Xviii-xix asrlarda Rossiyada tasviriy san’at fanining o’rni


Chet ellarda tasviriy san’atni o’qitilishi uslubiyotining tarixiy - taraqqiyoti



Download 167,25 Kb.
bet2/5
Sana10.03.2022
Hajmi167,25 Kb.
#488011
1   2   3   4   5
2.1. Chet ellarda tasviriy san’atni o’qitilishi uslubiyotining tarixiy - taraqqiyoti
Qadimgi Rimda tasviriy san’atga e’tibor juda yuksak darajaga ko’tariladi. Qadimgi Rimda rasm chizish bilan barcha oristakratiya oilalari muntazam shug’ullanar edilar. Yuqori tabaqa kishilarining ham asosiy mashg’uloti rasm chizish bo’lib qoladi. CHunki, rasm chizishni bilmaydigan shaxs va oila madaniyatsiz, o’quvsiz, e’tiqodsiz hisoblanib, ularni kamsitilar edi. Hatto rasm chizishni bilmaydigan, uni o’rgana olmaydigan shaxslar «qandaydir psixologik kamchilikka ega» - degan meditsina xulosasi ham berilar edi.
SHu boisdan TSezar zamonida rasm chizishni bilmaydigan shaxslarni yetuk darajada «rivojlanmagan», degan xulosa bilan mas’uliyatli davlat ishlariga olinmas edi. Hatto yuqori tabaqa oilalari uchun rasm chizish bilmaydigan shaxslarni kelinlikka yoki kuyovlikka olinmaydigan ham bo’linadi. SHu boisdan barcha aristokratiya oilalari va ularni ug’il-qizlari eng avvalo rasm chizishga o’rgatilar edi. TSezarni o’zi ham yetuk rangtasvirchi rassom, Aktavin Avgust esa me’mor-rassom bo’lganligi xam bejiz emas edi. Haqiqatdan ham rasm chizishni bilmaydigan odam shakllarni, ranglarni ajratish, nisbatlarni to’la farqlay olmaydigan bo’ladilar. SHu boisdan Rim zadagonlari va davlat arboblari rasm chizish bilan jiddiy shug’ullanar edilar. Umuman eramizdan avvalgi II-I asrlarda Yunoniston va Rimda tasviriy san’atga e’tibor g’oyat yuksak bo’lgan. SHu boisdan ham qadimgi dunyo tarixida, - «Avgust Rimni toshda olib, marmarda topshirdi», - degan ibora ham haqiqatdir.
2.2. Tasviriy san’at o’qitish metodikasini rivojlantirishda Uyg’onish davri rassomlarining xizmatlari

Tarix shohidkim, eramizning XV-XVI asrlarda Italiyada «uyg’onish davri» hukmronlik qiladi. XV asrga kelib Italiyada taraqqiyotning hamma sohalari bo’yicha rivojlanish tezlashib ketadi. Bu davrda fan, san’at, madaniyat va ishlab chiqarishda g’oyat kuchli ko’tarilish sodir bo’ladi. San’at va adabiyotda realistik oqimlar vujudga keldi. Kitob bosish, yangi-yangi ijod ahli shakllandi. XV-XVI asrdagi Italiya bu o’rinda birinchi bo’lib, o’zining barcha sohalari bilan oldinda boradi. San’at va madaniyat beqiyos rivoj topdi. Bu davrni Italiyalik san’atshunos rassom Jorj Vazarining, - «italiyada san’at uzoq vaqtdan so’ng yana uyg’ondi» - iborasi bilan san’at tarixida «uyg’onish davri» kategoriyasi vujudga keldi. Bu davrda Italiyada Leonarda Do Vinchi, Rafael, Mikelanjello kabi san’atni titan ijodkorlari yetishib chiqdi. Ularning har biri o’zlarini o’ziga xos san’at maktablarini yaratdilar. Ularni ko’pchiligi rasm chizishni turli sohalari bo’yicha nazariy asoslarini ham yaratdilar. Leonarda Do Vinchi «plastik anatomiyani», «havoning chiziqli perespektivasini», Alberti «Perespektivani» nazariy jihatdan asoslab beradilar. Ammo butun san’at tarixi bo’yicha rasm chizish uslubiyati bo’yicha barcha nazariyotchilar cheklanib keldilar. Rasmni maktabda o’qitish bo’yicha biron bir uslubiy xulosa bera olmadilar.


Tasviriy san’atni maktabda o’qitilishi bo’yicha faqat XVI-XVII asrlarda bir qator pedagog olimlar shug’ullana boshladilar.
Buyuk CHex pedagogi Ya.O.Komenskiydan (1592-1670) boshlab, Jon Lokk (1632-1404), Russo (1712-1778), Didro (1713-1784), Pestalotstsi (1746-1827) K.D.Ushinskiy kabi pedagoglar maktabda tasviriy san’atni o’qitish bo’yicha o’zlarini dastlabki qarashlarini berdilar. Ular rasm o’quv predmetini maktab umumta’lim fanlari qatoriga kiritib, bolani garmonik tarbiyasidagi roliga katta baho berdilar. Pestalotsiyning shogirdi Petr SHmit I bo’lib, «Rasm mexanik mashqdan iborat», - degan nazariyaga zarba beradi. U, - «Rasm o’quvchi tafakkurini va tasavvurini o’stiruvchi asosiy omil yoki u aql gimnastikasidir»,- degan ilmiy xulosani beradi.1 Yana u rasmni o’kitishda ko’chirish metodini tanqid qiladi. 1835 yilda Parijda aka-uka Dyupyular (Aleksandr va Ferdenantlar) bepul rasm maktabini tashkil etdilar.
1715 yildan Rossiyada rasm fanini Dengizchilar Akademiyasida, 1721 yildan Karpov maktabida, 1732 yildan Kadetlar harbiy maktabida, 1764 yildan Samolьniy qizlar institutida o’qitila boshlandi. 1735 yili rasmni o’qitish bo’yicha birinchi Preslerning metodik qo’llanmasi, 1834 yil Sapojnikovning umumiy ta’lim maktablari uchun «Rasm kursi» o’quv qo’llanmalari nashr etiladi.
1825 yilda Moskvalik boyar S.Strogonov tashabbusi bilan rasm o’qituvchisi tayyorlaydigan bilim yurti ochildi.
1870 yili Rus Badiiy Akademiyasi qoshida rasm o’qituvchisi tayyorlaydigan kurs tashkil etiladi.
XX asr boshlarida Peterburg, Moskva, Qozon, Odessa, Penzada rasm o’qituvchisi tayyorlaydigan bilim yurtlari ochiladi. Rus Badiiy Akademiyasi qoshida rasmni o’qitish metodikasi bo’yicha maxsus komissiya ish boshlaydi. Bu komisiya sostavida N.Ge, I.Kramskoy, P.CHistyakov kabi yetuk rassomlar ish olib boradilar. Sovetlar davrida 1921 yildan I-rasm o’quv predmeti sifatida o’rta umumta’lim maktablari o’quv rejasiga kiritiladi. O’rta maktablar uchun 1921 yildan dasturlar yaratila boshlaydi. 1936 yillardan dasturlar yangilanib kelindi. Maktabda rasm fanining o’qitilishi bo’yicha Kardovskiy, Yuoon, Rojkova, Pomicheva, Rostovtsev, SHoroxov, Kuzin kabi rassom-pedagoglar shug’ullanib keldilar.
XX asr boshlaridan AQSH, Italiya, Germaniyada ham o’rta umumta’lim maktablarida rasm fanini o’qitilishi yo’lga qo’yiladi. Ular uchun o’quv-metodik qo’llanmalar, darsliklar, dasturlar yaratildi va ularni takomillashtirib kelindi. 50-60 yillarda jahonning juda ko’p mamlakatlarda rasmni o’qitilishi bo’yicha ko’plab amaliy ishlar qilindi. Tasviriy san’atni o’qitilishi bo’yicha 1955 yilda Lunda (SHvetsiya), 1958 yilda Bazella (SHvetsiya) 1960 yilda Maniles (Pilipin), 1966 yilda (CHexoslovakiya), 1972 yilda Germaniyada, 1982 yilda CHexoslovakiya kabi mamlakatlarda xalqaro simpoziumlar o’tkazilib kelindi.
XX asrning ikkinchi yarmida o’qitish metodikasiga doir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Natijada, rasm chizish bo’yicha 1963-70 yillarda I-VI sinflar uchun sinov darsliklari tayyorlanib, nashr etildi.
Bu darsliklar V.V.Kolokolьnikov (1 va 2-sinflar), S.A.Fyodorov, M.N.Semyonova (3 va 4-sinflar), Ye.E.Rojkova, Ye.L.Xersonskaya (5-sinf), L.L.Makaed (6-sinf)lar muallifligida tayyorlandi.
Rossiya maktablarida ta’lim mazmunini isloh qilish borasida hukumat qarorlari asosida rasm chizish o’quv predmetini maqsad va vazifalari va ta’lim mazmuni bir necha bor qayta ko’rib chiqildi. Natijada, 1970 yilda “CHizmachilik” o’quv predmetining nomi “Tasviriy san’at” deb o’zgartirildi. Bu nomda tayyorlangan dasturda estetik tarbiya vazifalari hamda rassomlar asarlarini o’rganilishiga doir qismlar kengaytirilgan edi.
Rossiyada XX asrning ikkinchi yarmida “Tasviriy san’at” o’quv predmetini o’qitilishini yaxshilashda bir qator pedagog olim va metodistlar faollik ko’rsatdilar. Natijada “CHizmachilik” darsliklaridan tashqari ko’plab ilmiy-metodik va metodik adabiyotlar nashr etildi. Bunda G.V.Labunskaya, V.V.Alekseeva, V.S.SHerbakov, A.G. SHimanskaya, A.V.Karlson, G.I.Orlovskiy, R.I. Korguzalova, A.S. Brajnikova, N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, Ye.V.SHoroxov, T.Ya. SHpikalova, B.P.Yusov kabilar samarali mehnat qildilar.
Rossiyada 1970 yillarga kelib umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’atni o’qitish mazmunini to’g’ri belgilash va uni takomillashtirish borasida bir qator olim va rassomlar guruhi paydo bo’ldi. Ular mustaqil ravishda alohida-alohida olim va metodistlar guruhini tashkil etib, tasviriy san’atdan sinov dasturlarini yaratdilar.
Birinchi va uchinchi guruh olimlari tomonidan tuzilgan dastur “Tasviriy san’at va badiiy mehnat” deb nomlanib, u I-X sinflarda o’qitish uchun mo’ljallangan edi. B.P.Yusov rahbarligida tuzilgan dastur har bir sinfda bu o’quv predmetini ikki soatdan o’qitilishini nazarda tutgan edi.
V.S.Kuzin rahbarligida tuzilgan dastur esa 1-7-sinflarda haftasiga 1 soatga mo’ljallangan edi. Bu dasturlar 1985 yillarga qadar Sobiq Ittifoqining o’ndan ortiq maktablarida sinovdan o’tkazildi. Bu dasturlar katta ijobiy natijalar berganligiga qaramasdan amaliyotga joriy etilmadi. Biroq, undagi ayrim ilg’or g’oyalar yangi tuzilgan dasturlarda o’z ifodasini topdi.
Rossiyada 1970-2000 yillar davomida olib borilgan ishlar mazmuni turli-tuman bo’ldi. U estetik va badiiy tarbiyaga doir xalqaro, federatsiya miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazish, ilmiy-metodik to’plamlar nashr etish, o’quvchilarning ijodiy ko’rgazmalarini tashkil etish yo’nalishlarida amalga oshirildi.



Download 167,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish