SSSR va O’zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi o’zgarishlar
Mamlakat siyosiy hayotida 1982-1985-yillarda ko’plab o’zgarishlar ro’y berdi.Siyosiy rahbariyatdagi bunday o’zgarishlar O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi.
1982-yil noyabrda KPSS MK Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi Leonid Brejnev vefot etdi. U mamlakat va partiyani 18 yil davomida boshqargan edi. !982-1984-yillarda Yuriy Andropov, 1984-1985-yillarda Konstantin Chernenko Sovet Ittifoqiga rahbarlik qildi. 1985-yil 11-martda Mixail Gorbachyov KPSS MK Bosh sekretari, 2-iyulda Andrey Gromiko SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlariga saylandi. 1985-yildan mamlakatda qayta qurish siyosati boshlandi.
XX asrning 80-yillari
XX asrning 80-yillariga kelganda sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xo’jalik yuritish usullari o’zining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshladi. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xomashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega bo’lishiga qaramasdan SSSRning markaziy hududlaridan ancha ortda qola boshlagan. Ana shunday sharoitda O’zbekistonning o’sha paytdagi siyosiy rahbariyatida iroda, qat’iy jur’at, Sovet Ittifoqi doirasida respublika tutgan mavqeini ochiq-oydin aytib o’tish uchun mardlik yetishmadi. Bu rahbarlar Markaz topshiriqlarini tezroq “uddalash”, respublikaning SSSRga boqimanda ekanligi to’g’risidagi uydirmalarni takrorlashdan nariga o’tishmadi.
Rafiq Nishonov (1988-1989)
Paxta ishi – sovet rejimining O’zbekistondagi so’nggi qatag’on siyosati
O’zbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo’lgan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash’um rol oynadi. Moskva tashabbusi va ko’rsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar O’zbekistonda o’zbek xalqini asossiz badnom qilish kompaniyasini boshlab berdi. Plenumda Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS MK sekretari Y.K.Ligachev va boshqalar qatnashib, Kreml ko’rsatmalari izchillik bilan bajarilishini talab qilishgan.
Aynan ushbu plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O’zbekistonda “paxta ishi” deb atalgan siyosiy qatag’on boshlandi. Keyinchalik bu qatag;on hatto O’zbekiston SSRning o’sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham chetlab o’tmadi.
SSSR Bosh pokurori huzurida alohida muhim ishlar boyicha maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, ularning dastlabkisi 1983-yil boshlarida O’zbekistonga yuborilgan edi. Ana shunday maxsus tergov guruhlarning asosiylaridanbiri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyibchalik Markazdan respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O’zbekistonda navbatdagi qatag’onni amalga oshirdi.
1983-1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O’zbekitonning partiya, sovet, ma’muriy-xo’jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi. O’sha paytda “desantchilar” va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko’plab xodimlari katta yordam bergan.
1983-1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O’zbekitonning partiya, sovet, ma’muriy-xo’jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi. O’sha paytda “desantchilar” va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko’plab xodimlari katta yordam bergan.
1985-1990-yillarda O’zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo’yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o’tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga kismoniy va ruhiy tazyiq o’tkazildi. Ularning oila a’zolari va qarindosh-urug’lari ham qamoqqa tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.
Paxta ishining “o’zbek ishi”ga aylantirilishi va mohiyati
Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o’zbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “O’zbek ishi” ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbarlari qo’llab-quvvatlashdi.
Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o’rinlarni egallab, o’zbek xalqiga qarshi qatag’onni avj oldirdilr. Qatag’on qilichi eng avvalo O’zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko’tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o’ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o’limidan so’ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.
Xulosa
Xullas, sovet rejimining paxta ishioqibatida O’zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo’jaligi sohalarida qo’shib yozish, poraxo’rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSR ning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo’lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O’zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko’plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag’on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o’zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag’on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O’zbekistonning o’sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamd tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g’arazli ishlariga ko’maklashgan yrim qo’rqoq va xoinlar ham faollik ko’rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati.
Adabiyotlar ro’yxati
Q.Rajabov, A.Zamonov “O’zbekiston tarixi (1917-1991-yillar)” . G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2017