Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi



Download 214,93 Kb.
bet19/56
Sana27.07.2021
Hajmi214,93 Kb.
#130370
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bastakorlik ijodiyoti

Asosan mumtoz, qisman xalq ijodiyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan bastakorlik soxasi qariyb bir yarim – ya’ni ming yillik tarixiy davr mobaynida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Uning qator sifatlarini anglash borasida “bastakor” so’zining lug’aviy ma’nosi ham e’tiborlidir. Atoqli maqomshunos olim I.R.Rajabovning bergan ta’rifiga ko’ra, “bastakor” forscha so’z bo’lib, uning zamirida “kuyni tashkil etuvchi unsurlarni bir-biriga bog’lovchi” degan ma’no yotadi (“basta” – bog’langan, “kor” – ish, ishlovchi ma’nolarida).

Bastakorlikning musiqa ijodiyotidagi mohiyati ma’lum qonun-qoidalar bilan bevosita bog’liq holda yuzaga chiqadi. Bunda, bastakor ko’p asrlik an’anaviy kuylarning ritmik va ohang variantlarini yaratishi, shuningdek kuy yo’llariga yangi lavhalar, tayyor holdagi avjlar (namudlar) kiritishi nazarda tutiladi. Ashula yo’llariga yangi she’rlarni moslab tushira bilgan san’atkorlar ham bastakor nomiga sazovor bo’lganlar.

Ma’lum bo’ladiki, bastakorlar musiqa amaliyotida keng qo’llanib kelingan kuy andozalari asosida ham musanniflik qilganlar, ularni (kuylarni) she’riyat namunalari bilan bog’lab, ashula yo’llarini ham yaratganlar. Bunda badiiy an’ana – eski va yangi ijodiy hodisa o’rtasidagi biridan-biriga o’tib boruvchi uzviy aloqa – keyingi davr ijodkorlari tomonidan qabul qilingan va rivojantirilgan g’oyaviy-badiiy xususiyatlar tarzida namoyon bo’ladi. Bu jarayonda bastakorlar iste’dodi ana shu an’analar doirasida badiiy mahorat ko’rsata bilishga, tabiiy holda yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirishga, “tanish” shaklu-shamoyilning yangi qirralarini ochib berishga xizmat qiladi. Zotan, tarixiy rivojlanish jarayonida badiiy merosxo’rlik yo’li bilan asrlar davomida ustozdan-shogirdga meros o’tib kelayotgan musiqiy qadriyatlar muayyan tarixiy shart-sharoitlarda turlicha ko’rinish kasb etib kelgan. Binobarin, badiiy an’ana yangilikni mustasno etmaydi, balki yangilik uchun muhim zamin, poydevor asos bo’lib xizmat qiladi. Muqim an’anani yangilik bilan boyitish uchun esa, tabiiyki, har bir ijodkordan badiiy an’anani teran anglash hamda yuqori mahorat talab qilinadi[2].          

O’tmishdagi bastakorlik ijodiyoti bilan hozirgi davr bastakorlik ijodiyoti orasida albatta tafovutlar bor. Bastakorlar mumtoz musiqa hamda xalq musiqa ijodiyotining chuqur bilimdonlari, ustoz sozanda va honandalardir. 

            Respublikamizda XX asr mobaynida maxsus musiqa o’quv yurtlari tashkil etilishi munosabati bilan ta’lim tizimida an’anaviy bastakorlik emas, balki Yevropacha kompozitorlik mutaxassisligiga ustuvor ahamiyat berildi. G’arbda shakllangan musiqiy yaratuvchilik yo’nalishida esa aksincha, kompozitorlik ma’lum bir “Musiqa yozuvchisi” mutaxassisligini anglatgan.

             Musiqa merosimizning yangilanishidagi tashabbuskor targ’ibotchilari bastakorlardir. Bastakorlarimiz hozirda mavjud maqom turkumlari zaminida noyob asarlar yaratmoqdalar. Shu bilan bir qatorda, ularning ijodida  yangi uslubiy yo’nalish va ijodiy maktablar shakllandi. SHu asnoda bastakorlarning ijodiy mahsuli bo’lmish turli kuy, qo’shiq va ashulalar musiqiy xazinamizni yanada boyitib bormoqda. Bastakorlik ijodiyotida sozandalik va xonandalik faoliyati qadimdan alohida ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirgi kunda ham bastakorlarimiz ijrochilik hamda ijodkorlikning o’zaro uzviy bog’liqligini o’z faoliyatida ko’rsatib kelmoqdalar.

XX asrning 20-40 yillarida zamonaviy musiqiy san’atning rivojlanish jarayonida bastakorlik ijodiyoti muhim o’rin eggalladi. Ya’ni, ana shu davrdan boshlab poytaxt va viloyatlarda istiqomat qilgan har xil yoshdagi xalq bilan hamnafas bo’lgan bastakorlar mehnatkash ommaning fikr-o’ylarini, orzu-umidlarini va respublika hayotida ro’y berayotgan muhim voqealarni, madaniy-ma’naviy o’zgarishlarni o’z ijodlarida aks ettirdilar. Ular an’anaviy bir ovozli musiqiy uslubida zamon talabi va xalq ruhiga moslab turli mavzularda klassik va zamondosh shoirlarning she’rlariga ommaviy va lirik qo’shiqlar, sahna asarlariga esa xalq musiqa merosidan ijobiy foydalangan holda noyob hamda betakror musiqiy asarlar yaratdilar .

 




Download 214,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish