Xx asr o‘zbek adabiyoti ko‘p asrlik milliy adabiyotimiz tarixida alohida o‘rinni egallaydi. Bu davrda adabiyot xalq va mamlakatning nafaqat adabiy, balki ijtimoiy hayotida ham muhim rol o‘ynadi


Gasprinskiy turkiy xalqlar tarixi va adabiyotini o’rganib, Sharq bilan G’arb olamini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’ldi



Download 36,89 Kb.
bet2/2
Sana19.02.2022
Hajmi36,89 Kb.
#460108
1   2
Bog'liq
jadid adab

. Gasprinskiy turkiy xalqlar tarixi va adabiyotini o’rganib, Sharq bilan G’arb olamini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’ldi. U «Rusiya musul monligi» (Simferopol, 1881) ilk risolasida Yevropa sivilizatsiyasidan ko’r-ko’rona andoza olishga qarshi chiqib, uni tanqidiy qabul qilishga, musulmonlarni ilm-fanni egallashga, texnika yutuqlaridan foydalanishga da’vat etdi.
«Ovrupo madaniyatiga bir nazar muvozini» (Istanbul, 1885) asarida esa sotsializm g’oyalari bilan bahsga kirishib, uning asosiy tamoyillarini shubha ostiga oldi. Gasprinskiy Rossiya mustamlakasidagi barcha musulmon xalqlar maorifini tubdan isloh qilish, dunyoviy fanlarni o’qitish masalasiga alohida e’tibor berdi. Boqchasaroyda dastlabki «usuli jadid» (yangi usul) maktabini ochdi (1884). Turkiston general-gubernatori N. O. Rozenbaxga musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini yubordi. Rad javobini olgach, 1893 y. Turkistonga o’zi keldi, Buxoro, Samarqand, Toshkentda bo’lib, taraqqiyparvar ziyolilar bilan uchrashuvlar o’tkazdi.
Gasprinskiy jadidchilik g’oyalarini kengroq yoyish uchun «Tarjimon», «Millat», «Bolalar olami», «Uyg’onish» gazetalari, «Ayollar olami» jurnali (1908—10), «Xa-xa-xa!» hajviy haftanomasini chiqardi. Jadid maktablari uchun «Xo’jai sibyon» («Bolalar muallimi») darsligini, «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh» (1898) kitobini yozdi. Gasprinskiy musulmon milliy ozodlik harakatining yo’lboshchisi sifatida tanildi. U Kavkaz, Volgabo’yi, Misr va Hindistonga borib, umummusulmonlar qurultoyini chaqirishga harakat qildi. Butun Rossiya musulmonlari 3 ta kongressi ishida faol qatnashdi. Dastlabki umummusulmon siyosiy partiyasi «Ittifoq ul-muslimin»ni tuzish tashabbuskorlaridan biri bo’ldi (1906). «Dor ul-rohat musulmonlari» ilmiy- fantastik asari, «Yuz yildan so’ng. 2000- sana» badiiy-publitsistik romani, «Turkiston ulamosi» kitobining muallifi.
Har qanday chinakam iste’dod sohibi kabi Abdulhamid Cho‘lpon ham ijodning deyarli hamma sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publitsist bo‘lishi bilan birga, barkamol munaqqid, mohir adabiyotshunos, o‘ziga xos tarzda fikrlaydigan san’atshunos ham bo‘lgan. U bir necha millat tili va adabiyotini o’rganib chiqqan hamda ularning madaniyatidan xabardor bo’lgan.
Cho‘lpon Uyg‘onish davrining odami bo‘lgani uchun adabiyotning ham yangicha bo‘lishini xohlagan, Yangi adabiyot Uyg‘onish davrining mohiyatiga mos keladigan, xalq hayotiga yaqinroq turadigan adabiyot bo‘lmog‘i kerak. Ortiqcha «sharqlilikka» yoki ortiqcha «g‘arblilikka» berilgan adabiyot esa bu talablarga javob berolmaydi. Xo‘sh, nima qilmoq kerak? Adabiyotni, «shirinlikdan», «bir xillikdan» qutultirishning yo‘li qanaqa bo‘ladi? Cho‘lpon bu savollarning javobini Tagor ijodidan izlaydi. Munaqqid Tagor asarlarini o‘qib, «ulardan qonganini» ma’lum qilar ekan, buning asosiy boisi deb Tagorning «Sharq va G’arb o‘rtasidagi oltin ko‘prik» ekanini aytadi. Darhaqiqat, Tagor ijodi to‘laligicha Hindiston zaminida o‘sib-ulg‘aygan bo‘lsa-da, betakror milliy ranglarga ega bo‘lsa-da, bu ijod milliy mahdudlikdan uzoq. U o‘z ijodida ham milliy, ham Sharq, ham G’arb an’analarini birlashtirdi. Uning she’riyatida va romanlarida Sharqqa xos shartlilik, ko‘tarinkilik, donishmandlik ham, G’arbga xos psixologizm, xarakterlar mantig‘iga amal qilish, dalillash ham bor. Buning oqibatida u hind xalqining hayotini shunday tasvirladiki, bu tasvir butun jahon kitobxoniga — uning millati va yashash joyidan kat’iy nazar — baravar ta’sir qiladigan kuchga ega bo‘ldi. Yuksak badiiyat bilan tahlil qilingan umumbashariy muammolar Tagor asarlariga alohida teranlik va o‘ziga xos falsafiylik baxsh etdiki, xuddi shu sifatlar ularni Cho‘lpon uchun bag‘oyat jozibador qildi.
4. Jadidlar aholi bolalarini savoddan ortda qolib ketayotganliklaridan tashvishlanib yangi usul maklablari ochishga qaror qiladilar. Bunday maktablar eski usuldagi madrasalardan tubdan farq qilishi lozim edi.
Yangi usul maktabida: Sinfda (maktabda) bolalar soni o'ttiztadan oshmashgi; Bolalar faqat ikki daf’a — yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi;
Har bir muallimda ko'pi bilan 3-4 sinf bo'lishi;
Agar maktab uch sinfdan iborat bo'lsa, darslar ketma-ket muayyan uyg'unlikda qo'yilmog'i;
7-9 yoshdagi bola uzluksiz 7-8 soat o'qiy olmaydi. Uning uchun 5 soat kifoya. Har darsdan so'ng 10 daqiqa tanaffus;
Jum a va bayram kunlari dam olinishi;
O'n oy o'qishdan so'ng yozning issiq kunlarida ta’til bo'lishi;
Dars zeriktirmasligi... Shogirdlarini urish va soldsh befoyda ekanligi va boshqalarga e’tibor qaratilgan edi. G'aspirali «usuli jadid» bilan o'qitishning qoidalarini qo'yidagicha tushuntiradi: 1. Butun alifboni birdan o'rgatish og'ir. Ibtido (boshda) uch, besh h arf o'rgatib borish (engil)dur. 2. ... birinchi darsdan shogirdlari yozishni boshlamasliklari darkor. 3. D arslar muayyan soatlarga, qismlarga ajratilib o'rgatilishi lozim. 4. O'quvchi bir darsni o'zlashtirm aguncha ikkinchisiga o'tilmasligi kerak. 5. Harflar bilan tanishtirganda, ular haqida kengroq ma’lumot berilgani m a’qul. Bolalarni har olti oyda imtihon qilish. Yil oxirida sinfdan sinfga o'tkazish, o'zlashtirmaganlarni sinfda qoldirish ko'zda tutiladi. Darslar har xil va har biri yarim soatdan bir soatgacha boiishi mumkin. Darslar orasida tanaffuslar bo'lmog'i kerak. Bu maktablar uchun «Xo'jai sibyon» asosiy darslik bo'lib xizmat qilardi. 1910-yilgacha u 27 marotaba nashr qilingan. Lekin «jadidchilikda birgina maktab bilan cheklanilm asdi, u Rusiyadagi musulmon ma’naviy olamining barcha jihatlarini — m adrasani ham, matbuotni ham, ilmfanni ham o'z ichiga olar va, eng muhimi, ulam ing hamm asi turm ushga nechogli daxldorhgi, zamonga xizmat qila olishi asosiy mezon qihb ko'zda tutilar edi»(B.Qosimov). Millatning o'zligini ko'rsatadigan xususiyatlaridan biri — til va maorifdir. Bu ikkisi bo'lmasa, m illat mustaqil bo'la olmaydi. G'aspirali 1905-yili yozgan maqolalaridan birida m illatning asosi ikkita: tavhidiy til(til birligi) va tavhidiy din(din birligi), degan edi. Darhaqiqat, tilning o'mi beqiyos: «Insonning oti bo'lmasa, o'zi ham yo'q demakdir, shuningdek, tili bo'lmagan inson ham soqovdir».
Mahmudxo’ja Behbudiy ham o’z hisobidan usuli jaded maktablari ochishga urungan. Maxmudxo'ja Behbudiyning «usuli jadid» maktabidagi o'qitish ishlari quyidagi tartibda olib borilardi: Maktab ikki bosqichdan iborat boiib, birinchi bosqich - ibtidoiy qism, deb nomlangan. Buning tahsil muddati to'rt yil. Birinchi yili: forscha va arabcha yozuv hamda o'qish o'rganilgan. Sur alar yod olingan. Hisob darsi o'rgatilgan. U m um an bir yil davomida yozmoq va o'qimoqni to'liq o'rganganlar. Ikkinchi yili xaftiyak, imon va e’tiqoddan dars, fors, turkiy va arab tilida she’rlar, qasidalar o'qitilgan. Uchinchi yili Qur’oni Karim, islom ibodati, tajvid, Sa’diydan nasihatlar, fors va turkiy til puxta o'rgatilib, undan insholar yozdirilardi. Hisobdan turli taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o'qitilgan. To'rtinchi yili esa, Kalomu Sharif, m ufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, hisob, tarix, jo'g'rofiya o'qitilgan. Bu to'rt sinfni tam omlagan bolalarni muallim larning o'zi taqsimlagan. Xohlasa, ikkinchi bosqichga qoldirar, ularning o'zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar, bolaning o'zi xohlasa, Yevropa maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yollanma berardilar. Maktabning ikkinchi bosqichi - rushdiya bo'lib, bunga to'rt sinf - ibtidoiy qismni tamomlaganlar o'tkazilar edi. Bu bosqichda o'qitiladigan dars va ilmlarning mundarijasi quyidagicha: birinchi yili arab tili, jo'g'rofiya, shafaqiya, fors tili, tarjima jumla muxtasar, tarixi anbiyo va islom tarixi, Sa’diyning «Guliston» asari, turkiy til o'qitilgan; ikkinchi yil - arab tili, shifoxiya, tarix, islom, axloq, turk tili, hisob, fors yozuvi va hokazolar; uchinchi yil - arab tili, hisob, xat yozuvi, tarix, turkiy til, m s tili ham o'qitilgan; to'rtinchi yil - arab tili, rus qozixona xatlari, bolistnoyxona xatlari, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va muhabbatsiz axloq va boshqa ko'pgina hayotiy darslar o'qitilgan. Behbudiy m aktabida h a r yilning oxirida tantanali imtixonlar o'tkazilgan. Imtihonlarga, albatta, ota-onalar va boshqa mehmonlar taklif qilinardi. Bu birinchidan: «usuli jadid» m aktablarini ko'proq targ'ib qihsh va uning o'qish tartiblarini ko'rsatish bo'lsa; ikkinchidan: m aktabni hayotiyroq qihsh, ya’ni oila va maktab birligini amalga oshirish edi.
Download 36,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish