Xx asr boshlarida mavzu doirasidagi tadqiqotlar jadallashdi va 20-30 yillarda bir qator ilmiy asarlar dunyo yuzini ko‘rdi


Sovet davri tarixshunosligida mavzuning yoritilishi



Download 37,59 Kb.
bet2/4
Sana21.07.2022
Hajmi37,59 Kb.
#834617
1   2   3   4
Bog'liq
123 uz-assistant.uz

1.2.2. Sovet davri tarixshunosligida mavzuning yoritilishi
Bugungi O‘zbekiston hududi tarixini etnotoponimik jihatdan tadqiq etishda Zarafshon vohasi etnotoponomikasiga eʼtibor qaratgan ilmiy izlanishlarning katta bir qismi sobiq Sovet davri tarixshunosligiga to‘g‘ri keladi. Aslida voha etnotoponimikasini ilmiy jihatdan tadqiq etishda dastlab V.V. Bartold, O.A. Suxareva, B.X. Karmisheva kabi tadqiqotchilar Buxoro, Samarqand viloyatlari va Janubiy O‘zbekiston hududi etnik qiyofasini o‘rganish jarayonida Zarafshon vohasiga birmuncha to‘xtalib o‘tganlar23. Garchi V.V. Bartold Zarafshonning etnik tarixi yoki etnotoponomikasi masalalariga maxsus to‘xtalmagan bo‘lsa-da, mintaqa tarixiga bag‘ishlab yozgan bir qator maqolalarida voha tarixi uchun muhim materiallar keltirgani diqqatni jalb qiladi. Jumladan, uning IX – XII asrlarga oid arab-fors geograflari asarlari asosida Movarounnahr tarixiy-geografiyasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarida Zarafshon vohasi, xususan, Buxoro, Samarqand va Karmana viloyatlaridagi aholi maskanlari: shahar, rustoq va qishloqlarga, ularning geografik joylashuv o‘rni, yaʼni lokalizatsiyasi masalasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgani anglashiladi. V.V. Bartoldning ko‘pchilik fikrlariga qo‘shilgan holda shuni ham aytib o‘tish kerakki, uning baʼzi o‘rinlarda biryoqlamali xulosalar chiqargan. Xususan, muallifning Movarounnahrdagi joy nomlarining aksariyatini XII asrgacha asosan eroniy nomlar tashkil etganligi, turkiy joy toponimlar esa deyarli uchramasligi borasida bildirilgan fikrlari o‘zini oqlamaydi24. Bu haqda o‘z vaqtida tarixchi va sharqshunos olim Z.V. To‘g‘on ham aytib o‘tgan bo‘lib, nafaqat XII asrda, balki undan ancha oldinlar ham Movarounnahrdagi joy nomlarining sezilarli bir qismini turkiycha nomlar tashkil etgan.
R.A. Suxareva esa o‘z tadqiqotlarida asosiy diqqat-eʼtiborni Samarqand, Buxoro shaharlarining topografiyasi va demografik jihatlari, shuningdek, mazkur shaharlar aholisining etnik tarkibi, hunarmandchiligi, ijtimoiy-madaniy hayotiga eʼtibor qaratgan bo‘lib, ayniqsa bu masalada tadqiqotchining Buxoro shahriga ancha keng to‘xtalgani diqqatga sazovordir. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, XX asrning ilk choragida Buxoro aholisining etnik tarkibi xilma-xillik kasb etib, shahar aholisining asosiy ko‘pchiligini tojik tilli o‘zbeklar tashkil etgan va turli kasblar bilan shug‘ullanishgan. Shuningdek, shahar aholisining sezilarli bir qismi tojiklardan iborat bo‘lgan va ular ham o‘zbeklar kabi Buxoroning mahalliy aholisi sifatida vohadagi ijtimoiy-madaniy hayotda faol ishtirok etganlar. Shu bilan birga shaharning muhim bir qismini tojik tilli arablar va yahudiylar tashkil etib, ijtimoiy-madaniy hayoti va xo‘jalik tarzi bu yerning o‘zbek va tojik aholisidan katta farq qilmagan.
Zarafshon vohasining, xususan, ushbu vohaning yuqori qismi toponimiyasi A.L. Xromov tomonidan maxsus o‘rganilgan bo‘lib, tadqiqotchi tog‘lik hududlardagi yuzlab joy nomlari (qishloq, mavze, gidronim, oronim va h.k.)ni tarixiy etimologik jihatdan tahlil qilgan25. Zarafshonning yuqori qismi toponimlarining katta bir qismini sug‘diy toponimlar tashkil qilishini taʼkidlagan mazkur tadqiqotchiga ko‘ra, vohaning ushbu tog‘lik hududlaridagi ko‘plab joy nomlari turkiy asosda, xususan, qadimgi turkiy negizda izohlanishi diqqatga sazovordir. Tadqiqotchining fikricha, bu holat vohada qadimdan sug‘diy va turkiy etnoslar o‘zaro qo‘shni va aralash yashaganliklarining ifodasidir26.
Yuqori Zarafshonning tarixiy toponimiyasi sug‘dshunos olimlar V.A. Livshits, B.N. Bogolyubov, O.I. Smirnova tadqiqotlarida ham maxsus o‘rganilgan27. Tadqiqotchilar asosan Mug‘ tog‘i sug‘diy hujjatlarida uchraydigan joy nomlari asosida vohaning yuqori qismi toponimikasini muvaffaqiyatli ravishda aniqlab, ularning etimologik tahlilini amalga oshirganlar.
O‘zbekistonning janubiy hududlari va Tojikistonda etnografik tadqiqotlar olib borgan B.X. Karmisheva o‘z ilmiy ishlarida Zarafshon vohasi etnik holatiga ham to‘xtalib o‘tgan28. Xususan, tadqiqotchining janubiy hududlardagi o‘zbek urug‘larini o‘rganish mobaynida ularning Zarafshon vohasi o‘zbeklari bilan qon-qarindoshlik rishtalari mavjudligini taʼkidlab o‘tgani eʼtiborga molik. Jumladan, olimaning qo‘ng‘irot, qang‘li, juz kabi o‘zbek urug‘larining bir qismi Zarafshon vohasida ham istiqomat qilishi va o‘tmishda ular orasida o‘zaro aloqalar bo‘lganligi haqida keltirib o‘tgan maʼlumotlari sovet davri etnografiyasida qo‘lga kiritilgan ilmiy yutuqlardan biri edi.
Sovet davrida bir qator o‘zbekistonlik tadqiqotchilar ham mintaqa, shu jumladan, Zarafshon vohasi tarixiy toponimiyasiga u yoki bu darajada to‘xtalib o‘tganlar. Xususan, manbashunos va arxeolog olim A. Muhammadjonov vohaning sug‘orilish tarixini yoritish mobaynida bu yerning tarixiy joy nomlariga ham to‘xtalib o‘tgan bo‘lib, tadqiqotchi tomonidan keltirilgan tarixiy materiallar bugungi kunda ham o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan29. Ayniqsa, uning “Buxoro xonligining aholi manzillari” nomli tadqiqoti bugungi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar uchun manba vazifasini bajarmoqda30.
1960-1970 yillarda o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi, etnik tarkibi hamda mintaqalardagi qator subetnoslar bo‘yicha B. Ahmedov, K.SH. Shoniyozov, M. Ermatov, X. Doniyorov, H. Toshev kabi olimlarning fundamental monografiya va tadqiqotlari nashr etildi31. Shuningdek, S. Qorayev, U. To‘ychiyev kabi toponomist va elshunos olimlarning tadqiqotlarida ham mintaqaning tarixiy joy nomlari, xususan, Zarafshon vohasi etnotoponimlari lingvistik jihatdan tahlilga tortildi32. Shu bilan birgalikda yana bir qator tadqiqotchilarning ishlarida voha toponimikasiga u yoki bu darajada to‘xtalib o‘tilgani ko‘zga tashlanadi.
B. Ahmedov ko‘chmanchi o‘zbeklarning siyosiy faoliyati, ularning vohaga kirib kelish va tarqalish jarayonlariga, shuningdek, Shayboniy sulolasi vakillarining Zarafshon vohasida o‘tkazgan yer-suv islohotlari, aholining Nurota va Zarafshon vohalarida joylashuvi masalalariga birmuncha to‘xtalib o‘tgan33. Yirik etnograf olim K. Shoniyozov esa o‘zbeklarning etnik tarixida katta o‘rin tutgan urug‘-qabilalarga, xususan, o‘zbeklarning qipchoq va qarluq komponentlariga bag‘ishlab yozgan maxsus monografiyalarida Zarafshon vohasiga katta eʼtibor qaratgan34. Yirik olim birinchilardan bo‘lib, vohaning XIX asr oxirlari – XX asr boshlarida Zarafshon vohasida yashagan o‘zbeklarning urug‘-qabilaviy tarkibini keng ko‘lamda yoritgan va ko‘plab urug‘larning tarkibiy bo‘linishlari haqidagi maʼlumotlarni ilm ommasiga yetkazib bergan35. K. Shoniyozovga ko‘ra, Movarounnahr muhim bir qismini qipchoq lahjasida so‘zlashuvchi o‘zbeklar tashkil etgan bo‘lib, ularning aksariyati markaziy va janubiy viloyatlarda Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari, shimolda esa Nurota, Jizzax, Toshkent, Farg‘ona vodiysi o‘zbeklari bilan o‘xshash tarkibga ega bo‘lgan36. M. Ermatov esa o‘zbek xalqining etnik shakllanishiga bag‘ishlangan tadqiqotida Zarafshon vohasining o‘zbek xalqi shakllanishida o‘ziga xos o‘rin tutganligiga eʼtibor qaratib, mintaqada yuz bergan etnosiyosiy jarayonlarning katta bir qismi vohada o‘z izini qoldirganini taʼkidlab o‘tgan37.
O‘z tadqiqotlarida etnolingvistik dalillarga tayanib ish olib borgan X. Doniyorov ko‘p yillar davomida Samarqand va Jizzax viloyatlari o‘zbek aholisining etnografik xususiyatlariga to‘xtalgan. Tilshunos olim etnologik kuzatishlarga tayangan va ularni o‘rta asrlardagi yozma manbalar maʼlumotlar bilan solishtirib chiqqan. Bu esa uning tadqiqotlari muvaffaqiyatli chiqishini taʼminlagan38.
1987 yilda H.Toshev o‘zining “Zarafshon o‘zbeklarining ijtimoiy turmushi va xujaligi” nomli asarida voha aholisining xo‘jalik madaniyatini maxsus tadqiq qilish jarayonida bu hudud aholisining tarixi, madaniyati, turmush tarziga atroflicha to‘xtalib o‘tgan39. Tadqiqotda tarixiy manbalarga ham birmuncha tayanilgan bo‘lib, vohadagi o‘nlab qishloqlar to‘plangan etnografik materiallardan foydalanilgan.
Arxeolog olim Sh. Adilovning ilmiy ishlari Zarafshon vohasining tarixiy geografiyasini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi40. Tadqiqotchi o‘z izlanishlarida asosiy eʼtiborni Buxoro vohasining islomdan oldingi davrlariga to‘xtalgan bo‘lsa-da, voha toponimikasi haqida muayyan tasavvurlar berishi bilan alohida ajralib turadi. Sh. Adilov rivojlangan o‘rta asrlarga taalluqli arab-fors tilli manbalardagi maʼlumotlardan bugungi kunda ham saqlanib qolgan joy nomlari bilan solishtirgan holda tarixiy toponimlarning geografik joylashuv o‘rni – lokalizatsiyasi masalasiga to‘xtalar ekan o‘zi va hamkasblari tomonidan olib borilayotgan arxeologik qazishmalar natijalariga tayanib ish tutmoqda. Bu esa tadqiqotchi tomonidan amalga oshirilayotgan izlanishlarning muvvafaqiyatini taʼminlamoqda.
O‘zbekistondagi toponimlar bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning katta bir qismi S. Qorayevga taalluqlidir. Toponimist olim nafaqat tarixiy joy nomlarini, balki mamlakatimizda hozirda mavjud bo‘lgan toponimlarning ko‘pchilik qismini lingvistik jihatdan tahlil qilib, ularning etimologiyasini aniqlab bergan41. Jumladan, u Zarafshon vohasi va unga qo‘shni hududlardagi yuzlab geografik nomlarga to‘xtalib, ularning sezilari qismini etnotoponimlar tashkil etishini taʼkidlagan. Shuningdek, tadqiqotchining ishlaridan ushbu hududlar toponimikasining katta bir qismi o‘zbekcha (turkiy), sezilarli bir qismi esa tojik (forsiy) va arabcha nomlardan iboratligi ko‘plab dalillar asosida ko‘rsatib berilgan.
Sovetlar davrida va mustaqillik yillarida voha etnotoponimikasi bo‘yicha faol izlanishlar olib borgan olimlar orasida U. To‘ychiyevning ishlari alohida ajralib turadi. Boshqa ko‘plab tadqiqotchilardan farqli holda u Zarafshon vohasining, xususan, vohaning markaziy va shimoli-sharqiy qismi, Bulung‘ur, Oqdaryo – Qoradaryo oralig‘i (tarixiy Miyonkol)dagi aholi manzillari, ularning etnik tarkibi, urug‘-qabilaviy bo‘linmalari bilan yaqindan tanish bo‘lgan tadqiqotchi sifatida o‘nlab maqola va tezislarni shu masalani o‘rganishga bag‘ishlagani diqqatga sazovordir.
Xullas, Sovetlar davrida olib borilgan tadqiqotlarning mazmun va mohiyati bilan qisqacha tanishib chiqish shundan darak beradiki, ilmiy izlanishlarda asosiy eʼtibor mamlakatimizdagi, shu jumladan, Zarafshon vohasidagi joy nomlarini yozma manbalar, etnografik va arxeologik tadqiqotlar asosida tahlil etilgan. Xususan, tadqiqotlarda asosan vohaning sug‘orish tarmoqlari, arxeologik obʼektlari, geografik o‘ziga xosliklari kabi masalalar nisbatan ko‘proq tahlil etilgan. Biroq baʼzi istisnolarni hisobga olmaganda Zarafshon vohasi etnotoponimlari mavzusi alohida olib o‘rganilmaganligi bois bu mavzu yetarlicha yoritilmasdan qolgan. Ayniqsa, Janubiy O‘zbekiston, Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysida olib borilgan izlanishlar bilan solishtirilganda Zarafshon vohasi etnotoponimikasi ularga nisbatan ancha kam o‘rganilganligi yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi.

Download 37,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish