pgina mamlakatlar hukumatlari, xususan, AQSh hukumati ham o’zini kuch ishlatishning barcha shakllaridan himoya qila oladi, biroq terroristik harakatlar oldida o’zlarini himoyasiz xis etadilar. Terroristlar buni anglamoqda va o’zlarining siyosiy rejalarini amalga oshirish maqsadida qo’rqitish yo’liga o’tmoqdalar. Qotillik – faqatgina ushbu maqsadlarga erishish vositasi. Qurquv va tahlika holatini yuzaga keltirish yo’li bilan terroristlar hukumatlarning o’z fuqorolarini himoya qilishga qurbi yetmasligini namoyon etib, ularni zaiflashtirishga, obro’sini tushirishga va o’zlariga yon berishga majbur etishga urinmoqda124.

XX asr oxiri – XXI asr boshida terroristik harakatlar faoliyatining vositalari va usullarida amaliy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Jangari tashkilotlarga yuqori mahorat va oliy ma’lumotga ega ziyolilarning ba’zi qismlari jalb etilishi natijasida zamonaviy ilg’or texnologiyalar terrorizm xizmatiga taqdim etildi. Shu bilan bog’liq ravishda ommaviy qirg’in qurollarining ishlab chiqarilishi va teraktlar paytida qo’llanilishi xavfi oshdi125.

Ichki va tashqi terrorizm chegaralarining yo’qolishini zamonaviy terrorizmning asosiy farqli jihati deb atash mumkin. Zamonaviy dunyoda jinoiy faoliyatlar, ozodlik va ayirmachilik harakatlari, guruhlari tarafdorlari terrorizm bilan bog’lanmoqda126.

Terrorizm paydo bo’lishi sabablarining ko’pgina tasniflari mavjud, bunda bir qancha sabablar keltiriladi: huquqiy, psixologik, iqtisodiy, diniy va bir necha o’n yilliklar davomida shakllanib kelayotgan hamda terrorizmni yuzaga chiqarayotgan boshqa hodisalar va jarayonlar. Biroq bugungi kunda terrorizmning bir qancha sabablari alohida ajratiladi: ijtimoiy-iqtisodiy; siyosiy; diniy127.

Terrorizmning ham davlat, ham qonunchilik darajasida muhim iqtisodiy masalalarning hal etilmaganligini anglatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy sabablari mavjud. Bular hukumatning kuchsizligi, terroristlarni qo’lga olishda va zararsizlantirishda huquqni muhofaza etuvchi organlarning o’z vaqtida harakatlana olmasligidir.

Siyosiy terrorizm sovuq urush davrida AQSh va SSSR ning bir necha o’n yillar davomidagi qarama-qarshiligi davrida yuzaga keldi. Terrorizmning mazkur turi uning davlat siyosati darajasiga qo’yilishi, harbiy, texnikaviy, iqtisodiy va boshqa ko’plab davlat resurslaridan foydalanish orqali boshqa davlatlar va tashkilotlarga qarshi harakatlarga tayyorlanishni anglatishi bilan xavflidir. Davlatlar manfaatlarining to’qnashuvini mamlakatlar ichidagi siyosiy munosabatlarning keskinlashuvi, terrorizmning davlat darajasida qo’llab-quvvatlanishi (Afg’oniston, Iroq va boshqalar) ning asosiy sababi deyish mumkin128.

Hamda uchinchi sabab –diniy sabab bo’lib, bu eng nozik masala hisoblanadi. Unutmaslik lozimki, terroristlar birinchi navbatda kuchlar notengligi mavjud bo’lgan joyda paydo bo’ladi va ularning eng zaif tomoni , teng shart-sharoitda ochiq qurolli kurash olib bora olmaydi (Kavkaz, Afg’oniston va boshqa hududlarda). O’zining davomiyligi bilan har gal yanada ko’proq ishtirokchilarni jalb etishi sababli bu kabi nizolar anchayi xavflidir. Ma’lumki, din va millat mustahkam aloqaga ega: milliy qadriyatlar, madaniyat – bularning barchasi ekstremizmning yuzaga kelishiga ta’sir etishi mumkin, biroq dinning o’zi terrorizmning rivojlanishi xavfini olib kelmaydi, bunday xavfni mamlakat siyosati yuzaga keltiradi, masalan, Amerika xalqaro huquqni buzib, Iroq hududida harbiy harakatlarni boshlaganda, uning ushbu mamlakat hududidagi harakatlari buning yaqqol isbotidir. Murakkablashgan holatda Iroq hududida nafaqat Amerika harbiylari, balki iroqliklarning o’zini ham qiyin holatga solgan, zo’ravonlik ortidan zo’ravonlikni yuzaga keltirgan terroristic harakatning oldin kuzatilmagan o’sishi qayd etildi.

Zamonaviy dunyo tartiboti, afsuski, oldingidek, kuch ishlatishga, birinchi navbatda harbiy kuchga tayanmoqda, xalqaro masalalarni hal etish, terrorizm bilan kurash asosan harbiy usullar bilan olib borilmoqda – bu terroristlarning jismonan yo’q qilinishi xavfi hamda ushbu terroristik guruhlar kimlar va qayerda joylashgan, Adan qo’ltig’i qaroqchilarimi, terroristik usullar bilan kurashayotgan etnik va diniy tashkilotlarmi, bunisi muhim emasligini anglatadi. Xalqaro hamjamiyat davlatlar va ularning rasmiy vakillari terroristlar bilan muzokaralarga kirishmasligi hamda ularning talablarini bajarmasligi kerakligi bo’yicha qoidani ishlab chiqdi. Biroq, ba’zi davlatlar va davlat tuzilmalari o’z siyosiy vazifalarini hal etish maqsadida o’zi uchun ham, xalqaro hamjamiyat uchun ham juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan terroristik tashkilotlarni bevosita va bilvosita qo’llab-quvvatlamoqda129.

Terrorizmning sabablarini keltirib o’tishni eng avvalo ijtimoiy-iqtisodiy omildan boshlash zarur. Iqtisodiy inqirozlar (aholi iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi, ishlab chiqarishning pasayishi, hayot darajasining doimiy tushishi va boshqalar) muhim darajada aholining o’rta qatlami mamfaatlariga zarar yetkazmoqda. Bu siyosiy munosabatlarda potensial faol va professional asosda tashkillashgan aholi qatlami (sanoat ishchilari, quruvchilar, transport xizmatchilari va boshqalar) orasida ommaviy ishsizlikka olib kelmoqda. Natijada ular zabaskovkalar, piketlar, transport magestrallarini to’siq qo’yish hamda kuch ishlatish usullarining qo’llanilishi imkoniyati bilan ommaviy tartibsizlikka olib keluvchi tahdidlar kabi jamiyatga qarshi boshqa chiqishlar ko’rinishida o’z harakatlari bilan siyosiy beqarorlikni yuzaga keltirmoqda130.

Terrorizm shaklida dunyo hamjamiyatiga xavf tug’dirayotgan iqtisodiy sabablarga, shuningdek, quyidagi omillarni bog’lash mumkin:


  • “ikkinchi” va “uchinchi” dunyo davlatlarida koperativ-rejaviy tuzilmalar, monopolistik birlashmalarning shakllanishi;

  • qashshoqlik, byurokratizm an’analari, kapitalizmgacha bo’lgan ekspluatatsiyaning ko’rinishlari;

  • “ikkinchi” va “uchinchi” mamlakatlari iqtisodiyotiga bosim o’tkazuvchi, ularning holatini buzuvchi, mahalliy elitani yo’ldan uruvchi jahon korporativ kapitalining gegemonligi;

Aynan iqtisodiy omillar, bir qator olimlar fikricha, terrorizmning barcha ko’rinishlarida o’z aksini topmoqda.

Siyosiy sabablar terrorizmning yuzaga kelishida muhim o’rinni egallaydi. Xususan, quyidagilar:



  • Keng aholi qatlami (yoki ularning vakillari) ning ochiq siyosiy faoliyatda ishtirok etishiga boshqaruv elitasi tomonidan o’zboshimchalik bilan to’sqinlik qilinishi;

  • Muholifatdagi siyosiy partiyalar ( harakatlarga) ga boshqaruv elitasi (davlatlar yoki mintaqaning yuqori lavozimdagi shaxslari) tomonidan repressiyalar;

  • Boshqaruv elitasining mazkur jamiyat uchun an’anaviy bo’lmagan (yoki unga butunlay begona) ijtimoiy-siyosiy yangicha qarashlar bilan bog’langanligi;

  • Davlatning o’z ichida siyosiy tadbirlar (masalan, davlat rahbarlari, parlament va mahalliy hokimiyat saylovlari) natijasida yuzaga kelgan siyosiy nizolarning keskinlashuvi;

  • Ikki davlat manfaatlarining alohida mintaqada to’qnashuvi;

  • Milliy siyosatida hukumat tomonidan yo’l qo’yilgan qo’pol xatolar;

  • Boshqa millatdan bo’lgan kishilarning, asosan, agar bu milliy ozchilikka tegishli shaxslar bilan bog’liq ravishda bo’lsa, tili, madaniyatiga hurmatsizlik;

  • Alohida shaxslar yoki guruhlar (partiyalar, harakatlar) tomonidan milliy nizolarga alanga berilishi;

  • Boshqa davlat bilan munasabatda agressiya va uning okkupatsiyasi ko’p hollarda o’z ortida terroristik usullar (muhim ob’ektlarning portlatilishi, yong’inlar va boshqalar) dan foydalangan tinch aholi (partizanlar) ning qurolli qarama- qarshiligini keltirib chiqarmoqda;

  • Liviya, Eron, Iroq, Afg’onistonda bo’lgani kabi terrorizmning davlat siyosati darajasida kengayishi;

  • Hukmronlik qilayotgan millat tomonidan kichik xalqlar huquqlarining bosim ostiga olinishi natijasida millatlaro munosabatlarning keskinlashuvi, bunga misol tariqasida Turkiyadagi Kurdiston Ishchi partiyasining terroristik faoliyatini keltirish mumkin131.

Terrorizmning yuzaga kelishida quyidagi ijtimoiy-psixologik omillar muhim o’rinni egallaydi:

  • Keng dunyoqarashga ega individlarning siyosiy tuzulmalar yoki mamlakatdagi boshqaruv tuzumi bilan to’qnashuvi;

  • Terroristlar fikriga ko’ra davlatda mavjud bo’lgan adolatsizlikka nisbatan norozilik;

  • Davlat va jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlarga ishonchsizlik;

  • Diniy murosasizlik (diniy fanatizm);

  • Boshqa siyosiy qarashlarga g’oyaviy va siyosiy murosasizlik;

  • Milliy murosasizlik (natsionalizm, ratsizm);

  • Jamiyatda asosan totalitar tipdagi yagona g’oyaning mavjudligi.

Yuqorida keltirilgan va boshqa sabablar terrorizmning yuzaga kelishi sabablarini ifoda etadi132. Bugungi davrda xalqaro terrorizm nafaqat alohida davlat va mintaqalarda, balki butun dunyoda jiddiy beqarorlik holatini yuzaga keltirayotgan o’tkir muammolardan biriga aylandi. Ham davlat va jamiyat arboblari, harbiylar, diplomatlar, ham oddiy fuqorolar, xususan, ayollar va bolalar terroristik harakatlar qurboniga aylanmoqda133.

Terrorizm bilan bog’liq ravishda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan yana bir muhim muammolardan biri diniy ekstremizmdir. Diniy ekstremizmning anchayin faollashuvi ham aynan XX asrning oxirgi o’n yilligiga to’g’ri keladi.

1990-1991-yillarda Fors ko’rfazidagi urushdan so’ng islom harakatining keskin faollashuvi sodir bo’ldi. 1991-yil 25-aprelda Sudan poytaxti Xartumda islom partiyalari va tashkilotlari vakillari qatnashgan arab-islom xalq konferensiyasi chaqirildi. Unda FOT delegatsiyaga Y. Arofat boshchilik qildi. Yaxshi samara ko’rsatmayotgan IKT hukumatining muqobili sifatida AIXKT (Arab-islom xalqlari konferensiyasi tashkilotlari) ni tuzishga qaror qilindi. Ularning vazifasi “islom birdamligi” ga erishish ( musulmon davlatlari konfederatsiyasini tashkil etish) va “xalqaro sionizm bilan kurash”, joriy vazifalari esa – “Isroil oldida mag’lubiyatga” yo’l qo’ymaslik va “okkupatsiya qilingan hududlarni ozod etish” edi134.

1992-yil boshidan islomchilar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning ba’zi mamlakatlarida “Xudosizlar rejimi” ga qarshi diversion-terroristik urush olib bordi, biroq ular faqatgina Misr va Jazoirdagina muhim muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Liviya va Tunisda xavfsizlik organlari ularning faoliyatini avvalboshdanoq bartaraf etdi. Terroristlar bir necha bor Misr prezidenti X. Muborakka suiqasd uyushtirdi.

1995-yil oxirida X. Muborak mintaqadagi xalqaro terrorizm muammolarini muhokama qilish uchun oliy darajadagi konferensiya chaqirish haqidagi taklif bilan chiqdi. Konferensiya 1996-yil martda Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida tashkil etildi. Mintaqa mamlakatlaridan tashqari unda tinchlik jarayonining homiylari AQSh va Rossiya ishtirok etdi. Uning ishtirokchilari “qanday shaklda amalga oshirilmasin, ularning sabablari va ijrochilari qanday ko’rinishda bo’lmasin, har qanday terror aktini” muhokama etish to’g’risida so’z yuritilgan deklaratsiyani qabul qildilar. Konferensiyada, shuningdek, xalqaro terrorizm bilan kurash bo’yicha aniq chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi, biroq bu dastur amalga oshirilmadi. Bu kabi masalalar xususida 1998-yilda Qohirada tashkil etilgan Arablararo konferensiyada ham so’z yuritildi. Mintaqadagi “Xudosizlar rejimlari” ga qarshi kurash bilan parallel ravishda turli hududlarda islom harakati faollashdi. Shu bilan postsovet makonini islomlashtirish zarurati haqidagi 1992-yilda aytilgan qirol Faxdning g’oyasi amalga oshirildi135.

Qirol Faxd tomonidan islomlashtirishning birinchi navbatdagi ob’ekti sifatida o’zi “yangi islom dunyosini qurishning muhim omili” deb tasniflangan Markaziy Osiyo belgilandi. Shu bilan birga islom harakatida Butundunyo islom ittifoqi rahbari – saudiyalik millioner U. ben Laden yetakchilikni o’z qo’liga olgan radikal guruhlar ajralib chiqdi. Radikal guruh AQSh bilan kurashishni o’zining asosiy vazifasi qilib qo’ydi. Ultra-radikal guruhning jangarilari 1990-yillarning ikkinchi yarmida amerika fuqorolari va harbiy ob’ektlariga qarshi qator diversiyalarni amalga oshirdi. B. Klinton ma’muriyati ularning infratuzilmalarini vayron etish va U. ben Ladenni jismonan yo’q qilish uchun harbiy kuchlardan ochiqchasiga foydalanishga majbur bo’ldi. Radikallarning harakati muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bir qator muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, islomchilar ham mintaqada, ham uning qismlaridagi holatni beqarorlashtirish uchun imkoniyatlarini saqlashda davom etdi136.

Barcha shakllarida yuzaga chiqayotgan tashkiliy jinoyatchilik bilan kurash BMT faoliyatida muhim o’rinlardan birini egallaydi. 1994-yil 9-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi xalqaro terrorizmga chek qo’yish bo’yicha choralar to’g’risidagi Deklaratsiyani qabul qildi. Unda terroristik guruhlar va narkobiznes vakillari o’rtasida kun sayin o’sib borayotga va o’ta xavfli aloqalar borligi qayd etildi. 1997-yil dekabrda Bosh Assambleya bomba bilan qurollangan terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi Konvensiyani, 1999-yil sentabrda esa “butun insoniyatga xavf keltirayotgan” xalqaro terrorizm bilan kurash to’g’risidagi yana bir hujjatni qabul qildi. 1999-yil 9-dekabrda Bosh Assambleya yollanma ishchilarni jalb etish, foydalanish, moliyashtirish va o’qitish bilan kurash to’g’risidagi xalqaro konvensiyani qabul qildi137.

Xalqaro harbiy-siyosiy hamkorlik terrorizmga qarshi ishlarni muvaffaqiyatli olib borishning hal qiluvchi shartiga aylanmoqda. Ma’lumki, yirik teraktlar Yevropa va AQSh ning anchayin gavjum joylarida amalga oshirmoqda va ulardan uzoq bo’lgan mintaqalarda bu harakatlar tashkillashtirilmoqda. Ushbu mintaqalarda terroristlarning yetakchilari huquqiy tashkilotlardan yashirinib yashamoqda, butun dunyo bo’ylab tinch aholiga hujum qilishning yangi rejalari tug’ilmoqda. Tushunarliki, terrorizmni asl makonida topish va yo’q qilish nafaqat muhim, balki faqatgina demokratik davlatlar koalitsiyasi amalga oshirishi mumkin bo’lgan murakkab vazifa hisoblanadi. AQSh boshchiligidagi NATO tashkiloti va sobiq SSSR mamlakatlari terrorizm bilan kurashning muhim markazlariga aylanmoqda. NATO avvalroq dunyo miqyosida islom fundamentalizmi va terrorizm markazlaridan biri bo’lgan, keyinroq esa narkotik moddalarning noqonuniy ishlab chiqaruvchisi – Afg’onistonda operatsiyalarni olib bordi. Alyansning o’zi bu hududlarda mustahkam o’rnashmagan bo’lsa-da, NATO davlatlari boshqa bir notinch mintaqa – Iroqda ham harakatlarini olib bordi. Operatsiyalarda to’g’ridan – tog’ri qatnashishni rad etgan bo’lsa-da, Rossiya NATO ga qo’shinlar va harbiy yuklarni Yevropadan Afg’onistonga olib o’tish uchun o’z hududidan foydalanilishiga rozilik berish orqali yordam ko’rsatdi138.

Terrorizm qarshi kurashda Rossiyaning G’arb bilan hamkorligining boshlanishi AQSh dagi 2001-yil sentabr teraktlari oqibatida Butunjahon savdo markazi binolarida yuzlab odamlarning halokati munosabati bilan V.V. Putinning birinchilardan bo’lib kichik J. Bushga hamdardlik so’zlarini yo’borishiga ulanib ketdi. 2001-yil 22-oktabrda ikki mamlakat prezidentlari terrorizm aybdorlarini jazolash va unga qarshi kurashish yo’llarini belgilash ifoda etilgan qo’shma bayonot bilan chiqishdi. Shundan so’ng Afg’onistondagi toliblar rejimiga qarshi muvofiqlashtirilgan Rossiya-Amerika faoliyati davom ettirildi. Rossiya qurol-yarog’ va harbiy zahiralar yetkazib berish ko’rinishida, AQSh esa toliblar tomonidan nazorat qilinayotgan hududlarni havodan bombardirovka qilishni tashkillashtirish ko’rinishida “Shimoliy alyans” ga yordam ko’rsatishdi. Natijada 2001-yil dekabrda toliblar rejimi quladi, hokimiyatga esa Hamid Karzayning G’arbga sodiq hukumati keldi. 2005-yil fevralda imzolangan zenit-raketa yetkazib beruvchi komplekslar (ZRYBK) ni tarqatish ustidan nazorat bo’yicha Rossiya-Amerika bitimi ikkala tomon o’rtasidagi hamkorlikning yana bir namunasi bo’ldi. Bu bitim shunday raketalar bilan fuqorolik samolyotlarini o’qqa tutish uchun bo’lgan terroristlarning ko’p sonli urinishlariga ikki mamlakatning reaksiyasiga aylandi. Imzolangan hujjatga binoan, tomonlar terroristlar qo’liga bu qurollarning tushib qolishiga yo’l qo’ymaslik majburiyatini o’zlariga oldi.

Terrorizm bilan kurashda AQSh va Rossiya o’rtasidagi mustahkam hamkorlik uchun ikki davlat manfaatlaridagi tafovutlar to’siq bo’lmoqda. Rossiya endi sobiq SSSR makonida NATO ning kengaytirilishi davom ettirilishi, Sharqiy Yevropada RQM elementlarini kiritish bo’yicha Amerika ma’muriyatining rejalari, AQSh ning Iroqdagi harakatlari va Eron va Shimoliy Koreya yadroviy dasturlari muammolarini kuch bilan hal etishga moyilligidan norozi bo’ldi. Bu mamlakatlar Bolqon, Lotin Amerikasi va dunyoning boshqa mintaqalaridagi vaziyatni turlicha baholamoqda139.

Qayd etish lozimki, terrorizm bilan kurash muammolariga G’arbning o’zida ham butunlay yagona bir qarash mavjud emas. AQSh ning NATO bo’yicha Yevropadagi ittifoqchilari mamlakat ma’muriyatining keskin harakatlarini har doim ham birdek qo’llab – quvvatlab kelayotgani yo’q. Masalan, Germaniya va Fransiya Iroqdagi urush g’oyasini ham, terrorizmda aloqador sifatida gumon qilinganlarga munosabatda va boshqa bir qancha holatlarda Amerika ma’muriyatining siyosatini to’lig’icha ma’qullamadi. AQSh bu vaziyatlarda Buyuk Britaniya va bir qator Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan o’ziga xos yordam olmoqda. Bu borada o’zaro munosabatlarda ba’zi muammolar bo’lsa-da, biroq Buyuk Britaniya AQSh ning ishonchli va doimiy ittifoqchisiga aylandi.

NATO mamlakatlaridan tashqari Rossiya va MDH davlatlari terrorizm bilan kurashishning yirik markazlariga aylanmoqda. O’tgan asrning oxiri va yangi asr boshlarida Rossiya hududida bir qator shov-shuvli teraktlar amalga oshirildi. 1999-yil sentabrda Moskvada aholi istiqomat qilayotgan ikkita bino terroristlar tomonidan portlatildi. 2002-yil oktabrda va 2004-yilda ham shunday terroristik harakatlar sodir etildi. Bu kabi holatlarning oldini olish uchun Rossiya xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi kurashuvchilar bilan hamkorlikni kengaytirdi140.Xuddi shu kabi jinoyatlar ushbu davrda MDH ning boshqa mintaqalarida ham amalga oshirildi. 2005-yil O’zbekistonning Andijon shahrida xalqaro terroristik tashkilotlar – “Turkiston islom harakati” (avvalroq “O’zbekiston islom harakati”) va “Xizb-ut Tahrir” ga tegishli jangarilarning ommaviy hujumi bartaraf etildi. Shunday holatda uzoq vaqt davomida Rossiya va MDH hududida teraktlarni butunlay to’xtatilishiga erishilmadi.

MDH ning rasmiy hujjatlarida “Hamdo’stlikning ishtirokchi davlatlari hoh BMT rahbarligi ostida, hoh mintaqaviy tashkilotlar doirasida amalga oshirilayotgan xalqaro antiterroristik hamkorlikda ishtirok etishga roziligi, terrorizm va ekstremizm bilan kurash hamdo’stlikka a’zo davlatlar uchun ustuvor vazifalardan biri ekanligi” ko’p bora qayd etildi. 2000-yil sentabrdayoq MDH davlatlari rahbarlari tomonidan terrorizm bilan kurashda ichki ishlar vazirlarining hamkorligi to’g’risidagi Bitim imzolandi. 2005-yil 26-avgustda MDH mamlakatlari rahbarlari hamdo’stlik ishtirokchi davlatlarining 2005-2008-yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa xil ko’rinishlari bilan kurashda hamkorlik Dasturini qabul qildilar.

Yangi asrda terrorizmga qarshi turish bo’yicha qator ikki tomonlama va ko’p tomonlama davlatlararo bitimlar imzolandi. Masalan, 2002-yil dekabrda terrorizm bilan kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitimni Xitoy va Qirg’iziston, 2005-yil noyabrda esa YI va O’rtayer dengizi arab mamlakatlari imzoladilar. Shu davrda Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Bahrayn, Qatar va O’mon o’rtasida terrorizm bilan kurash bo’yicha olti tomonlama bitim ham imzolandi. 2007-yil Anqarada imzolangan Turkiya va Iroq o’rtasidagi shartnoma bu sohadagi ikki tomonlama kelishuvlardan biri bo’ldi141.

Terrorizm va ekstremizm bilan kurashda iqtisodiy omillar ham muhim o’ringa ega. Quyidagilar terrorizmga iqtisodiy qarshilik ko’rsatishning samarali chora-tadbirlariga aylanmoqda: 1) terrorizmni rad etgan mamlakatlarga iqtisodiy yordamlar dasturi; 2) ushbu jinoyat bilan hamkorlik qilayotgan mamlakatlarga qarshi iqtisodiy sanksiyalar; 3) elektron pullar tizimining rivojlanishi.

Rivojlangan mamlakatlar ham o’z hududida, ham boshqa davlatlar hududidagi terroristlar bilan kurashayotgan davlatlarga iqtisodiy yordamlarini ko’rsatmoqda. Ushbu usuldan AQSh ancha faol foydalanmoqda. O’z hududida mavjud bo’lgan terrorizmga qarshi faoliyat olib borayotgan mamlakatlar orasida Misr, Iroq va Afg’oniston Amerika iqtisodiy yordamlarining asosiy iste’molchilariga aylandi.

Iqtisodiy bosimlar ko’pgina holatlarda sanksiyalar ko’rinishida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlar bu qurolni ham S. Husayn davridagi Iroq va hozirgi Erondagi kabi diktatorlik tuzumi sifatida qaralayotgan boshqaruvdagi mamlakatlarga qarshi, ham Venesuela va Rossiya singari shunchaki AQSh siyosati bilan kelisha olmayotgan mamlakatlarga qarshi qo’llashmoqda. 2007-yil Amerika kompaniyalari bilan aloqalarini yo’qotgan Rossiyaning uchta yirik kompaniyasi iqtisodiy sanksiyalar bosimi ostida kasodga uchradi. Ularga qarshi sanksiyalar AQSh Davlat departamenti tomonidan Suriya, Eron va Venesuelaga qurol-yarog’ savdosi bilan shug’ullangan degan sabab bilan kiritildi. Shunday vaziyatlarda xalqaro iqtisodiy sanksiyalar Amerika siyosatining quroliga aylanmoqda142.

2001-yil 11-sentabrdan so’ng G’arb ekspertlari xavfsizlik va immigratsiya masalalari o’zaro chambarchas bog’liq degan xulosaga kelishdi. AQSh va YI migratsion siyosatlarini o’zgarishni boshladi. Mamlakatning ichki xavfsizligi mexanizmlarini isloh etish yo’li AQSh prezidenti tomonidan taklif etildi va Kongress tomonidan ma’qullandi. 2002-yil 26-noyabrda qabul qilingan “Ichki xavfsizlik to’g’risida” gi Akt mamlakat migratsion rejimi islohotlarining boshlanishi bo’ldi. 2002-2003-yillarda hukumatning yangi tuzilmalari – Ichki xavfsizlik vazirligi, Bojxona va chegaraviy nazorat Byurosi hamda Bojxona va immigratsion qonunchilikning buzilishini tekshirish Byurosi tashkil etildi. 2004-yil yanvardan AQSh ga kelayotgan barcha shaxslar o’zlarining barmoq izlarini topshirishlari va fotonazoratlardan o’tishlari kerakligi qat’iy belgilab qo’yildi. 2006-yil mayda kichik J. Bush, birinchidan, AQSh ning Meksika bilan chegaralari himoyasini kuchaytirishni, ikkinchidan esa mamlakatdagi immigrantlarning qonuniy tizimga amal qilishlarini tartib solishni ifodalagan boshqa bir migratsion dasturni amaliyotga jor’iy etdi143.

2007-yil o’rtalarida AQSh Kongressi terrorizm bilan kurash tog’risidagi qonunni qabul qildi. Unga ko’ra, terroristik xavf borligi gumon qilinayotgan shtatlar va shaharlar mahsus grantlar (jami 1,5 mlrd dollar atrofida) oladigan bo’ldi.

YI o’zining migratsion siyosatida mamlakatlarga migrantlarning kelishi va istiqomat qilishini tartibga solishga e’tibor qaratdi. 2006-2009-yillardagi YI ga a’zo davlatlar uchun umumiy migratsion siyosatning “yo’l xaritalari” loyihasi ushbu maqsad uchun xizmat qildi. 2005-yil oxirida Yevrokommisiya tomonidan ma’qullangan bu hujjat xalqaro migratsion oqimlarni samarali boshqarish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarni o’z ichiga olib, mehnat migrantlarini uchinchi mamlakatlardan YI davlatlariga jalb etish uchun huquqiy baza va zaruriy shart-sharoitlarni yaratishga asos bo’lib xizmat qildi. Bu YI ning barcha a’zolari o’z chegaralarida noqonuniy migrantlarga qarshi kurashni kuchaytirishini anglatardi.

2007-yilda Yevrokommisiya terrorizm bilan kurashga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni taklif etdi. Ular orasida – aviayo’lovchilar to’g’risida batafsil ma’lumotlarni to’plash; internetdan foydalanishni tartibga soluvchi qat’iy qonunlarni ishlab chiqish; portlovchi moddalarning yo’qolishi yoki o’g’irlanganligi haqida vaqtida ogohlantish tizimini yaratish va boshqalar mavjud. YI ga kiruvchi barcha 27 mamlakatga terroristlarni jalb etish va tayyorlashni, shuningdek terroristik aktlarni amalga oshishga tayyorgarlik ko’rishni qonundandan tashqari deb e’lon qilish takliflari berildi. Mazkur qoidalar va takliflar ittifoq doirasida amaliyotga tatbiq etilmoqda144.

Inson huquqlarining kuzatuvchilari hamda terrorizmga qarshi kurashuvchilar o’rtasidagi bog’liqlikning qanchaklik ahamiyatga ega ekanligini baholash qiyin. Agar konkret jamiyat xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanilayotgan vositalar inson huquqlari sohasidagi standartlarga muvofiq kelmasa, terrorizm bilan kurashish va uning ustidan uzil-kesil g’alaba erishishning imkoni yo’q. YXHT xavfsizlikni ta’minlash uchun zaruriy kompleks yo’nalishlarga asoslangan prinsiplarda tashkil etilgan145. Bugungi kunda YXHT ning terrorizm va boshqa xalqaro xavfsizlikka tahdidlar bilan kurashda faol harakatlarni olib bormoqda. Faqatgina Yevropada emas, balki butun dunyo bo’ylab o’z faoliyatini olib botayotgan ushbu tashkilot xalqaro xavfsizlik va inson huquqlarini himoyasining ta’minlanishida alohida o’ringa ega.

Umuman olganda, XXI asrda terrorizm va diniy ekstremizm muammosi xalqaro miqyosdagi masalaga aylandi. Ushbu xavfga qarshi kurashish ko’pgina xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, dunyoning deyarli barcha davlatlari uchun ustuvor vazifa bo’lib kelmoqda. Dunyodagi hech bir sub’ekt terrorizm xavfidan butunlay holi emas. Terrorizm har qadamda insoniyat uchun jiddiy tahdidlarni tug’dirmoqda. Ushbu muammoga qarshi faqatgina mustahkam xalqaro hamkorlik, kuchli ijtimoiy-iqtisodiy va milliy siyosat, huquqiy- ma’rifiy profilaktika tadbirlari, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yuqori darajaga ko’tarish hamda terrorizmni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va diniy masalalarni hal etishda chuqur o’ylangan siyosatga amal qilish orqali muvaffaqiyatli kurashish mumkin. Bu borada eng asosiy muammolardan biri xalqaro siyosiy kuchlar hamda qurol-yarog’ ishlab chiqaruvchi va uni yetkazib beruvchilarning o’z manfaatlari yo’lida terrorizmdan foydalanishi bo’lib qolmoqda.

Xulosa.


Bitiruv-malakaviy ishining asosiy qismida keltirilgan ma’lumotlarni chuqur tahlil etgan holda mavzu ichida qamrab olingan davrdagi xalqaro munosabatlar xususida muhim xulosalarni chiqarish mumkin. Eng avvolo, ushbu holatda yuqorida ifodalangan voqealar va jarayonlarning eng asosiy jihatlari hamda mazkur davrda xalqaro munosabatlar tizimining eng muhim o’zgarishlariga to’xtalib o’tish joizdir.

  • O’tgan asrning 90-yillari boshida jahon tarixidagi eng muhim voqea SSSR davlatining parchalanishi bo’ldi;

  • Shu bilan bog’liq ravishda dunyo xaritasida yangi mustaqil davlatlar paydo bo’ldi hamda sobiq SSSR mintaqasida MDH tashkiloti shakllandi;

  • SSSR parchalanishi bilan uzoq yillar davom etgan “sovuq urush” ham yakunlandi;

  • “Sovuq urush” yakunlanishi bilan mantiqiy bog’liq holatda ikki qutbli dunyo ham barham topdi;

  • XX asrning 90-yillarida dunyoda AQSh ning yakka gegemonligi ko’zga tashlana boshladi;

  • Sotsialistik tuzum qulagandan so’ng Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasida transformatsion o’zgarishlar sodir bo’ldi;

  • SSSR qo’shinlarining Afg’onistondan olib chiqib ketilishi mamlakatdagi beqarorlik vaziyatiga yakun yasamadi, balki nizolar qayta jonlandi;

  • Afg’onistondagi notinch vaziyat qo’shni Markaziy Osiyo mintaqasiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Tojikistondagi fuqorolar urushi hamda O’zbekistondagi terroristik harakatlarga Afg’onistonda joylashib olgan jinoiy tashkilotlarning ta’siri kuchli bo’ldi;

  • G’arbiy Yevropada integratsion jarayonlar rivojlandi, Yevropa Ittifoqi kengaytirildi;

  • Janubiy Osiyoda Hindiston-Pokiston o’rtasidagi uzoq yillardan biri davom etib kelayotgan nizolar qayta jonlandi. Ikki mamlakatning yadro qurollarini sinovdan o’tkazishi mintaqada yadroviy muammoni yuzaga keltirdi;

  • Yaqin Sharq mintaqasida arab-isroil munosabatlarida ham tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. M. Abbosning Falastin arablari yetakchisiga aylanishi vaziyatning o’zgarishiga olib keldi;

  • AQSh ning Yaqin Sharqdagi tuzumlarni almashtirish siyosati oqibatida S. Husayn va M. Kaddafi boshqaruviga barham berilishi mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirdi;

  • XX asrning 90-yillari ikkinchi yarmida Yevrosiyo mintaqasida ham o’zaro hamkorlik aloqalari rivojlandi. Bir qancha mintaqaviy tashkilotlar yuzaga keldi va o’z faoliyatini olib bordi;

  • Mazkur davrda globalizatsiya muammosi dolzarb muammoga aylandi;

  • Ushbu davrning yana bir muhim muammolardan biri terrorizm va diniy ekstremizm ham dolzarb muammoga aylandi;

  • Bu kabi masalalarni hal etishda BMT ning faoliyati ko’pgina hollarda samarali bo’lmadi;

  • Shu sababli xalqaro masalalarni hal etishning norasmiy mexanizmlari roli oshdi;

  • Shu bilan birga mazkur davrda NATO faoliyati butun dunyoda o’zini namoyon etdi;

  • NATO ning Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda sobiq SSSR respublikalari hisobiga kengaytirilishi tashkilotning Rossiya bilan munosabatlarini ham keskinlashtirdi;

  • XXI asrda AQSh, Rossiya va Yevropa Ittifoqi o’rtasida dunyoda yetakchilik uchun raqobat kuchaydi. Bu ko’p qutbli dunyoning shakllanganligini anglatardi;

  • Bu borada, ayniqsa, AQSh va Rossiya o’rtasidagi raqobat xalqaro munosabatlar tizimiga jidiy ta’sir ko’rsatdi;

  • Ikki mamlakat o’rtasidagi raqobatning sabablaridan biri sifatida Eron va Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturlari muammosi hisoblanadi;

  • XXI asrda Yevrosiyo mintaqasida Xitoy ham ham hal qiluvchi o’ringa ega bo’la boshladi. Ushbu mamlakatning Rossiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari rivojlandi. ShHT bu borada katta ahamiyat kasb etdi;

2014-yilda Ukrainadagi voqealar ta’sirida Rossiyaning tashqi siyosatida muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mamlakatning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish uchun qiziqishlari ortdi;

  • Mazkur tarixiy davrda xalqaro munosabatlar tizimida tub strukturaviy o’zgarishlar sodir bo’ldi.

Shu va boshqa jihatlar mazkur davrdagi xalqaro munosabatlarning asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Ayni shu jihatlarga e’tibor qaratgan holda o’rganilatgan tadqiqot obe’ktining muhimligi hamda vazifa sifatida belgilangan masalaning dolzarbligini yana bir bor isbotlaydi.

Xulosa o’rnida qayd etish joizki, qamrab olingan davr bugungi dunyoda sodir bo’layotgan jarayonlarning bevosita yuzaga kelish omillari, rivojlanishi, oqibatlari, ijobiy holatlar sifatida qaralayotgan hodisalarning kelgusi istiqbollari hamda ayrim muammoli masalalarni hal etishda xalqaro hamkorlik, turli xil yondoshuvlar, amaliy harakatlar bilan harakterlanadi. Shundan kelib chiqqan holda, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:



  • Zamonaviy dunyoda yer yuzining barcha mintaqalari bir-biri bilan bevosita va bilvosita bog’langan. Har bir jarayon va voqealar o’zidan ancha olisdagi, yer yuzining boshqa hududlariga ham ta’sir etmoqda;

  • Zamonaviy dunyoda siyosiy munosabatlarda manfaatlar to’qnashuvi butun insoniyat uchun xavf tug’dirmoqda;

  • Iqtisodiy omil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lmoqda;

  • Ayrim hollarda xalqaro tan olingan muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar ham o’z vazifalarini to’la-to’kis ado etish imkoniyatini yo’qotmoqda;

  • Bugun dunyoda informatsion omil xalqaro munosabatlar tizimida o’z rolini oshirmoqda;

  • Madaniy qadriyatlar, milliy o’zlikni saqlash qolish davlatlar va xalqlar uchun kun tartibidagi asosiy masala bo’lib qolmoqda;

  • Bugun dunyo yadro xavfidan kafolat etilmagan;

  • Zamonaviy dunyoda mafkuraviy kurashlar kuchaymoqda. Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham jiddiyroq xavf tug’dirmoqda;

  • Bugun davlatlar ichida milliy-etnik hamda mintaqa miqyosida chegaraviy nizolar to’liq bartaraf etilmagan;

  • Xalqaro muammoli masalalarni hal etish o’zaro hamkorlik, kuch ishlatish usulidan voz kechish, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, ushbu masalalarga xalqaro va davlat miqyosida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish orqali hal etish mumkin.

Ushbu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Muhimi shundaki, bu borada amaliy harakatlarni izchil davom ettirish asosiy vazifadir. Shu o’rinda bugungi kunda O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida hamda xalqaro miqyosda olib borayotgan tashqi siyosati xususida alohida to’xtalib o’tish joizdir.

O’zbekistonni yanada rivojlantirishning 2017-2021-yillarga mo’ljallangan beshta ustuvor yo’nalishlardan iborat “Harakatlar strategiyasi” ning beshinchi ustuvor yo’nalishi tashqi siyosat masalallarini ham qamrab olgan. “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli hamda amaliy ruhdagi tashqi siyosat” deb nomlangan ushbu ustuvor yo’nalishning ikkinchi qismida tashqi siyosatdagi asosiy vazifalar belgilanga.

O’tgan qisqa davr mobaynida tashqi siyosat sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Prezidentimizning Turkmaniston, Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg’iziston, Janubiy Koreya, Turkiya hamda Tojikiston mamlakatlariga rasmiy davlat tashriflari, bir qancha mamlakat rahbarlarining yurtimizga tashriflari, xalqaro tashkilotlarning rasmiy yig’ilishlari, turli xil konferensiyalar chog’ida amalga oshirilgan kelishuvlar katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Eng avvalo, yaqin qo’shnilarimiz bilan munosabatlarni yangi bosqichga kotarish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish, chegara to’siqlarini bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar muhim voqea bo’ldi. Xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda O’zbekiston o’zining tashabbuskorligini ko’rsatmoqda. Ayniqsa, Afg’onistondagi vaziyatni tartibga solishda O’zbekiston mustahkam pozitsiyasiga ega. Joriy yilning mart oyida Afg’oniston muammosini hal etish bo’yicha Toshkent konferensiyasi hamda konferensiya yakunida imzolangan Toshkent Deklaratsiyasi xalqaro hamjamiyat tomonida qo’llab-quvvatlandi. Dunyo mamlakatlari hamda nufuzli tashkilotlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha O’zbekistonning faoliyatiga ijobiy baho bermoqdalar.




Download 167,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish