Xx asr boshlarida Buxoroda tibbiyot sohasidagi o’zgarishlar



Download 15,97 Kb.
bet1/2
Sana20.04.2022
Hajmi15,97 Kb.
#566957
  1   2
Bog'liq
maqolA


XX asr boshlarida Buxoroda tibbiyot sohasidagi o’zgarishlar
Ilmiy rahbar : BuxDU Buxoro tarixi
Kafedrasi t.t.f.d(PhD) – Jamolova Dilnoza Muyidinovna
Muallif : BuxDU Buxoro tarixi
kafedrasi II bosqich magistranti –
Qurbonov Murodjon Dehqonboy o’g’li
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada XX asr boshlarida Buxoro amirligida tibbiyot sohasida yuz bergan o’zgarishlar va ularning ahamiyati haqida ma’lumot beriladi.
This article provides information about the changes that took place in the field of medicine in the Emirate of Bukhara in the early XX century and their significance.

В данной статье представлена ​​информация об изменениях, произошедших в области медицины в Бухарском эмирате в начале ХХ века и их значении.



Aholi sog’ligini muhofaza qilish xizmatini har tomonlama rivojlantirish jamiyat tarqqiyotining eng muhim sharti va ijtimoiy rivojlanish darajasining integrallashgan ko’rsatgichidir. Buxoro amirligida mang’itlar sulolasi hukmronligi davrida tabobat va tibbiy xizmatdan foydalanish holati o’rganilganda hozirgi kundagi tarixiy o’zgarishlarni yaxshiroq tushunish va baho berish mumkin bo’ladi. Buxoro amirligi imperiya vassaliga aylantirilgandan keyin asosan amirlikning markaziy shaharlarida, shuningdek, ruslar tomomnidan tashkil qilingan maskanlarda tibbiyot ancha rivojlandi. Bu o’zgarishlar hududda diniy mutaassiblikning kuchliligi va musulmonlar orasida yangilikka qarshi chiqishiga sabab bo’ldi. Bunday holatlarning oldini olish uchun Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agenti tomonidan sog’likni saqlash borasida chora tadbirlarni ko’rish va aholi orasida tushuntish ishlarini olib borib yangi vrachlik punktlari va dorixonalar qurish ishlari amalga oshirildi. Bu o’z o’rnida ham ijobiy o’zgarishlarga, ham salbiy oqibatlarga olib kelid. Ijobiy tomoni shundaki, bu holat hududda shifoxonlar sonining ko’payishiga, aholi salomatligiga alohida e’tibor berishga, dorixonalarning ochilishi bilan dori vositalarining kirib kelishiga olib kelgan bo’lsa, muammoning salbiy jihati shundaki, davr talabi va mamlakatda hukm surayotgan muhitni inobatga olganda Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati, oddiy fuqarolarning mahalliy tildan boshqa tillarni bilmasligi, boshqa xalqlarga nisbatan ishonchsizlik natijasida bunday imkoniyatlardan foydalanishning iloji yo’q edi. Shu sababli quriladigan inshootlarning barchasi yangi vujudga kelgan rus shaharlari yoki manzilgohlarida joylashtirildi. Keyinchalik ko’pgina mahalliy sarmoyadorlar tomonidan shaxsiy klinikalar va dorixonalarning ochilishi, o’lkada tarqalgan turli kasalliklarning oldini olish maqsadida hukumatning tibbiyot sohasiga e’tibor berishiga majbur bo’lishi bilan aholi orasida tibbiy yordamga ehtiyoj ma’lum ma’noda qondirila boshlandi. Endilikda barcha dori vositalari Rossidan olib kelinadigan bo’ldi. Rossiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan maxsus nizomga muvofiq amirlik hududidagi mavjud bo’lgan va yangi quriladigan dorixonalar tibbiyot departamenti tomonidan yiliga uch marta tekshiriuvdan o’tkazilgan. Dorixonalar faoliyat ko’rsatgan paytda qilngan nojo’ya hatti-harakatlar natijasida kelib chiqqan zararlarning barchasi Buxoro hukumati tomidan qoplangan. Amirlik hududida xususiy dorixona ochish uchun:

  • Amirlikning mahalliy aholi yashaydigan hududlarida dorixonalar ochishga talabgor shaxslar yevropa millatiga mansub, shu bilan birga Rossiya Universiteti diplomiga ega bo’lgan vrachlar bo’lishi lozim.

  • Ochilishi ko’zda tutilgan dorixonalar atrofida mahalliy aholidan tashqari kelib chiqishi yevropa millatiga mansub bo’lgan aholi istiqomat qilishlari shart

  • Amirlikdagi yangi rus manzilgohlarida dorixonalar ochishni xohlagan shaxslar siyosiy agentlik yoki Buxoro hukumatiga murojaat etib ruxsat olishlari mumkin.

Yangi Buxoro (hozirgi Kogon) shahrida birinchi rus kasalxonasi I.F.Penzyakov mudirligida 1891yilda o’z faoliyatini boshlagan. Buxoro amiri Abdullaxadxon XX asr boshida Buxoro shahrida rus va mahalliy shifoxonalar ochishni ta’sis etadi. Unga ko’ra yangi tashkil topgan shifoxonalarda yotib davolanuvchi bemorlarga turli yo’nalishlar bo’yicha tibbiy yordam ko’rsatilgan. Dastlabki yillarda 1 vrach va 2 feldsherning o’zi 32.430 bemorni tekshiruvdan o’tkazishiga to’g’ri kelgan. 1906-yilning 22 avgustida Rossiya ichki ishlar minostrligining qaroriga binoan 7 ming doimiy aholiga bo’lgan hududda bitta dorixona ochishga ruxsat etilgan. 1913-yilga kelib Buxoroda maxsus ajratilgan yangi yerlarda dorixonalar qurish, temir yo’llar atrofida domiy vrachlik punktlarini tashkil qilish yo’lga qo’yilgan. 1915-yilda Eski Buxoroda Islom Taxmazovga tegishli xususiy dorixona o’z faoliyatini boshlagan. Tibbiyot departamenti tomonidan dorixonalar dori vositalari bilan ta’minlash borasida bir qancha islohotlar o’tkazilgan. Mulkchilik shakliga ko’ra Buxoro amirligi hududidagi tibbiyot muassalarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

  1. Idoraviy muassasalar (temir yo’l kasalxonalari, ilmiy tekshirish institutlari, tibbiyot sanitariya qismlari)

  2. Tuman tasarrufidagi tibbiyot muassasalari

  3. Eski shahar tasarufidagi tibbiyot muassalari

  4. Yangi shahar tasarrufidagi tibbiyot muassasalari.

Ma’lumki Buxoro shahrida 100 dan ortiq hovuzlar mavjud bo’lib aholi shu hovuzlar suvidan iste’mol qilgan. Ammo hovuzlar eskirgan va iflos suvini tozalash imkoniyati bo’lmagan. Buning natijasida shaharda turli yuqumli kasalliklardan biri rishta kasalligi ancha avj olishiga sabab bo’lgan. Manbalarda Mulla Ilyos Mahsum Husayn o’g’li tomonidan Buxoro shahri hovuzlaridagi antisanitariya holati to’g’risida gapirilib, shahardagi 86 ta hovuzning turli mikroblar makoni ekanligi ta’kidlangan. XX asr boshlarida Buxoro shahrida turli yuqumli kasalliklar keng tarqalgan. Masalan, 1918-yilda tepkili terlama (toshmali tif) kasalligi bilan o’lganlarning soni kundan-kunga ortib brogan. Buxoro hukumati bu kasallik bilan og’rigan bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatish, ularni dori-darmon vositalari bilan ta’minlash uchun 15 ming rubl miqdorida mablag’ ajratilgan.
Xulosa qilib aytganda XX asr boshlarida Buxoro amirligida ayollarga tibbiy yordam ko’rsatish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo’lib, ayniqsa ayollar uchun zamonaviy tibbiy muassasa vujudga kelishi ijobiy hol bo’ldi. Shuningdek mahalliy ayollar an’anaviy tabobat bilan bir qatorda zamonaviy tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ma’lum darajada ega bo’lgan edilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.



1. Ashirov A. O’zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. – Toshkent:.O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. -276 b.
2. Ҳамроев М. Тиббиѐтми? Табобатми? // Шарқ табобати. – 2009. – №3
3. Мўминова Г. Халқ табобати тарихидан // Сиҳат-саломатлик. – 1999. – №1
4. O’zbek tilining izohli lug’ati. – Toshkent: O’ZME, 2006.J.2 – 672 b.


Download 15,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish